SOLIH FARZAND BER...
(Bölgan voqea)
Onaizor xudodan öğil farzand tilardi, keça-kunduz ikki qizi yonida. Qizlari onaga qöşilib söraşardi, unçalik tuşunişmasa-da, onasining xudodan sörayotgani yaxşilikka ekanligini bilişardi, xolos. Sörayotgan narsasini xudo bersa, boşqaça hayot keçirişlariga işonişardi, qiz beçoralar.
Ön yil deganda Alloh öğil farzand berib, ayolning orzusini ijobat qildi, otaning qaddini rost qildi, qizlarni xursand qildi. Öğilli bölişgan er-xotin uç kun töy berişdi, el-yurtga, qarindoş-uruğga. Kun tuğsayam, tun tuğsayam öğilga, yerga qöysa çang, osmonga kötarsa, gard yuqadiganday, ardoqlaşdi öğilni...
Biri kötarib, biri yelkalab, katta qilişdi ukalarini, qizginalar. Qizlar böy yetib, palaxmon toşidek otildi, tuşgan joylarida toşdek qotdilar, özlari bilan özlari tinib-tinçib ketişdi.
Erka, tantiq, hamma narsa meniki bölişi kerak, degan qoidaga amal qilib ösgan öğil ota-onasiga ham, xotiniga ham kun bermadi. Xotini yetim edi, boradigan joyi bölmagani uçun erining zulmini içiga yutib yaşardi. Birin-ketin tuğilgan farzandlari uçun ham u tilini yutib, «ğing» demasdi.
Qiyin, keksaygan ota-onaga qiyin böldi.
Har kuni kayf-u safo, ota-onaning yillab yiqqan davlatini qisqa fursatda sovurib yuborgan öğil insofga kelay demasdi. Öğilning qiliqlariga çidolmay, ona zorlanardi:
– Xudoyimdan öğil farzand ber deb sörayveribman, undan köra aqlli-huşli, insofli-imonli qilib ber, deb söramabman...
Befarosat öğilning qiliqlaridan bezgan ota ortiq çidolmay, bu dunyoning barça taşvişlari bilan birga xudbin öğilni ham ayolining nozik yelkasiga yuklab ketdi. Ota bu dunyodan ötgaç, öğil battar xudbinlaşdi. Hatto onasining nafaqa puliga ham çang soladigan böldi. Bu yoqda onasi, xotini, farzandlari nima yeb, nima içişi haqida öylab ham ötirmasdi. Bu borada qaynonasiga dardkaş bölib kelayotgan kelin ham tuzalmas dardga çalinib, ikki bolasiga qöşib erini ham qaynonasiga taşlab ketdi. Ona boşini qaysi toşga urib, yorişni bilmay qolaverdi. Qizlari kelib, onaga kömaklaşib turişdi. Ular ham öz uylarida tinç ötirolmasdi. Onaizorini öylab, qizlar ukasiga kelin topişdi. U ham köpga çidamadi, keyin yana topişdi. U balo çiqdi. Öğil içib kelib xotinini bir şapaloq urgan edi, özini qamoqda kördi. 15 kun qamalib çiqqunça xotini bor budini olib ketdi-qoldi.
Qamoqdan çiqqaç, uka opalariga yopişdi. Göyoki bölayotgan işlarning barisiga opalari aybdor. Ukasining bu işidan keyin opalari ota uyidan qadamini uzişdi. Onaizoriga içlari açişsa-da, qöllaridan boşqa narsa kelmadi.
Yillar ötdi. Qança bahor-u qişlar ötdi. Ikki nabira öğil katta bölişdi, har tugul otasiga tortmadi. Aqlli, zehnli bölib ösişdi. Qiyinçiliklar, hayot ularni şunday tarbiyaladi. Katta nevara öqişga kirib, şaharda öqiy boşladi. Kiçkinasi armiyaga ketib, muddat tugagaç, şartnoma asosida işlab qoldi.
Noqobil öğil ellikka kirdi, onasi esa saksondan oşgan, munkillab qolgan kampirga aylandi. Öğil öşa-öşa, özgarmagan. Ona esa şunday yaşaşga könikkan. Ona qarigan sayin tez-tez mazasi qoçadigan bölib qoldi. Şu holiga ham öğlini öylardi: "Xudoyim, şu öğlim uçun heç bölmasa jonimni omon saqla. Men ölsam, bolamning holi nima keçadi? Uning issiq-sovuğidan kim xabar oladi?..»
Bu safar onaning nolalari xudoga yetib bormadi. Omonat bergan jonini özi qaytarib oldi. Onani hatto qabrga ham qöyolmadi, nopok öğil. Bir kun oldin ulfatlari bilan bökib içib, onasining ölganidan bexabar, uyida nima bölayotganini tuşunadigan ahvolda emasdi. Tobutini şaharda öqiyotgan nabira yelkaladi. Eşitgan, tanigan insonlar mayyitni dafn qiladigan kun mast-alast uxlab yotgan öğilni laʼnatlaşdi. Ota-onaning tirigida ham, öligida ham nafi tegmagan öğilning ahvoli nima keçişi endi xudoga ayon...
Nodira YaNGIBOYeVA,
Örta qalʼa ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶