XALQ SOĞLOM BÖLSA, VATAN OBOD VA OSOYIŞTA BÖLADI, –
deydi tuman DSENM boş şifokori Durbek Bobojonov
Tumanimiz markazida xuş-manzara va bahavo bir maskan bor. Atrofi mevazor boğlar, uzumzor-u gulzorlar bilan burkangan şinamgina bu maskanda tuman davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi (DSENM) joylaşgan. 122 nafar salomatlik va ozodalik posbonlari faoliyat olib boruvçi muassasa xodimlarining 25 nafari oliy maʼlumotli şifokorlar bölib ulardan 11 nafari oliy, 2 nafari birinçi, 2 nafari ikkinçi toifaga ega malakali mutaxassislardir. 71 nafar örta maxsus tibbiyot xodimlarining yarmidan köpi maxsus toifalarga ega bölib, ularning barçasi tumanimiz aholisi örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, sanitariya madaniyatini yuksaltiriş, yuqumli kasalliklar paydo bölişining oldini olişdek umummilliy ahamiyatga molik vazifalarni ado etişda fidoyilik körsatib kelmoqdalar.
Şuni alohida mamnuniyat bilan qayd etiş joizki, bundan 25-yil avvalgi DSENM şifokori işlagan muassasa bilan bugungi davr mutaxassisi faoliyat olib boruvçi muassasa örtasida osmon bilan yerça farq bor. Birinçidan, mustaqillik yillarida muassasa xodimlarining iş şaroitlari tubdan özgardi, kasbiy faoliyatlari bilan boğliq tibbiy uskunalar yangilandi. Xususan, sanitariya-gigiyena laboratoriyasi, oziq-ovqatlarni tekşiriş laboratoriyasi, kommunal gigiyenasi laboratoriyasi, mehnat gigiyenasi laboratoriyasi, pestitsid laboratoriyasi, bakteriologiya laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, zamonaviy asbob-anjomlar bilan jihozlandi. Bu esa aniqlangan yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşişnigina emas, balki uning oldini oliş imkonini yaratdi.
Yil sayin sanitariya va tibbiy madaniyati yuksalib borayotgan xalqimiz sanitariya qonunbuzilişlari nafaqat özi, balki oilasi, agar tadbirkor bölsa, tadbirkorlik faoliyati yoki özi mehnat qilayotgan taşkilot faoliyatiga iqtisodiy zarar keltirişini juda yaxşi bilişadi.
Keyingi yillarda DSENM sanitariya-gigiyena laboratoriyasining doimiy harakatda bölgan 4 ta asosiy laboratoriyasi - oziq-ovqatlarni tekşiriş, kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, pestitsid bölimi laboratoriyalari xodimlarining saʼy-harakatlari bilan köpdan-köp holatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilişining oldi olindi. Sanitariya talablariga javob bermaydigan holatlarda huquqiy-maʼmuriy organlar xodimlari iştirokida aybdorlar jarima jazolariga tortildi.
Köça va mahalla guzarlari, bozorlarimizning toza hamda obod bölişi – xalqimiz salomatligini mustahkamlaşning muhim asosidir. Bu borada kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi bölimlari laboratoriyalari bilan pestitsid hamda bakteriologiya laboratoriyalarida olib borilayotgan işlar muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki tuproq ekologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, korxona va taşkilotlar işçi-xizmatçilari mehnat şaroitlarining talablar darajasida bölişi - nafaqat inson soğligi, balki tom maʼnoda ona Vatan osoyiştaligi va obodligi mezonidir.
- Barça saʼy-harakatlarimiz xalqimiz soğligi, barkamol avlodni voyaga yetkaziş, mamlakatimizni yanada obod va osoyişta, farovon göşaga aylantirişga xizmat qiladi, - deydi tuman DSENM boş şifokori Durbek Bobojonov. – Buning uçun markazimizda barça şart-şaroitlar yaratilgan.

Darvoqe, tuman DSENM mustaqillik yillarida tamoman yangilangan iş şaroitiga ega muassasaga aylandi. To 2007-yilgaça muassasada atigi 2 tagina kompyuter bölgan bölsa, bugungi kunda barça laboratoriya va iş xonalari kompyuterlaştirilib, kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. DSENM ixtiyoridagi 3 ta avtomaşinaning mavjudligi markaz xodimlarining tezkor va epidemiologik xizmat hamda dizenfektsiya işlarini joylarga çiqib, öz vaqtida ötkaziş imkoniyatini bermoqda.
Atrofimizni qurşab turgan tabiiy olam gözalligi, biz nafas olayotgan havoning musaffoligi, oyoğimiz ostidagi ona zaminning obodligi, mahalla va köçalarimizning tozaligi hamda tanovul qilayotgan neʼmatlarimizning har qanday zararli moddalardan xoli, xuştaʼmligi – bizga qançalar huzur bağişlasa, hayot közimizga şunçalar gözal körinadi. Ana şu tökislikni yaratişda ozodalik va salomatlik posbonlari – tuman DSENM şifokorlarining hissasi katta. El-yurtni yanada farovon etiş, fayziyob göşaga aylantiriş, xalqimizning tibbiy madaniyati bundan-da yuksak bölişi uçun fidoyilik körsatiş – DSENM har bir xodimining burçidir. Zero, burç masʼuliyati – har bir insonni ezguliklar sari yöllab turadi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶