12.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.10.2026, 12:03
Fan va taʼlim 👁 255

59-sonli maktabning yangi binosi: yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar va inklyuziv taʼlim muhiti

59-sonli maktabning yangi binosi: yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar va inklyuziv taʼlim muhiti

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga sifatli taʼlim-tarbiya berish hamda ularning har tomonlama barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ushbu ezgu ishlarning amaliy ifodasi sifatida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli Choykoʻl ovuli hududida joylashgan 59-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurodov, taʼlim sohasi faollari, maktab jamoasi va mahalla ahli vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz tomonidan taʼlim sohasi infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablagʻlar doirasida pudratchi tashkilot — “Amudaryo xizmat koʻrsatish markazi” MChJ tomonidan keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Mazkur yirik loyihani amalga oshirish uchun davlat tomonidan jami 4 mlrd. 687 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Natijada 180 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan qoʻshimcha oʻquv binosi hamda oʻquvchilarning jismoniy chiniqishi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishi uchun xizmat qiladigan 12×24 metr oʻlchamdagi zamonaviy sport zali binosi sifatli qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bino 2 qavatdan iborat boʻlib, maxsus lift bilan taʼminlangan. Bu mamlakatimizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa tengdoshlari qatorida hech qanday toʻsiqlarsiz, teng huquqli asosda taʼlim olishlarini taʼminlashga qaratilgan yuksak eʼtiborning yaqqol namunasidir.

Taʼlim jarayoni samaradorligini belgilovchi muhim omillardan yana biri — bu oʻquv binosidagi mikroiqlim va qulaylikdir. Shu boisdan, binoning isitish tizimiga ilgʻor, innovatsion texnologiyalar jalb qilingan. Xususan, yangi binoni isitish tizimi zamonaviy chiller–fankoil uskunalari asosida tashkil etilgan. Ushbu markazlashgan va yuqori texnologik tizim xonalarda nafaqat qish mavsumida issiqlikni, balki yil davomida meʼyoriy haroratni barqaror saqlash imkonini beradi. Shuningdek, isitish radiatorlari termostatik harorat sozlagichlari bilan jihozlangan, har bir xonada haroratni alohida tartibga solish imkoniyati mavjud.

Taʼlim muassasasida bugungi kunda 155 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib kelmoqda. Ularga oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirgan 28 nafar malakali pedagog ilm-fan sirlarini oʻrgatmoqda. Yangi oʻquv binosining foydalanishga topshirilishi pedagoglarga har bir oʻquvchi bilan individual ishlashish, ularning iqtidorini erta aniqlash va roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Choykoʻl ovuli hududida bunyod etilgan 59-sonli maktabning mazkur qoʻshimcha oʻquv binosi va sport majmuasi nafaqat maktab oʻquvchilari va pedagoglar jamoasi, balki mahalla aholisi uchun ham muhim ijtimoiy obʼektlardan biriga aylandi.

Yoshlarimizning bunday zamonaviy, shinam, xavfsiz va barcha qulayliklarga, shu jumladan inklyuziv taʼlim vositalariga ega maskanlarda taʼlim-tarbiya olishi, kelajakda yurtimiz ravnaqiga oʻzining munosib hissasini qoʻshadigan, yuksak maʼnaviyatli, chuqur bilimli va jismonan barkamol kadrlar boʻlib yetishib chiqishining mustahkam kafolati boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026