Tadbirkor – elga madadkor
Manğit şahrining Beruniy nomli mahallasida istiqomat qiluvçi Nazirboy aka Murodovning oilasi uçun yakunlangan yil muvaffaqiyatli böldi. 40-yil haydovçilik qilib, oila tebratgan Nazirboy aka keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlarga yaratilgan şaroitlarga havasi kelib, "Hunarmand” uyuşmasiga aʼzo böldi, temir listlardan eşik, darvozalar yasay boşladi.
"Ot izini toy bosadi”, deganlariday, öğli Maʼmurjon ham otasiga kömakdoş bölib yurib, qöli ança işga kelişib qolganidan quvongan ota 2016-yil boşida "Maʼmurjon” oilaviy korxonasini taşkil etib, öğlining ustaçilik bilan jiddiy şuğullanişiga şaroit yaratib berdi.
– Maqtaniş bölmasin-u yasagan temir eşik, darvozalarimiz juda pişiq işlangan. Ustidan urilgan böyoq xuddi idiş-tovoqlarning siriday, qor-yomğirda ham köçmaydi, rangi aynimaydi, – deydi kulib Nazirboy aka.
Uyi oldidagi fuqarolarning buyurtmasiga köra tayyorlangan eşik, darvozalarni sinçiklab körsangiz, haqiqatan ham mahsulot sifatiga havasingiz keladi. Şuning uçun ham xaridorgir.
- Kelgusi yilda korxonamizga imorat qurib, işlab çiqarişni kengaytiriş niyatimiz bor. Quriliş taşkilotlaridan öz mahsulotimizga mijozlar topişga harakat qilayapmiz. Şunda uç-tört nafar kollej bitiruvçilarini ham işga qabul qiliş imkoniyatiga ega bölamiz, – deydi Maʼmurjon öziça hisob-kitob qilib.
Harakatda – barakat, - deydi dono xalqimiz. Maʼmurjonning ham yangi yilda ezgu niyatlari ijobat bölişiga işongimiz keladi.
Oygul RAJABOVA,
Mahmudjon ŞOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶