Ikkinçi jahon uruşi yillarida ajdodlarimiz körsatgan matonat va jasorat heç qaçon unutilmaydi!
Ikkinçi jahon uruşi insoniyat tarixidagi eng qonli va vayronkor uruşlardan biri bölib, uning oqibatlari hatto bugungi kungaça odamlar hayotida sezilmoqda. Öşa maşʼum uruş sababli kimdir otasiz, kimdir onasiz qoldi, yana kimdir yaqinlaridan ayrildi. Deyarli butun xalq oğir mehnat va qiyinçilikda kun keçirdi. Ota-bobolarimiz tortgan azob-uqubatlar, ularning boşiga tuşgan yöqotişlar bugun ham avlodlar xotirasidan öçmadi, afsus va nadomat bilan tilga olinadi. Zero, yurt tinçligi, ozodligi va ravnaqi yölida ajdodlarimiz körsatgan matonat va jasorat heç qaçon unutilmaydi.
Şu sababli ham har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlaş kuni keng nişonlanadi. Bu sanada Ikkinçi jahon uruşi janggohlarida jon olib-jon bergan, mehnat frontida, uruşdan keyingi tiklaniş yillarida fidoyilik körsatgan ota-bobolarimiz, momolarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiriladi. Bugungi dorilomon kunlarga yetgan nuroniylarimizga hurmat-ehtirom körsatilib, holidan xabar olinadi.
8-may kuni Amudaryo tumanida ham Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan tadbir ötkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiliş organlari vakillari, mehnat fronti faxriylari, deputatlar, turli muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi Sobir Xöjametov barçani bayram bilan qutlar ekan, uruş davrida yuz bergan voqealar, jumladan, Özbekistonlik jangçilarning jasorati va fidoyiligi, ularning jang maydonlarida va front ortida körsatgan qahramonliklari xalq xotirasida mangu muhrlanib qolişini, marhumlar xotirasi heç qaçon avlodlar yodidan öçmasligini taʼkidlab ötdi.
Tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Şerzod Murodov öz nutqida uruş va mehnat fronti faxriylarining insoniyatni faşizm balosidan qutqarişdagi jasorati va matonati haqida töxtalib ötdi. Öşa suronli yillarda ajdodlarimiz körsatgan jasorat va fidoyiliklar nafaqat öz davrida, balki bugungi kunda ham barçamiz uçun ibrat maktabi bölib qolmoqda.
Nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisining örinbosari Bekman ota Allaberganov beşafqat uruşning millionlab insonlar hayotiga zomin bölgani, köplab şaharlarning vayron bölişi, iqtisodiyotning izdan çiqişi va boşqa köplab salbiy oqibatlari bilan hali-hanuz insonlar qalbiga oğriq solib kelayotganini aytib, barçani bugungi tinç va dorilomon kunlarning qadriga yetişga çorladi.
Tuman madaniyat bölimi va joylardagi madaniyat markazlari jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari hamda badiiy çiqişlar orqali janggohlarning ayovsiz manzarasi, aholining front ortidagi qiyin hayoti iştirokçilar köz öngida gavdalanganday böldi.
Uruş yillarida nafaqat frontda, balki front ortida ham yurtimiz aholisi fidoyiliklar körsatgan. Ularning mehnati uruş davrida Sovet Ittifoqining iqtisodiy va harbiy salohiyatini mustahkamlaşda muhim rol öynagan. Özbekistonliklar köplab evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni işlatişga kömaklaşgan, şuningdek, qişloq xöjaligida ham katta yuklamalarni zimmalariga olişgan. Öşa paytda ayollar ham erkaklar bilan bir safda mehnat qilib, iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaşda faol iştirok etganlar.
Uruş yillarida mamlakatimiz köplab evakuatsiya qilingan jabrdiydalarni ham qabul qilgan. Xalqimiz mehmondöstlik va insonparvarlik namunalarini körsatib, öz uylarini boşqa millat vakillariga böşatib bergan.
Uruşdan keyingi yillarda ham ota-bobolarimizning ğayrat va şijoati, jasorati bilan yurtimizda keng kölamli tiklaniş işlari amalga oşirildi. Bu davrda köplab sanoat korxonalari, maktablar, kasalxonalar va boşqa infrastruktura obʼektlari qayta qurildi yoki yangidan barpo etildi.
Şuningdek, madaniy hayot ham jonlandi, adabiyot va sanʼatda yangi asarlar yaratildi, bu esa xalqning maʼnaviy tiklanişiga hissa qöşdi. Uruşdan keyingi yillarda Özbekistonda ijtimoiy va madaniy hayotning rivojlanişi, xususan, adabiyot va sanʼatning gullab-yaşnaşi, mamlakatning turli sohalarda erişgan yutuqlari ajdodlarimiz körsatgan qahramonliklar, ularning matonati va fidoyiliklarining ramzidir.
Tadbirda marhumlar ruhiga Qurʼon tilovat qilindi. Iştirokçilar Motamsaro ona haylaki poyiga gulçambarlar qöyib, ularning jasorati va matonati oldida taʼzim bajo keltirişdi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶