"Özbeknavo" bir neçta xonandalarni qöşiq aytiş huquqidan mahrum qildi
Dilfuza
Rahimova, Otabek Mutalxöjayev, Dilşod Rahmonov, "Ummon” va "Mango”
guruhlari xonandalarining litsenziyalari amal qiliş muddati tugatildi.
Bu haqda "Özbeknavo" birlaşmasi matbuot xizmati xabar bergan. Xabarda taʼkidlanişiça, milliy estrada sanʼatini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş Kengaşining 2013-yil 23-mart kuni ötkazilgan "Özbek estrada sanʼatining rivojlaniş jarayonlari haqida”gi 2-son yiğilişida hukumat tomonidan estrada sanʼati sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar uçun şart-şaroitlar yaratilgani qaramasdan, köpgina estrada xonandalari bunday imkoniyatlardan töğri foydalaniş örniga uni suiisteʼmol qilayotganligi tanqid qilinga.
Bundan taşqari, yoş xonandalar ayniqsa, unvon olgan xonandalarda talabçanlik yöqolib, hotirjamlikka, özibölarçilikka berilişayotgani, aksar xollarda xonandalarining repertuaridan örin olgan qöşiqlar mazmunan sayozligi, badiiy jihatdan böşligi, musiqasi va ijro mahorati talab darajasida emasligi, xonandalar asosan töy-haşamlar bilan band bölib, yangi ijod namunalari yaratişga yetarli eʼtibor qaratmayotganligi, şuningdek, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, odob-ahloq meʼyorlariga va mentalitetga zid bölgan qöşiqlar yaratib, efirga uzatilayotganligi ham keskin qoralangan. Mazkur yiğilişda berilgan vazifalarning ijrosi monitoring qilinganda bir qator xonandalar öz vaqtida yangi asarlar taqdim etganligi va aksinça, baʼzi xonandalar qaror ijrosini taʼminlamaganligi, bu orqali esa Litsenziya talablari va şartlarini buzganligi aniqlangan.
"Özbeknavo"dan xabar berişlariça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12 iyun "Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi PQ-1984-son Qarori mazmun-mohiyatini töliq anglab yetmay, bayram tantanalari uçun yangi qöşiq tayyorlaş borasida jiddiy kamçilikka yöl qöygan bir qator estrada xonandalariga berilgan litsenziyaning amal qilişini tugatiş hamda baʼzi xonandalarni ogohlantiriş maqsadida "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalari hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asoslanib, joriy yilning 18-iyun kuni Birlaşmaning MR-11/1-son buyruği qabul qilingan.
Mazkur buyruqqa asosan:
Özbekistonda xizmat körsatgan artist Dilfuza Rahimova, "Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxöjayev, xonanda Dilşod Rahmonov, "Ummon” va "Mango” guruhlari xonandalarining litsenziyalari amal qiliş muddati tugatildi.
Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Izzatilla Ibragimov, Sobirjon Möminov, Alişer Turdiyev, Ravşan Komilov, Toir Qöziyev, "Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva va xonanda Farhod Saidov qattiq ogohlantirildi hamda ularga mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş uçun 1-iyulga qadar muddat berildi.
(Manba: http://darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶