IŞBILARMONLIK MUHITI YaNADA YaXŞILANADI
Prezidentimizning 2017-yil 1-fevraldagi "Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini körsatiş mexanizmlarini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2750-sonli Qaroriga asosan Amudaryo tuman "Yagona darça” markazi ham Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi balansiga ötkazildi.
Taʼkidlaş joizki, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun 16 turdagi ruxsatnomalarni boşqa idoralarga bormasdan tumandagi "Yagona darça” markazida rasmiylaştiriş amaliyotining yölga qöyilişi sansalorlikning oldini olişga, tadbirkorlik subʼektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejaşga kömaklaşmoqda.
Prezidentimizning yuqoridagi qarori asosida 2018-yil 1-yanvardan boşlab "Yagona darça” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qoğoz şaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylaştiriş talabi bekor qilinadi. Endilikda berilgan, töxtatib qöyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylaştirilgan, bekor qilingan, şuningdek amal qilişi töxtatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar haqidagi maʼlumotlarni "Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali oliş imkoniyati yaratiladi.
Bu esa mamlakatimizda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Şerzod Abdullayev,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Amudaryo tumani Axborot-maslahat markazi boşliği, huquqşunos.
(Foto - static.norma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶