Biz heç kimdan kam emasmiz va heç qaçon kam bölmaymiz!
5-21-avgust kunlarida butun dunyo xalqlarining diqqat-eʼtibori Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan XXXI yozgi Olimpiada öyinlari – har tört yillikning eng yirik sport festivali bellaşuvlarida böldi desak, mubolağa bölmas.
Boisi, 200 dan ziyod davlatlar sportçilari ğoliblik uçun özaro bahs olib borgan Olimpiada musobaqalari qaysi davlatda sportga eʼtibor kuçli ekanligini va qaysi davlat vakillarining musobaqalarga yaxşi tayyorgarliklar körganligini aniqlaydigan sinovdir.
Mamlakatimizda Yurtboşimiz I.Karimov rahbarligida sportning ommalaşuviga ulkan eʼtibor qaratilayotganligi öz samarasini berganligini Olimpiada bahslari davomida butun dunyo kördi, tan oldi.
Olimpiadada öz iştirokini 1996-yilda boşlagan Özbekiston milliy terma jamoasi ortda qolgan olti Olimpiadadagi eng yaxşi körsatkiçini "Rio - 2016” Olimpiadasida qayd etdi.
Özbekiston milliy terma jamoasi Olimpiada umumiy bahslarida dunyoda 21-örinni, Osiyoda törtinçi, MDH davlatlari orasida ikkinçi, Markaziy Osiyoda esa birinçi örinni qölga kiritdi. Boks terma jamoamiz esa birinçi örinni egalladi. Sportçilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumuş va 7 bronza medalini yengib olişdi. Mamlakatimiz sport şarafini yuksaltirişga muvaffaq bölgan sportçilarimizni bugun butun Özbekiston xalqi şaraflamoqda.
Sport festivalida ayniqsa boksçilarimizning iştiroki butun xalqimizni mamnun qildi. Sportning aynan şu turidan Hasanboy Döstmatov, Fazliddin Ğoyibnazarov, Şahobiddin Zoirovlar tomonidan uçta oltin medalning qölga kiritilişi mamlakatimiz sport tarixida öziga xos unutilmas voqea bölib qoladi. Hasanboy Döstmatovga Olimpiada öyinlarining texnikasi eng kuçli boksçiga beriladigan kubogi topşirilgani (bu mukofot bittagina sportçiga nasib etadi) mening qalbimda ham yuksak faxr uyğotdi.
Qölga kiritilgan medallarning köpçiligi aynan boks turidan ekanligi diqqatga sazovordir. Şuningdek, oğir atletikadan oltin medalni qölga kiritgan Ruslan Nuriddinovning Olimpiada rekordini yangilagani butun sport olamida öziga xos voqea böldi.
Eng muhimi, özbekistonlik sportçilar festival bahslarining eng intizomli qatnaşçilari, deya eʼtirof etildi.
Aynan sport murabbiyi bölganimdan bular menda ulkan taassurotlar qoldirdi. Yaratilgan bugungidek şaroitlardan unumli foydalanib, şogirdlarim bilan avvalgidan ham qunt bilan işlaşga undadi. Oradan tört yil ötib, olimpiada estafetasini olgan Yaponiya mamlakati poytaxti Tokioda bölib ötadigan sport festialida vakillarimiz dunyo miqyosida oldingi örinlarda bölişiga işonaman. Çunki buning uçun mamlakatimizda barça imkoniyatlar bor.
Jasur NURIMBETOV,
BÖSMning boks böyiça murabbiyi.
(Foto-http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶