Butunjahon mehnat muhofazasi kuni munosabati bilan öquv seminari ötkazildi
Har bir fuqaroning munosib va barça xavflardan xoli bölgan şaroitlarda mehnat qilişi, öz kasbiy faoliyatini xotirjamlik hamda yuqori unumdorlik bilan amalga oşirişi nafaqat uning şaxsiy va oilaviy farovonligi, balki butun mamlakatning barqaror iqtisodiy ösişi hamda ijtimoiy taraqqiyotining asosiy garovidir. Şu sababli ham turli sohalarda mehnat qilayotgan işçi-xodimlarning mehnat muhofazasini taʼminlaş, işlab çiqariş jarayonidagi turli baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini oliş eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Dunyo miqyosida har yili 28-aprel sanasining "Butunjahon mehnat muhofazasi kuni" sifatida nişonlanişi ham bejiz emas, albatta. Bu kun dunyo böylab yirik korporatsiyalardan tortib kiçik korxonalargaça bölgan barça tuzilmalarning eʼtiborini iş joylarida soğlom va xavfsiz muhitni yaratişga, mehnat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilişga qaratiş uçun berilgan muhim imkoniyatdir.
Amudaryo tumanida ham uşbu muhim sanaga bağişlangan tadbir ötkazildi. Tuman Madaniyat bölimining majlislar zalida "Xavfsiz mehnat asoslari" mavzusida taşkil etilgan öquv seminarining kiriş qismida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi örinbosari, Qoraqalpoğiston kengaşi raisi Uluğbek Jalmenov sözga çiqib, "Mehnatni muhofaza qilişning yangi bosqiçi" mavzusida maʼruza qildi. U öz nutqida bugungi kunda mehnat qonunçiligi va xavfsizligi borasida davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda kasaba uyuşmalarining roli haqida atrofliça töxtalib ötdi.
Şundan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi inspektori Mamanbiy Seydullayev sözga çiqib, "Mehnatni muhofaza qiliş böyiça işlarni taşkil etiş" mavzusida batafsil söz yuritdi. U öz nutqida har bir korxona va taşkilotda xavfsizlik tizimini qanday qilib huquqiy va texnik jihatdan töğri, eng asosiysi, samarali yölga qöyiş, iş joylaridagi ehtimoliy xavf-xatarlarni oldindan baholaş va ularni zudlik bilan bartaraf etişning zamonaviy usullari haqida yiğilganlarga zarur maʼlumotlarni taqdim etdi.
Bundan taşqari, öquv seminari davomida taşkilotlarda bevosita mazkur yönalişga masʼul bölgan şaxslarning qonuniy maqomi, vazifalari va masʼuliyati ham keng muhokama qilindi. Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Qoraqalpoğiston kengaşi Mehnat texnik inspektori Bekpolat Utepbergenov yiğilganlar eʼtiboriga "Mehnatni muhofaza qiliş böyiça mutaxassis va vakil töğrisida tuşunçalar" mavzusida sözga çiqib, bu boradagi savollarga töliq javob berdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi inspektori Rahmon Şomuratov "Mehnat va mehnat qonunçiligiga doir masalalar" töğrisida söz yuritar ekan, xodimlar bilan iş beruvçilar örtasidagi mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan töğri va adolatli şakllantiriş, tuzilayotgan mehnat şartnomalarining bandlariga har ikki tomondan qatʼiy rioya etiş hamda iş vaqti va dam oliş vaqtlarini qonun doirasida aniq belgilaş kabi jihatlarni sodda va tuşunarli tarzda bayon etdi.
Tadbirda, şuningdek, öziga xos, murakkab va soğliq uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan şaroitlarda mehnat qilayotgan fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy qöllab-quvvatlaş masalasi ham muhokamalar markazida böldi. Özbekiston soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça texnik inspektori Polat Abdiyazov "Zararli va xavfli iş şaroitida işlovçi xodimlarga yaratilgan imtiyozlar" töğrisida maʼlumotlr berib ötdi.
Seminarning yakuniy qismi özaro erkin muloqot, qizğin fikr almaşinuv va oçiq savol-javoblar ruhida ötdi. Yiğiliş iştirokçilari, jumladan, taşkilot rahbarlari va mehnat muhofazasi vakillari özlarining kundalik iş faoliyatida, işlab çiqariş jarayonlarida bevosita duç kelayotgan turli muammoli vaziyatlar, yeçimini kutayotgan murakkab masalalar hamda özlarini qiziqtirgan barça huquqiy va texnik savollar bilan soha mutaxassislariga murojaat qildilar. Sohaning haqiqiy bilimdonlari bölgan inspektor va rahbarlar esa har bir berilgan murojaatga aniq va asosli javoblar qaytardilar.
Bu kabi maʼrifiy tadbirlar mehnat muhofazasi yönalişidagi bilim va könikmalarni yanada mustahkamlaşga, jamiyatda mehnat madaniyatini yuksaltirişga va eng asosiysi, har bir iş joyida inson hayoti hamda soğliğini işonçli asraşdek ezgu va uluğvor maqsadga xizmat qilişi şubhasizdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶