SOFLOM OILA SOFLOM FARZANDLARNI KAMOLGA YeTKAZADI
Prezidentimiz I.A.Karimov taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan «Soğlom ona va bola» kontseptsiyasi zamirida ona va bola salomatligini asraş, kelajak avlodlarning kamolotini taʼminlaşdek ezgu maqsad mujassam.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2008-yil 18-iyun kungi «Bolalikdan nogironlar tuğilişining oldini oliş uçun tuğma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlaş davlat dasturi töğrisida»gi Qarori asosida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, soğlom avlod tuğilişi va tarbiyalanişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, homilador ayollar va çaqaloqlar patologiyasini barvaqt aniqlaş borasida keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Homilador ayollarni tibbiy körikdan ötkaziş orqali irsiy kasalliklarni mumkin qadar erta aniqlovçi skrining markazlari taşkil etildi.
Natijada onalar va bolalar ölimi keskin kamaydi. Aholiga birlamçi tibbiy-profilaktika, şoşilinç va ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişning zamonaviy tizimi şakllantirilib, fertil yoşdagi ayollarni mukammal tibbiy körikdan ötkaziş yölga qöyildi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2009-yil 13 apreldagi «Ona va bola salomatligini muhofaza qiliş, soğlom avlodni şakllantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi, 2009-yil 1 iyuldagi «2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, soğlom bola tuğilişi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkaziş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida»gi qarorlari bu yönalişdagi işlarni yanada yuqori bosqiçga olib çiqişda muhim asos bölmoqda.
Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida barça joylarda tibbiyot muassasalari, taʼlim maskanlari, mahallalar bilan birgalikda turli tarğibot işlari olib borilmoqda.
Jumladan, bölajak kelin-kuyovlarga nikohgaça tibbiy körikdan ötişning zarurati, erta turmuş quriş va qarindoşlar örtasida nikohning salbiy oqibatlari, oila salomatligi borasida atrofliça maʼlumot berilmoqda. Bu kabi tadbirlar yoşlarimizning tibbiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirişda katta ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini qaror topdirişda asosiy omil bölmoqda.
2013 yil 30-aprelda imzolangan «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi»gi Qonun oila institutini mustahkamlaşga qaratilgan bölib, unga muvofiq nikoh yoşiga amal qilmaslikka qarşi çora-tadbirlar kuçaytirildi. Çunki soğlom farzand faqatgina soğlom ota-onadan tuğiladi.
Şunday ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etiş, fuqarolik jamiyatini yuksaltiriş, yoş avlodni soğlom va barkamol etib tarbiyalaş barçamizning eng oliy maqsadimizdir.
Ilhom NURULLAYeV,2-sonli tuman Davlat notarial idorasi notariusi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶