Istiqlol ilhomlari
TABRIK
Esganda orombaxş yurtim şamoli,
Qölga qalam ol, der körkam zamoni,
Jahonni lol etgan körki-kamoli,
Elni el qilganlar doim soğ bölsin!
Bugun yurt aʼlodir Eram boğidan,
Döstlar qöllab turar söl-u soğidan,
Qöşiq yangratib yurt hamma yoğidan
Madhin kuylaganlar doim soğ bölsin!
Yigitlari alpdir, qizlari sanam,
Ular kamol topgan makoni şinam,
Taʼrifin yozmoqqa şoşilar qalam,
Baxtdan şeʼr aytganlar doim soğ bölsin!
Ulkan, ahil davlat kötarmoqda qad,
Jahonda yagona bölmoqdir maqsad,
Bunda har fuqaro dehqonga madad,
Madadkor bölganlar doim soğ bölsin!
Hormay-tolmay borar elim karvoni,
Qolmagay heç kimning dilda armoni,
Yozilar olqişlab şoir dostoni,
Dostonga loyiqlar doim soğ bölsin!
Özni yurt işiga boğlasak agar,
Töğri yöl körsatib tursa har rahbar,
Ne tadbir boşlasak qolmas besamar,
Yurtga boş bölganlar doim soğ bölsin!
El ravnaqin tilab, qarimi yo yoş,
Iş boşlar hali yuz körsatmay quyoş,
Elim, qutluğ bölsin yigirma beş yoş,
Istiqlolga yetgan hamma soğ bölsin!
Ahmad NAFASOV.
Vatan
Könglim tuğyonlari beboş boladay,
Seni madh etmoqqa undaydi Vatan!
Yuragim qaʼrida ungan loladay,
Ifori ilhomim jamlaydi Vatan!
Seni yorim, deymi yoki volidam,
Baribir men uçun sevimli Vatan!
Sening işqing meni tark etmas bir dam,
Bayraming muborak, onajon Vatan!
Ayni kuçga tölgan yigitsan bugun,
Fuqarolar sen-la bir jon-u bir tan.
Senga hamroh bölay, yuz yoşingda ham
Mening-çun sevimli jonajon Vatan!
Sening madhing uçun qayrab qalamim,
Mudom maqtamoqqa tayyorman, Vatan!
Sening döstlaring ham döstimdir manim,
Sening duşmaningga ağyorman, Vatan!
Farhodning sen uçun fidodir joni,
Jon bermoqqa tayyor sen uçun har dam.
Qani, bölsa edi şuning imkoni,
Yigitlik davrimga qaytardim, Vatan!
Farhod AVEZOV,
"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
ISTIQLOL TARONALARI
Serviqor qudrat bergan,
Istiqlolga şon-şaraf!
Şon hamda şuhrat bergan,
Istiqbolga şon-şaraf!
Bu ajib zamonada,
Qudratli davronada.
Yuksaliş poğonada,
Istiqlolga şon-şaraf!
Özbekni özbek qilgan,
Erk bergan, özlik bergan.
Katta dovruğ keltirgan,
Istiqlolga şon-şaraf!
Tahsin aytib çin dildan,
Borurmiz töğri yöldan.
Deyman xalqim tilidan,
Istiqlolga şon-şaraf!
Dilsayyor der, iqbolni,
Körib özgaça holni.
Aytsam, qutluğ timsolni,
Istiqlolga şon-şaraf!
Xudoybergan
Jumamurodov.
JONAJON YuRTIM
(Badiha)
Alloh nazar solgan jannatmakon yurt,
Taʼrifing dunyoga bir doston böldi.
Bebaho neʼmating - tinçlik, ozodlik -
Ajdodlar armoni gul, çaman böldi!
Közlarni quvnatar ona yurt körki,
Har yonimiz çaman, gul-rayhon böldi.
Şukronalar aytgan keksalarimiz
Duolari ijobat bir on böldi.
Bulbul kuyi arimaydi boğlardan,
Bobo dehqonlaring mulkdor, xon böldi.
Ona xalqim qadri baland toğlardan,
Qizing oy, öğloning zör polvon böldi.
Muqaddas, tabarruk qadamjolarda,
Ahli dunyo kelib zör mehmon böldi.
Kördilar, HURLIK deb Yutboşimiz ham
Uluğ yölda xalqaro sarbon böldi.
Vatan, desam qalbim tölib ğururga,
Dil sözlarim şeʼrimga marjon böldi.
Şunday yurtda yaşamoqlik oliy baxt,
Uşalgan orzularim ummon böldi.
Nasiba YeŞMURODOVA,
55-sonli maktab öqituvçisi.
TUPROFING TÖTIYo
Vatan, beqiyossan har bir insonga,
Tuproğing hamişa közimga ziyo.
Sening bahoringni soğinganlarga,
Boğlaring ifori misli mömiyo.
Sening tabiating özga bir olam,
Özga bir olamdir butun borliğing,
Sayohatga çiqib kelgan har bolang,
Boş qöyib öpadi aziz tuproğing.
Men havas qilmasman özga yurtlarga,
Vatanim, tuproğing öpib yaşayman,
Şukronalar aytib obod damlarga,
Barkamol avloding quçib yaşayman.
Gulsara BOBOJONOVA,
73-sonli maktab.
BIZNING ÖLKA
Biz yaşaymiz döstlar, şunday ölkada,
Aslo qiyosi yöq, zamin-u kökda.
Boğlari töladur hil-hil mevaga,
Daryolari töla sirli navoga.
Bu şunday ölkaki, şukrona yangrar,
Har faslida bordur gözal bayramlar.
Har göşada baxt kuyi jaranglar,
Töy-u tomoşaga boydur ellari.
Beğubor gödaklar uxlar beşikda,
Baxtiyor onalar aytadi alla.
Töyga tadorik bor har bir eşikda ,
Tinçlik tantanasi, har bir qadamda.
Oh, naqadar totli bu gözal damlar.
Baxtdan bahs etar nurafşon onlar.
Osmonni töldirgan yoruğ yulduzlar,
Mangu bölsin döstlar, davr-u davronlar.
Inobat OTAJONOVA,
"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
ULUFIM VATAN!
Vatan, sendan ayro bölgim kelmaydi,
Qayda bölmay, suratlaring közimda.
Qançalar sevsam-da könglim tölmaydi,
Umrim senga berib, ötay taʼzimda.
Azim daryolaring, sölim boğlaring ,
Purviqor toğlaring quçgim keladi.
Yalang oyoqlarim öpgan tuproğing,
Hovuçlab yuzimga surtgim keladi.
Tört fasl, kun-u tun dalalaringda,
Bobodehqoningga hamroz-u hamroh.
Qurtlar ipak soçgan pallalaringda
Seni qöllab turar yaratgan Alloh.
Musaffo osmoning nurdan yaralgan,
Nurlarga qorişib uçgim keladi.
Onamday, otamday suyuksan Vatan,
Bolajon bağringda yotgim keladi.
Yakka-yu yagonam, uluğim - Vatan,
Barça imkonlarga töluğim Vatan!
Nodira YaNGIBOYeVA.
MAHALLAM
"Qoramon” mahallasi,
Dur, gavharning şodasi.
Şu obod mahallaning
Biz baxtiyor bolasi.
Gözal Vatan quçoğida,
Bunyod böldi mahallam.
Mustaqillik yillarida,
Obod böldi mahallam.
Fayziyob dalalarda,
Mehnat qilar dehqonlar.
Handalak, qovun, tarvuz,
Xalqimiz uçun rizq-röz.
Yam-yaşil boğlaridan,
Ketmaydi aslo bahor.
Çamanzor gulzoridan,
Vatanga soçar ifor.
Fazilat Ollaberganova,
53-sonli maktab.
MUSTAQILLIK BAYRAMI
Bu kun uluğ kundir, unutilmas kun,
Tarix çehrasida porlar quyoşing.
Istiqlol bayrami muborak bugun,
Seni qutlar bugun keksa-yu yoşing.
Şukurkim, yetkazdi uluğ kunlarga,
Vatanim ozodlik bağrida yaşar.
Bayramning şukuhi har bir yurakda,
Mangu mustaqillik senga yaraşar.
Şundayin quvonçlar, şundayin ğurur,
Buyuk ajdodlarim ruhi mangu yor.
Qança faxrlansam arziydi axir,
Sening nomingga men bitaman aşʼor.
Mustaqillik abadiy, mangusan endi,
Har bitta qadamni taşlaymiz erkin.
Oldimizda turar nurli kelajak,
Ulğayib, yurtga boş bölamiz bir kun!
Umida ABDULLAYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Sajdagohim, panohim mening
Sen qalblarga quvonç berguvçi,
Sen barçani bolam deguvçi.
Sen dunyoni birdek sevguvçi,
Jannatmakon yurtimsan Vatan,
Senga fido, bu jon ila tan.
Tuproğingda unib-ösyapman,
Yoş niholman, suving içyapman.
Senga jonim fido, deyapman,
Öxşaşi yöq makonim mening,
Sajdagohim, panohim mening.
Seni desam, issiq quçoğing,
Yuragimga öt yoqib turar.
Bulbullarni sayratgan boğing,
Jonga orom baxş yetib turar,
Seni desam, bu olam kular.
Dildora RAJABOVA,
Amudaryo qişloq xöjalik
kasb-hunar kolleji öquvçisi.
HUR ÖZBEKISTON
Men tuğilgan muqaddas diyor,
Bu hur Vatan – Özbekistondir.
Kindik qonim tökilgan tuproq,
Boylikka kon uluğ makondir,
Aziz Vatan – Özbekistondir!
Dehqonlari tinmay ter tökar,
Yetiştirar paxta-yu ğalla.
Boğlarida olma-anorlar,
Bozorlari tökin dasturxon,
Aziz Vatan, hur Özbekiston!
Polizlarda handalak pişgan,
Keksa-yu yoş oğziga tuşgan.
Bu rizqi möl muqaddas Vatan,
Allohimning nazari tuşgan
Bu hur diyor – Özbekistondir.
Yuksalaver, jonajon ölkam,
Ey obod yurt, farovon Vatan!
Aziza ÖROZBOYeVA,
32-sonli maktab öquvçisi.
VATAN MEHRI
Bu buyuk yurt farzandi,
Osmonlarga talpinar.
Mard öğloni, dilbandi,
Davronlarga talpinar.
Orzularning boğida,
Unib-ösgan niholman.
Kuraşlarning toğida,
Eng yengilmas bolangman.
Yurak yonar işq sabab,
Baxtdan bedor kunlarim.
Vatan sergak, yurt çorlar,
Nur belangan yöllarim.
Muhabbatning bağrida,
Ruhim oydin, pokiza.
Kel döstim, yurt mehriga,
Sodiq yaşa hamişa!
Özbekiston farzandi
Osmonlarga talpinar.
Mard öğloni, dilbandi
Davronlarga talpinar.
Şahzod Anvar öğli.
KÖRING BUGUN, ÖZBEKISTONNI!
(Bağişlov)
Gulzor ölkam, guliston ölkam,
Özbegim bölmas heç kimdan kam.
Zavol körmay yaşarmiz har dam!
Asl Özbek qiziman men ham,
Lahza ayro bölmasman sendan.
Va heç qaçon öçmasin noming,
Asragaymiz şavkat-u şoning.
Bağri kengsan, ey Ona Yurtim,
Er-osmoning bepoyon sening.
Tömarisning yölidan yurdim,
Ajdodlarim qöllaydi meni.
Komil bugun har bir farzanding,
Ravnaqingga qöşajak hissa.
Olamga maşhur Samarqanding,
Registon maydoni – bir qissa.
Imon-diyonatli xalqsan sen,
Mustaqil, hur Özbekistonim!
Sening jajji, bir ğunçangman men,
Abadiy gulla, gulistonim,
Nurga töla boğ-u böstonim!
Men ham bir kun bölaman katta,
Uluğlayman har qariç ering.
Qadrlayman seni albatta,
Allalagan onamsan mening.
Dunyo tan oldi bugun bizni,
Dunyo lol Özbek yoşlariga,
Albatta, hayrat nuri yoğilgay,
Sururbaxş töy-u oşlariga.
Viqor-la turadi toğlaring,
Alvon lolalaring oçilar.
Toğ yonida sölim boğlaring,
Ajib guldan ifor soçilar.
Navolaring sehrli biram,
Insoniyat qalbin zabt etar,
Mustaqillik köklarga yetar.
Jonim qurbon bölsin özingga,
O, ona yurt, gözal diyorim.
Ne tong, aslo öçmas yurakdan:
"Istiqlol yaşasin!” - şiorim,
Millatim nomus-u orim!
Sportda ham, ilm-fanda ham
Engilmas qudratga aylanding.
Noming ila barça qalblarga
Gözal Vatan hissini solding.
Alloh seni asrasin har dam.
Farzandlarim kam bölmasin, deb,
Imkoniyat eşigin oçding.
Dorilomon kunlar körsin, deb,
Olamga mehr nurini soçding.
Özbeklar doim öziga bek,
Zamon bilan hamnafasdir lek,
Bugun Özbek özgardi tubdan,
Elib ötar, Ovröpadan ham!
Köring bugun, Özbekistonni,
Istiqlol quçgan gulistonni.
Sportdagi buyuk qudratingga,
Tan bermoqda jumlai-jahon.
Olam aro öçmasin noming,
Noz-neʼmatga tölar xirmoning.
Islom bobo, sizga ming rahmat,
Mustaqillik bölsin, to abad!
Iroda Yerdoşeva,
38-sonli maktab öquvçisi.
OSTONASI OLTIN KOŞONAM
Bugun baland tutib qaddingni,
Tinçlik, deya dunyoga boqding.
Yuksaltirib şaʼn-u qadringni
Har dilda erk olovin yoqding.
Husning hamma eldan suluvroq,
Kundan-kunga oçasan çiroy.
Bormi menga sendan uluğroq.
Vatan, özing zamin uzra oy.
Sen otamsan, mehribon onam,
Porlab turgan oy-u quyoşim.
Ostonasi oltin koşonam –
Baxt berguvçi ğamxör yöldoşim!
Dinora KARIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
BETAKRORIM, BAXTIMSAN
Vatan, mening taxtimsan,
Osmonimsan bepoyon.
Quyoşimsan porlagan,
Betakrorim, baxtimsan.
Közlarimning qorasi,
Qalbimning durdonasi.
Kindik qonim tomgan yer -
▶
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi
12.11.2026
▶
65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi
11.11.2026
▶
Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda
10.11.2026
▶
45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi
10.11.2026
▶
Aholi salomatligi — oliy qadriyat
09.11.2026
▶
Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi
09.11.2026
▶
Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi
09.11.2026
▶
Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir
06.11.2026
▶
AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA
06.11.2026
▶
Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi
05.11.2026
▶
Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi
05.11.2026
▶
Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi
05.11.2026
▶
Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi
04.11.2026
▶
Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi
04.11.2026
▶
Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi
04.11.2026
▶
Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi
03.11.2026
▶
Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi
02.11.2026
▶
HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI
02.11.2026
▶
Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi
31.10.2026
▶
Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda
31.10.2026
▶
Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi
31.10.2026
▶
10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi
30.10.2026
▶
1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi
26.10.2026
▶
«Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi
20.10.2026
▶
9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda
20.10.2026
▶
Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi
19.10.2026
▶
Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi
16.10.2026
▶
Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda
13.10.2026
▶
Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi
13.10.2026
▶
Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi
12.10.2026
