TADBIRKOR QIZLARNING ENG YaXŞI LOYIHALARI ANIQLANDI
Mamlakatimizda ayollar tadbirkorligi va eng avvalo, qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişlari uçun rağbatlantiriş, ularda tadbirkorlik faoliyati könikmalarini şakllantiriş hamda huquqiy bilimlarini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi hamkor taşkilotlar bilan birgalikda boşlanğiç bosqiçlarda turgan, endi iş boşlayotgan xotin-qizlarga tadbirkorlikni örgatiş maqsadida turli öquv kurslari taşkil etiş, yoş oilalarga, tadbirkor ayollarga, şu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun kollejlarning bitiruvçilariga kreditlar ajratiş, oilaviy biznes va hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş jarayonlarida yaqindan yordam körsatib kelmoqda.
Şu bilan birga kollejlarda bitiruvçi qizlarning mehnat huquqi va tadbirkorlik faoliyatini taşkil etişning huquqiy masalalari böyiça çuqur bilim va könikmalarga ega bölişlariga kömaklaşiş maqsadida öquv-seminarlari taşkil etiş orqali turli vaziyatlarda qanday qarorlar qabul qilişlari xususida yönalişlar berilmoqda.
"Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturida 2015-2016 öquv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvçi qizlari örtasida "Tadbirkor qizning eng yaxşi loyihasi – 2016” tanlovini ötkaziş va tanlov ğoliblarini munosib taqdirlaş vazifasi belgilangan.
Yaqinda tadbirkorlik sohasining "Işlab çiqariş sohasidagi eng yaxşi loyiha”, "Servis sohasidagi eng yaxşi loyiha”, "Qişloq xöjaligi sohasidagi eng yaxşi loyiha” yönalişlarini qamrab oladigan mazkur tanlovning tuman bosqiçi ötkazildi.
Manğit Iqtisodiyot kolleji binosida bölib ötgan "Tadbirkor qizning eng yaxşi loyihasi - 2016” tanlovining tuman bosqiçida tumanimizdagi kollejlar bitiruvçi qizlari öz loyihalari bilan iştirok etdilar.
"Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi hamda "Özbekiston Respublikasida 2016-yilda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyati samaradorligini yanada oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, Özbekiston savdo-sanoat palatasi, "Tadbirkor ayol” işbilarmon ayollar assotsiyatsiyasi, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Özbekiston Respublikasi kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi Rayosati, Özbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondi va Örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qöşma qarori asosida ötkazilgan mazkur körik-tanlovda iştirokçi qizlarning belgilangan uçta yönaliş böyiça tayyorlagan loyihalari mutaxassislar tomonidan sinçiklab örganib çiqilib, hakamlar hayʼatiga havola etildi.
Körik-tanlov Nizomiga muvofiq har bir yönaliş böyiça ğoliblar aniqlanib, ularga körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etişlari uçun yöllanmalar berildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶