Bugunning nafasi
Amudaryo akademik litseyi bitiruvchilariga oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Jami 232 nafar litsey bitiruvchilarining koʻpchiligi imtiyozli diplom sohiblari boʻlishdi.

Bobur nomli ovulda yangidan qad rostlayotgan "Qirqqizobod" qishloq vrachlik punkti binosi qurilishini B.Toʻraboyev rahbarligidagi "Qurilish xizmat" MChJ quruvchilari amalga oshirishyapti.
Loyiha qiymati 318,8 million soʻmlik, 50 ta qatnovga moʻljallangan QVP binosi qurilishi joriy yilda bitkazib, foydalanishga topshiriladi.

"Taxiatoshdon mahsulotlari" Ajning Qipchoqdagi filiali tumanimiz dehqonlarining joriy yilda yetishtirgan bugʻdoy hosilini qabul qilib olish va saqlashga taxt qilib qoʻyilgan. Ayni kunda bu yerga bugʻdoyzorlardan yigʻishtirib olingan hosil keltirilib toʻkilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶