DUNYoDA BOLAM, DEB YaŞAYMIZ
Dunyoda bizning xalqimizçalik bolajon, fidoyi xalq yöq. Azal-azaldan qonqonimizga singib ketgan bu odatimiz davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi darajasiga kötarilgan.
Ha, mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodga körsatilayotgan ğamxörliklar, ularning ham jisman, ham maʼnan barkamol bölib voyaga yetişi uçun yaratilayotgan şaroitlarni heç bir mamlakatda uçratolmaymiz. Heç bir mamlakatda bizdagidek bepul 12 yillik taʼlim beriş yölga qöyilmagan. Heç bir mamlakatda taʼlim-tarbiya uçun bizning mamlakatimizdagi kabi yalpi yillik daromadining 10 foizi miqdorida (bu eng rivojlangan davlatlarda 4-6 foizni taşkil etadi) mablağ ajratilmayapti.
Bularni inobatga olgan holda yoşlarni umumtaʼlim maktabidan söng uzluksiz taʼlimning keyingi bosqiçiga yaʼni litsey, kollejlarga töla jalb etib, kasb-hunarli bölişiga erişiş, hayotda kasb-kori tufayli zoriqmay, farovon yaşaşiga zamin yaratiş, bugungi bolalarimizga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş – soha xodimlarining ham, ota-onalarning ham zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir.
Ayni kunda tumanimizda 8 ta kasb-hunar kollejlari, 1 ta akademik litsey umumtaʼlim maktablarining 9-sinflarini tugatayotgan 3200 nafardan ziyod ösmirlarni töla qamrab oliş imkoniyatiga ega ekanligi quvonçli holdir. Bu 16 yoşli öğil-qizlar öz ota-onalari nazoratidan uzoqlaşmagan holda uzluksiz taʼlimni davom ettiriş imkoniyatiga ega, deganidir.
Davlatimizning ana şunday ulkan ğamxörliklarini his qilmay, öz farzandlari taqdiriga befarq qarayotgan, kasb-hunar kollejlariga borişiga tösqinlik qilib, ertasini öylamay, boşqa şaharlarga işga jönatayotgan ota-onalar ham uçrab turadi oramizda.
Avvalo ota-onalar şuni unutmasligi kerakki, bolasi 12 yillik uzluksiz taʼlimni öqişi, kasb-hunar örganişi – bu bolaning ham, ota-onaning ham burçi, masʼuliyati. Endilikda kollejga öğli, qizini yubormay, uy işlariga yo boşqa işlarga jalb qilgan ota-onalar qonun yöli bilan javob beradilar. Çunki kasb-hunar örgangan yoş ertaga hayotda qoqilmaydi, qiynalmay oila tebratadi. Hunari orqali obrö-eʼtibor qozonib, öz yölini topadi. Qölidan heç iş kelmaydigan yigit-qiz töğrisida ham şunday deya olamizmi? Albatta, yöq.
Ösmir yoşlar xususida öylaganimizda kişini taşvişga soladigan yana bir muammo borki, bu – yoşlarning erta turmuş qurişidir. Köz öngimizda voyaga yetmay, hunar, kasb egasi bölmay turib oila qurib, ertaga boşi berk köçaga kirib qolayotgan, hatto ajraşib ketayotgan oilalar afsuski, yöq emas. Ota-onalar baʼzan orzu-havas deb şoşilsa, yigit-qizlar bir-birlariga kör-körona intiladilar, oila masʼuliyatini his qilmaydilar.Oila - jamiyat asosi, u nafaqat şaxsiy masala, balki ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini anglab yetmaydilar. Töy qilsak böldi, baxtiyor bölamiz, deb öylaydilar. Ularga oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim böğini sifatida öziga xos bola tarbiyasi, keksalarga hurmat, kiçiklarga ğamxörlik qiliş, er-xotinning bir-biriga muomala madaniyati, şarqona anʼanalarni saqlaş va ularga rioya qiliş kabi muhim ahamiyatga ega bölgan maʼnaviy munosabatlar mujassamlaşadigan maskan bölişini tuşuntirişimiz bizning zimmamizdagi eng dolzarb vazifalarimizdandir.
Yoşlarning erta oila qurişida baʼzan ota-onalar ham aybdor böladilar. Oilali bölsa, aqli kirib qoladi, deb juda xato öylaşadi. Qizlarni erta turmuşga beriş oqibatida, hatto nogiron bölib qolayotgan hollar ham uçrayotgani ğoyat açinarlidir.
Bu kabi salbiy holatlarga çek qöyiş maqsadida Yurtboşimiz tomonidan 2013-yil 30-aprel kuni imzolangan "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nikoh yoşiga amal qilmaslikka qarşi çora-tadbirlar kuçaytirildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, endilikda nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişganlik eng kam iş haqining 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
- Ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan nikoh yoşiga yetmagan qiz erga berilsa, yigit uylantirilsa, eng kam iş haqining 7 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarimaga tortiladi.
- Nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşiriş – eng kam iş haqining 10 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 17-moddasi, törtinçi qismi "Nikoh yoşi töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş haqida”gi 1251-modda bilan töldirildi. Unga köra, yuqoridagi qonunbuzilişlariga yöl qöygan va şu boisdan maʼmuriy jazo qöllanilgan şaxslar qonunni takror buzsalar, ularga quyidagi jazo çoralari köriladi:
- Maʼmuriy jazo olgan va nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh qurgan şaxslar eng kam oylik iş haqining 20 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarima yoki 1-yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 oygaça qamoq jazosiga tortiladi.
- Maʼmuriy jazo olgan bölişiga qaramay, nikoh yoşiga yetmagan farzandini erga bergan yoxud uylantirgan ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga eng kam oylik iş haqining 30 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoxud 4 oylik qamoq jazosi qöllaniladi.
- Nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan diniy nikodan ötgan, şunday qilmişi uçun avval maʼmuriy jazo olgan şaxslarga eng kam oylik iş haqining 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solinadi yoki 3-yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 6 oygaça qamoq jazolari belgilanadi.
Respublikamiz ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritilayotganidan közlangan maqsad - voyaga yetib kelayotgan yoş avlod taqdiriga ota-onalarning va boşqa şaxslarning ham masʼuliyatini oşirişdir. Axir yoşlar kelajagimiz. Ularni neçoğlik barkamol, aql-zakovatli, yurtimizga, mahallamizga, oilamizga mehrli qilib tarbiyalasak, kelajagimizni şunçalik işonçli qöllarga topşirgan bölamiz. Bu uluğvor vazifalarning amalga oşirilişida ota-onalarga ovul, mahalla fuqarolar yiğinlari maslahatçilari eng yaqin kömakdoş böladilar, deb işonamiz. Çunki elimiz töylari ovul, mahalla fuqarolar yiğinlari faollari va maslahatçilari iştirokisiz ötmaydi.
M.AHMEDOVA,
tuman hokimi örinbosari, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi.
(Foto- xs.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶