YoShLARNI TADBIRKORLIKKA JALB QILISh SARI QADAM
Yaqinda Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida tuman davlat soliq inpektsiyasi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilab berilgan vazifalar doirasida bitiruvchi bosqich oʻquvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun "Yagona darcha” markazi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar haqida keng turda maʼlumot berish maqsadida seminar oʻtkazishdi.
Seminar ishtirokchilari bitiruvchi 18-14 guruh oʻquvchisi Aziza Malikovaning goʻzallik saloni ochish, 19-14 guruh oʻquvchisi Marhabo Sobirovaning chorvachilik bilan shugʻullanish boʻyicha loyihalari taqdimotini tinglab, ulkan baho berdilar.
Tuman davlat soliq qoʻmitasi xodimlari oʻquvchilarni qiziqtirgan mavzuga oid barcha savollarga atroflicha javob berishdi.
Seminarda bitiruvchi oʻquvchilar tadbirkorlik faoliyatini boshlash va tashkil etish, bu borada davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida koʻpgina maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Toʻlgʻonoy EShMURODOVA, shu kollej oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶