U AYTMOQÇI BÖLGAN QÖŞIQLAR
Hamyurtimiz, şoir-pedagog Xudoybergan Jumamurodov muborak 70 yoşni qarşiladi.
Xudoybergan Jumamurodov 1951-yilning 14-yanvar kuni tumanimizdagi Yusufxöja ovulida tuğildi. Otasi xöjalikda traktor boşqarib, öz mehnati bilan elga tanilgan inson bölgan.
U hozirgi 12-sonli maktabda taʼlim oldi. Keyinçalik Manğit şahridagi 16-sonli örta maktabni öqib tugatdi. Dastlab mehnat faoliyatini quriliş idorasida tokar ustaga şogird bölib işlaşdan boşladi.
Işlaş bilan bir paytda özining azaliy orzusi – oliy öquv yurtiga kirib öqişga bölgan iştiyoqi sabab puxta tayyorgarlik körib bordi. Natijada 1968-yilda Nukus davlat pedagogika institutining özbek filologiyasi fakultetining sirtqi bölimiga qabul qilindi.
Öqiş bilan birga iş faoliyatini ham davom ettirdi. Harbiy xizmatni tugatib qaytgaç, Manğit şahridagi mahalliy mahsulotlar işlab çiqariş korxonasida duradgor-usta vazifasida işladi. Öqituvçilikni 1977-yildan 13-sonli örta maktabda ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşladi.
1982-yildan boşlab to 2006-yil mehnat nafaqasiga çiqquniga qadar 12-sonli maktabda öqituvçi bölib işladi.
Xudoybergan aka jonkuyar ustoz böliş bilan birga oilada mehribon ota hamdir. U turmuş örtoği Öğiljon opa bilan beş nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Öğillari – Umar, Nodir, Jasur, qizlari – Zulxumor, Dilbarlar el koriga yaraydigan mehnatkaş insonlar bölib yetişgan.
Uni boşqalardan ajratib turadigan tomoni – uning şoirligi, şeʼriyatga oşnoligi.
Uning ijodga, şeʼriyatga bölgan ixlosi bobosi Jumamurod otadan ötgan desak xato qilmaymiz. Jumamurod ota arabça savodxon bölib, köpgina ertak va afsonalarni yoddan aytib berib, tinglovçilarda katta taassurot uyğotgan. Bu jihatlar doimo uning yaqinida bölgan yoş Xudoyberganning qalbida adabiyotga mehr uyğotgani çin haqiqat.
– 16-sonli örta maktabda öqib yurgan kezlarimda menda birdaniga keskin özgariş hollari röy berdi, – deya eslaydi Xudoybergan Jumamurodov. – Ustozimiz adabiyot öqituvçisi Jumatov Şomurod akaning dars ötişlari menga yoqib qoldi. Fanga qiziqişim ortib, maktabdagi adabiyot tögaragiga qatnaşib boşladim. Ustozim Şomurod akaning körsatmalariga binoan yozgan şeʼrlarimni “Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatiga olib bordim. Tahririyatda S.Xöjaniyozov meni oçiq çehra va samimiyat bilan kutib oldi. U şeʼrlarimni birma-bir közdan keçirib, yöl-yöriq, maslahat berdi.
X.Jumamurodov 53-yildan buyon ijod maydonini tark etmay kelmoqda. Şu kungaça saqlanib kelayotgan mingdan ortiq şeʼrlaridan faqatgina 200 ga yaqini saralanib, Toşkentdagi «Turon zamin ziyo» naşriyotida «Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar» turkumida naşr qilindi. Bu uni yanada tinimsiz ijod qilişga undadi. Ayniqsa, şoir Ahmad Nafas bilan ijodiy hamkorlik unga yanada kuç bağişladi.
Faxriy ustoz ijodida zamonga xos va mos bölgan rang-barang mavzularda Vatanga bölgan muhabbat, tabiat gözalliklari, ota-onaga hurmat va ularni sidqidildan eʼzozlaş, döst-yorlarga sodiqlik munosabatlari, oila va farzand tarbiyasi, ilm va bilimga çanqoqlik fazilatlari, sevgi va muhabbat ğoyalarini taʼriflaş kabi şeʼrlar asosiy örinni egallaydi. Şeʼrlarining köpçiligini qöşiqqa mos ohangda yozişga harakat qiladi.
Şeʼrlarining muxlisi bölgan ixlosmandlar taklifiga binoan «Muhabbat haqida şeʼr yoz dedilar» deb nomlangan şeʼr yozdi. Şu sabab böldi-yu, muhabbat mavzusida dastxat qilib yozilgan, lekin egasini topolmay qolib ketgan şeʼrlarini töpladi. Ularga yangidan sayqal berib, 340 ga yaqin şeʼrni jamul-jam qildi va «Muhabbatim – zeb-ziynatim» deb nomlanuvçi lirik şeʼrlardan iborat qöşiqqa mos ohangda yozilgan töplamini naşr qildiriş taraddudiga tuşdi.
...Xudoybergan Jumamurodovning dastlabki şeʼriy-töplami ilgari aytib ötganimizdek «Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar» deb ataladi. U öz oldiga buyuk rejalar qöygan. Bir kitobdagi şeʼrlar bilan u aytmoqçi bölgan qöşiqlar tugamaydi.
Şoir qalamidan tökilgan har bir satr uning köngil mulki. Ijodkorning köngil mulki esa yangi-yangi şeʼr, doston, hikoyalarni yarataveradi. Xudoybergan aka «Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat taşkilotning aʼzosi sifatida ham barça tadbirlarda faol qatnaşadi. Har safar yangi şeʼrlari bilan keladi.
Ustoz şoir bugungi kunda serğayrat, tinimsiz ijod bilan band. U aytmoqçi bölgan qöşiqlar köp hali. Kelgusida gazetamiz orqali şoirning ijod namunalaridan bahramand qilib borişga harakat qilamiz.
Örozali REYIMOV, «Jayxun ilhomlari» NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶