Odam savdosi – asr muammosi
Jahon tsivilizatsiyasi tezkor rivojlanişi natijasida mamlakatlararo migratsiya jarayonlari birmunça faollaşdi, fuqarolarning mehnat qiliş, taʼlim oliş, turizm va şu kabi turli maqsadlarda boşqa davlatlarga çiqişi, şuningdek, turli sohalarda erkin faoliyat olib borişi uçun imkoniyatlar yanada kengaydi.
Buning natijasida ijobiy özgarişlar bilan bir qatorda, afsuski, ayrim transmilliy jinoyatlarning soni köpayib borayotganligi ham sir emas. Ona tilimizga, milliyligimizga mutlaqo yot bölgan "odam savdosi”, deb atalmiş ana şunday transmilliy jinoyat yurtimizni ham çetlab ötmadi. Hozirgi vaqtda köpgina yoşlar, ayollar, voyaga yetmagan qizlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda.
Odam savdosiga qarşi kuraşişda aholi, ayniqsa yoşlar örtasida uşbu illatning xavfli oqibatlari haqida tuşuntiriş işlarini olib boriş, fuqarolarni mavjud holatdan ogoh etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligi huzuridagi Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Idoralararo tuman komissiyasi odam savdosi jinoyatining oldini oliş bilan bir qatorda odam savdosidan jabr körgan fuqarolarga amaliy yordam körsatiş, fuqarolarning bandligini taʼminlaş işlarini olib boradi.
Komissiyaning tahliliga köra, ötgan davr mobaynida odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarning aksariyati tumanning Manğit şahri, Tölqin, Dörman, Qiliçboy ovullari hududlarida sodir qilinganligiga eʼtibor qaratilib, uşbu hududlarda odam savdosiga qarşi kuraşişga qaratilgan banner-stendlar örnatildi va 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari odam savdosiga qarşi kuraşişga aholi eʼtiborini qaratiş maqsadida körgazmali qurollar bilan taʼminlandi.
2013-yil 1-may holatiga Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Idoralararo tuman komissiyasi tuzilganidan beri 5090 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga borib kelgan. Ularning barçasi tuman tibbiyot birlaşmasida tibbiy körikdan ötkazilib, flyurografiyaga tuşirildi, OITS va RV analizlari 100 foiz tekşirildi, 449 nafar fuqaroda kasallik aniqlanib, ularning barçasiga ambulator va statsionar şaroitda tibbiy yordam körsatildi.
94 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb topilgan. Şulardan 1 nafari sil, 1 nafari OITS kasalligiga çalingani aniqlangan.
Tumanda jami çet elga çiqib ketgan 5285 nafar fuqarodan 1189 nafari ayollardir. Çet eldan qaytib kelgan 5090 nafar fuqaroning esa 1062 nafarini ayollar taşkil qiladi.
Xorijiy davlatlarga çiqib, qaytib kelgan fuqaroning monitoringini yuritiş, şuningdek, OIV va jinsiy yöl bilan yuqadigan turli kasalliklarning oldini oliş borasida tuman tibbiyot birlaşmasi qoşida "OIV-OITS va giyohvandlik”, "Jinsiy aloqa yöli bilan yuqadigan infektsiyalar” haqida bepul maslahatlar beruvçi "IŞONÇ XONASI” taşkil etilgan va çet davlatlardan qaytib kelgan har bir fuqaroning tibbiy körikdan ötişi va bepul maslahatlar olişiga amaliy yordam körsatiş yölga qöyilgan.
Mansur MATYuSUPOV,
tuman
hokimligi huquqşunosi,
hokimlik huzuridagi odam savdosiga qarşi kuraşiş komissiyasi kotibi.
(Foto - http://www.12news.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶