Istiqlol madhi
Elim
Köngil böstonining köşkiga çiqib,
Amu tonglarini kuylayman tölib.
Ğanim böhtonlarin xilvatga tiqib,
Istiqbol iqbolin jamlayman yelib.
Huv ana, köringan dugonalarim,
Qişloqning bağrini töldirib turar.
Amudaryo elimning durdonalarin,
Yildan-yil oşirib, döndirib borar,
Har biri elimning ziynati bölib,
Mehnatdan yaralgan halol boyligi.
Qoratov, Jumurtov xazinaga boy,
Mehnatkaş elim tur tutib biyligi.
Elimning körkini maqtab, quvonib,
Keng, tekis yöllarda yugurgim kelar.
Şodligim hovuçlab butun dunyoga
Ulaşib, dardlarin supurgim kelar.
Moviy osmonida quş bölib uçgan
Qalbim qöşiğiga quloğim tutdim.
Duk-duk, duk-duk deya, bong urib turgan
Çorlovni his etib, şu şeʼrni bitdim.
Zulfiya OLLAYoROVA.
Istiqlolim
Istiqlolim - baxtim mening,
Nurli yölim, omadim.
Neça yillik armonlarim,
Uşalgan orzularim.
Istiqlolim - huquqimsan,
Qonunlarda bitilgan.
Neça modda va bölimda,
Takror-takror yozilgan.
Erkim, şaʼnim, nomusim,
Farzandlarim baxtisan.
Ona-bola taqdirlari,
Öğil-qizim taxtisan.
Istiqlolim – erkim mening,
Humo quşi çarx urgan.
Yer yuziga tinçlik sözin,
Yoymoqqa tayyor turgan.
Zuhra AHMEDOVA,
"Jayxun ilhomlari”
NNT aʼzosi.
Vatan soğinçi
Özim senga dasta-dasta gul tutay,
Dardlaringni olib sen-çun dard çekay.
Soğinçlarda qolsam axir men netay,
Neçun bunça soğintirding, ey Vatan.
Sendan boşqa heç narsa yöq uluğroq,
Boğlaringda huşovoz quşing sayroq.
Özing uluğ, özing suyuk, azizroq,
Neçun bunça soğintirding, ey Vatan.
Bağrin oçib, qarşilagan tonglaring,
Gul uzatib, erkalagan onlaring.
Yuragimning sen deb urgan bonglarin
Neçun bunça soğintirding, ey Vatan.
Körmadingmi, erka qizing seni deb,
Har bir giyoh, tikanzoring quçganin.
Köksimdagi gullarni senga soçib
Intilaman, soğintirma, ey Vatan.
Dinora KARIMBOYeVA.
TAʼRIF BERSAM OZ...
Vatanim, gözalsan, neçoğlik bugun,
Gözalsan barçadan, barça Vatandan.
Özgaça bölmoqda har qariç yering,
Muqaddas va aziz Vatanim mening!
Hatto çöllaring ham böldi, çamanzor,
Maqtaşga arzirli daholaring bor.
Tillarda dostondir "özbek” degan nom,
Ahli olam bugun yurtimga mehmon.
Mustaqillik qilar köklarda parvoz,
Tinç-totuv köngillar mehribon, hamroz.
Istiqlol mangu böl, Vatan, omon böl,
Yurtim, senga qança taʼrif bersam oz!
Iroda
YeRDOŞEVA,
38-sonli maktab öquvçisi.
VATAN
Vatan – tomirdagi qondek muqaddas,
Onajonim kabi bağri keng, aziz.
Şu yurtga mehrimiz aslo tugamas,
Noming uluğlaydi har bir öğil-qiz.
"Heç kimga bermaymiz seni”, ey Vatan,
Yuraklar törida yaşaysan mangu.
Senga fido bölsin şirin jon-u tan.
Bayroğ-u tuğingga sodiqmiz mangu.
Çinoroy ÖRINBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶