21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:24
Salomatlik 👁 2,613

FIDOYI

FIDOYI

(Lavha)

Hayot – tasodiflarga toʻla. Ish vaqti tugab, endigina ustki kiyimlarini almashtirib boʻlganida, boʻlim mudirining xonasiga deyarli yugurib kirib kelgan navbatchi hamshira:

- Olimboy aka, yangi bemorni olib kelishdi, ahvoli juda ogʻir,  – deya xabarladi.

Bunday xabarni eshitgan shifokor "kim u, qayerlik?” – deb surishtirib oʻtirmaydi. Ayniqsa, butun boshli shoshilinch tibbiy yordam boʻlimidagilar zudlik bilan bemorning ahvolini yaxshilash choralarini koʻrishayotgan paytda. Olimboy Shomurodov esa boʻlim mudiri, boshqalardan koʻra masʼuliyatni chuqurroq his qilishga odatlangan. U yelkasiga xalatini tashlagancha boʻlimning bemorlarni qabul qilish xonasiga oshiqdi. 5-6 yoshlardagi bola onasining qoʻlida hushsiz yotar, rangida qon yoʻq edi. Zudlik bilan bolani tekshiruvdan oʻtkazishdi. Bolalar jarrohi Shukurilla Ismoilov, terapevt Zulxumor Gaipova, bolalar reanimatologi Egambergan Xidirovlar  bilan birgalikda oʻtkazilgan tekshiruv natijalaridan soʻng bemor bolaning ovqatdan zaharlangani maʼlum boʻldi. Vujudi oʻtolov boʻlib yonayotgan bolakayning hayoti uchun kurash boshlandi. Oshqozon yuvilganida shu narsa maʼlum boʻldiki, hazm qilish organlari haddan tashqari zoʻriqib turgan bir paytda bolani ota-onasi oʻzlaricha "davolashgan”, turli xil tabletkalar ichirishgan. Natijada bolaning kichkina jussasi bu notoʻgʻri "davo usuli”ni koʻtara olmay, hushidan ketgan.

Shu kuni tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi shifokorlari ham, boʻlim mudiri Olimboy Shomurodov ham bir zum tin olishmadi. Tongda issigʻi tushib, oʻziga kelgan bolakay va bundan xursand boʻlgan ota-onaning quvonchini koʻrgan Olimboy Shomurodov horgʻinlik bilan oʻz  xonasiga kirganida devordagi soat uning yangi ish kuni boshlanganini koʻrsatib turardi.

Yangi ish kuni. Kimningdir dardiga darmon boʻlish, mushkulini oson qilish bilan boshlanadigan xayrli ish soatlari. 25-yildirki, Olimboy Shomurodovning hayoti insonlarga shirin hayot gashtini ato etish, salomatlik, oilalariga quvonch baxsh etishdek ezgu ish bilan egiz. 1991-yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot oliygohini jarrohlik mutaxassisligi boʻyicha tugatib, oddiy jarroh-shifokor sifatida oʻz ish faoliyatini boshlagan Olimboy Shomurodov oʻz kasbiga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbati va sadoqati tufayli el aro obroʻ-eʼtibor qozondi. Kasbdoshlari, ayniqsa, ustozlari, qolaversa, tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyatining ishonch va hurmatiga sazovor boʻldi.

- Mamlakatimizda mustaqillik yillarida inson salomatligiga eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi, - deydi Olimboy Shomurodov oʻzi rahbarlik qilayotgan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimining bugungi  imkoniyatlari haqida gapirarkan. – Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1998-yil 10-noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida TTB bosh shifokorining buyrugʻiga asosan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimining tashkil etilishi tumanimiz xalqiga tez va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratdi.

Haqiqatan ham mazkur boʻlim tashkil etilgan 2000-yilda 15 ta oʻringa ega boʻlgan boʻlsa,  tibbiyot birlashmasi rahbariyatining qoʻllab-quvvatlashi tufayli oʻrinlar soni 2013-yilda 40 taga yetkazildi. Bundan ham muhimi, jarrohlik xonasi va muolaja xonalari zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jizohlandi. Boʻlimning moddiy-texnika bazasi tubdan yangilanib, 17 turdagi eng zamonaviy davolash-diagnostika jihozlari olib kelib oʻrnatildi. Faqat 2015-yilning oʻzida bitta yangi EKT tibbiy apparati va jami qiymati 11 mln. 966 ming 400 soʻmlik qattiq jihozlar hamda 2 mln. 850 ming soʻmlik yumshoq jizohlar bilan jihozlangan boʻlimda nafaqat shifokorlar va bemorlar uchun, balki oʻz yaqinlarini koʻrgani kelganlar uchun ham koʻngildagiday qulayliklar yaratildi. Ogʻir ahvolda boʻlimga keltirilgan bemorlarning yaqinlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan, shinam va ozoda maishiy  xonalardan bemorlar ham, ularning yaqinlari ham mamnun.

– Boʻlimimiz shifokorlarining 16 nafari oliy toifali, - deydi mamnuniyat bilan Olimboy Shomurodov. – Bu – jami xodimlarimizning 50 foizini tashkil etadi. Xodimlarimizning 4 nafari birinchi, bir nafari esa ikkinchi toifaga ega. Boʻlimda barcha shifokorlar navbati bilan oʻz malakalarini oshirib borishadi. Oʻrta tibbiyot xodimlari uchun birlashmamizda doimiy ravishda malaka oshirish oʻquv jarayonlari olib boriladi. Tajribali shifokorlar tomonidan  oʻtkaziladigan bu oʻquv jarayonlarida tibbiyot sohasidagi yangiliklar, ayniqsa, dorishunoslik sohasidagi yangiliklar xususida batafsil maʼlumotlar beriladi.

Ana, boʻlimga yana yangi bemor keltirildi. Avtohalokat natijasida jiddiy shikastlangan er-xotinning holati barcha mutaxassislar ishtirokida zudlik bilan tekshiruvdan oʻtkazildi. Ayolning homilador ekanligi maʼlum boʻlgach, ginekolog shifokor, bolalar reanimatologi, urolog, terapevt shifokorlar ham jarrohlik amaliyotiga jalb etildi. Bir emas, ikki  emas, uch insonning hayoti uchun kurash boshlandi. Boʻlim shifokorlarining fidoyiligi, oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy yordam, aniq qoʻyilgan tashxis tufayli, jarrohlik muvaffaqiyatli yakunlandi. Er-xotinning ham, ona qornidagi yetti oylik chaqaloqning ham hayotlari saqlab qolindi. Hali dunyoga kelmasdan yoʻl hodisasi tufayli hayotning ilk zarbasiga uchragan mitti vujud  chaqaloqlarni jonlantirish boʻlimiga oʻtkazildi. Goʻdakning yashab ketishiga yuz foiz umid borligini bilgach, jarrohlik xonasida hayot uchun kurashgan shifokorlarning barchasi bir-birlarini tabriklashdi.

Olimboy Shomurodovning koʻz oʻngida oʻzining toʻrt nafar farzandi, erining ishdan qaytishiga hamisha shirin taom tayyorlab, kutib oʻtiradigan rafiqasi Soliya gavdalandi. Bugun ham tun yarmidan ogʻdi. Bolalar shifokor otasini kuta-kuta uxlab qolishgan boʻlsa kerak. Faqat rafiqasi... rafiqasi usti doka bilan yopilgan xontaxtaning bir chekkasida eshikka qaragancha kutib oʻtirgan boʻladi har gal.

Shifokorning esa beorom tunlarining aslo adogʻi yoʻq. Bu beorom tunlarni bir ezgu maqsad yoritib turadi – xalq salomatligini saqlash. Ana shu maqsad sari intilgan salomatlik posbonlari safida mening qahramonim – Qipchoq qishlogʻida tugʻilib-oʻsgan, el-yurt xizmatiga hamisha kamarbasta, tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi bosh shifokori Olimboy Shomurodov ham bor.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026