Bugungi kundagi eng talabgir aktyorlar beştaligi!
Bugungi kunda özbek kinoindustriyasida eng talabgor aktyorlar beştaligida Uluğbek Qodirov, Alişer Uzoqov, Adiz Rajabov, Jahongir Poziljonov va Umid Iskandarov kabilarni qayd qiliş mumkin.
Ular ijro etgan rollar muxlislar tomonidan olqişlar bilan qarşi olinmoqda. Kinosanoatimizda işlab çiqarilayotgan deyarli har bir filmda uşbu aktyorlarni uçratişimiz odatiy holga aylanib qoldi. Bugungi kunda ularning ijro etgan rollari uçun tölanadigan pul miqdori qança? Ötgan hafta "Darakçi” naşri eng talabgor va qimmat aktrisalar reytingini tuzgan edi. Bugun esa myday.uz sayti tomonidan tuzilgan eng talabgor aktyorlar beştaligi!
Keling ularning gonorarlari haqida söz yuritsak. Beştalikning birinçi poğonasini Uluğbek Qodirov egallaydi. Qodirovga eng omad keltirgan film - "Telba"dir. 30 yoşli aktyor bitta roli uçun 21-27 mln söm haq söraydi.
Hozirgi kunda özbek kinosida kamnamo bölib qolgan aktyor Alişer Uzoqovning gonorari şu kunlarda 10-13 mln söm hisoblanmoqda. Alişer Uzoqov: "Bugungi filmlarning ahvolini qarang!? Men buyoğiga yilda bir marta film yarataman, biroq rol ijro etmayman! Kinodagi faoliyatimning kelajakdagi kontsepsiyasi faqat şu!” deb taʼkidlaydi, 28 yoşli aktyor. Şunday qilib, u beştalikning ikkinçi örnida.
Uçinçi örin Adiz Rajabovga tegişli. 28 yoşli aktyorga "Super kelinçak” orqali omad quyoşi kulib boqqandi. Uning gonorari hozirgi kunda bir film uçun 10-13 mln söm atrofida. U ijro etgan rol muxlislar qalbidan joy egallaşi va filmga muvaffaqiyat keltirişini taʼminlaydi.
Törtinçi örin kimga tegişli bölişi mumkin? Ha, töğri topdingiz. Aktyor, xonanda, rejissyor, prodyuser – 36 yoşli Jahongir Poziljonov. Komik rollarni "qotiradigan” aktyor bitta roli uçun 10mln söm dan kam bölmagan gonorar söraydi.
Eng köp suratga tuşayotgan aktyor esa, Umid Iskandarov bölib, uning gonorari boşqalardan kamroq bölganligi uçunmi, şu kunlarda yanada köproq filmlarda iştirok etmoqda. Umid bitta roli uçun 5-8 mln söm haq talab etadi. 33 yoşli aktyor beştalikka yakun yasaydi!
Xulosa tariqasida şuni taʼkidlab ötişimiz mumkinki, uşbu professional
aktyorlar tomonidan ijro etilgan rollar filmning muvaffaqiyatli çiqişida
öz hissasini qöşadi.
(Aktyorlarning gonorarlari rejissyor va prodyuserlardan sörovnoma qilingan holda çop etildi.)
(Manba: http://uz24.uz)
(Foto - http://www.celebrities.uz )

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶