Ijtimoiy himoya tizimi: samaradorlik va manzillilik yanada oşirilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam körsatiş hamda uning samarali nazorat tizimini yölga qöyiş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-82-son Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etilişi mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş imkonini yaratdi.
Uşbu Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida Manğit şahrining Gulzor mahalla fuqarolar yiğinida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimi lavozimi joriy etilib, mahalla aholisiga ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatiş işlari samarali olib borilmoqda.
Gulzor mahallasida 1050 ta xonadon tarkibidagi 1138 ta oilada 4138 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 123 nafar nogironligi bölgan şaxslar, 97 ta kam taʼminlangan oilalar, 5 nafar özgalar parvarişiga muhtoj yakka-yolğizlar istiqomat qiladi.
Avvalo, mahallada kam taʼminlangan oilalarga nafaqa beriş asoslari aniq tizimga olinib, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi işga tuşirildi va kam taʼminlangan oilalarni aniqlaş va ularga manzilli yordam körsatiş işlari samarali taşkil qilindi. Oçiqlik, tenglik, adolat tamoyillariga qatʼiy amal qiliş vazifasi belgilandi.
Alohida taʼkidlaş kerakki, yuqoridagi raqamlar nafaqaga muhtoj oilalar soni ortganini emas, balki ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy himoya yetib borayotganini anglatadi. “Imkoniyati çeklangan kişilar” degan tuşunça esa oldinlari nogironlarga bölgan tor, bir yoqlama munosabatni ifodalab kelgan bölsa, yangi islohotlar bilan “nogironligi bölgan şaxslar” degan tuşunça yuzaga keldi. Şu asosda nogironlarga imkoniyati çeklanganlar deb emas, balki şaxs sifatida munosabatda bölişga ötildi. Bu munosabat ularning huquqlari tan olingani va röyobga çiqişi uçun imkoniyat yaratilayotganini anglatadi.
Ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oşiriş orqali ijtimoiy himoyani mahalla darajasigaça taşkil etiş böyiça tizimli islohotlar amalga oşirildi.
Mahalla darajasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiş tizimi yaratildi.
Nogironligi bölgan şaxslarga kömaklaşiş, jamiyatga integratsiya qiliş, sifatli protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlaş xizmatlari takomillaştirildi. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari turlarini 18 tadan 30 taga qoplab beriladigan mablağlar miqdori örtaça 10 baravarga oşirildi. Eng muhimi – insonlarga zarur vositalarni elektron tarzda özlari tanlab oliş imkoniyati vujudga keldi. Bunda muhtoj şaxslarga vauçer (davlat tomonidan qoplab beriladigan mablağ)dan foydalangan holda elektron tijorat platformasida “Uzum market” orqali tegişli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini öz tanloviga köra, bevosita özi yoki qonuniy vakili yoxud ijtimoiy xodimlar kömagida xarid qiliş imkoni yaratildi.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida Gulzor mahallasida 2 ta kattalar uçun sayr qilişga möljallangan örindiqli aravaça, 1 ta raqamli eşitiş moslamasi, 2 ta közi ojizlar hassasi, 3 ta qöltiqtayoq, 1 ta ovozli termometr va 2 ta hassaga fuqarolarning muhtojligi aniqlandi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 11 nafar nogironligi bölgan şaxslar zarur vosita va moslamalar bilan taʼminlandi. Ular holidan muntazam xabar olinmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli Qaroriga asosan elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uçun ehtiyojmand aholiga yuzaga kelişi mumkin bölgan qöşimça xarajatlarni qoplaş maqsadida 218 nafar fuqarolar röyxatlari şakllantirilib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman bölimiga taqdim qilindi.
Bundan taşqari, mahallada istiqomat qiluvçi tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan 4 nafar ayol-qizlarga ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari kömagida psixologik maslahatlar berilib, oilasidagi notinçliklarga barham berilişiga kömaklaşilmoqda.
Gavhar Çimbayçiyeva, Amudaryo tumani Gulzor mahallasi kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶