TÖYLARIMIZ IXÇAMLAŞDI, AMMO MUAMMOLARIMIZ KÖP
Xonadonlarimizga töyga aytilsa, quvonib ketamiz. Könglimiz yorişadi. Iç-içimizdan: «Ilohim, töylar köp bölsin», - deya tilak tilaymiz. Çunki özbekning töylari xuddi tantanali bayramday ötadi. Uzoq vaqt bir-birlari bilan körişolmay yurgan qavm-qarindoşlar, döst-u qadrdonlar töy bahona diydorlaşadilar, bir-birlarining quvonçiga şerik bölişib, muborakbod etişadi.
Bizning «Xizr eli» ovulimizda kelin va sunnat töylari, oilaviy marosimlar, tuğilgan kun va şunga öxşaş tadbirlar mahalla faollaridan iborat töy ötkaziş böyiça maxsus komissiyaning taklif va tavsiyalari asosida ötkaziladi. Iloji boriça töylarimizni tartib-intizomli, ixçam va madaniyatli, isrofgarçiliklarsiz ötkazişga harakat qilamiz. Ayniqsa, kelin töylarini ötkaziş bilan boğliq muammolar asta-sekin öz yeçimini topmoqda. Yaʼni, mahallamizda "palatka” qurib qiz yiğin ötkaziş, ertasiga qiz uzatiş töyi qiliş bir munça ixçamlaştirildi. Qiz yiğin töyxonada yoki uy içkarisida ötkaziladigan, bu marosimda faqat taklif qilinganlar iştirok etadigan bölişdi. Ertasiga qizning ota-onasinikida dasturxon yozib, odam yiğilmay, bir-ikki qarindoş va qizning dugonalari kelinni kuyovnikiga uzatib ketişadi. Avvalgiday bugun qiz yiğin, ertaga töy, deb sarf-xarajatlar qilişga barham berildi. Kuyov tomonida ötkaziladigan töy ham ança ixçamlaştirildi. Keç-qurungi nikoh töyi bazmi 2,5-3 soatdan oşmaydigan böldi. Yaʼni keçqurun soat 18 dan 21 gaça qilib belgilandi.
Xalqimizda: «Sinalmagan otning sirtidan ötma» degan ibratli maqol bor. Telefon vositasida tanişib, turmuş qurgan yoşlar salgina vaqtdan söng ajraşib ketayotganlari qança? Mahallamizda bunday noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida ikki yoş yaşaydigan ovul va mahallalarning katxudolari bilan gaplaşişga, muammoni ijobiy hal etişga jiddiy eʼtibor berilyapti. Baʼzan qiz yoki yigit yaşaydigan mahalla, hatto qöşni tumanlarga çiqib, masalaga oydinlik kiritişimizga töğri keladi. Şunday vaziyatlarda kuyov bölmiş avval ham uylangan, baʼzan esa oilasidan ajraşmay turib, yoş qizlarning boşini aylantirib yurgan böladi. Yoşlarimizning hayotga, muqaddas oila qurişga loqayd va yengil qaraşi natijasida jamiyatda notinç oilalar safi oşib boraveradi.
Bizning «Xizr eli» MFYda esa oila qurayotgan yoşlar bilan alohida suhbatlar ötkazilib, ularning oilaviy hayotga neçoğlik tayyor yoki tayyor emasligiga jiddiy eʼtibor beriladi. Şu sababli mahallamizda ajrimlar, oilalarda notinçliklar yöq.
Lekin guruç kurmaksiz bölmagani kabi kelin köylak, töy sayridagi maşinalar borasida ança tortişuvlar bölib turadi. Kelin bölmiş qizlarimiz yelkalari oçiq köylaklarni 2-3 soat kiyiş uçun oilasining bir oylik rizqini gözallik salonlariga olib borib berişadi. Özi tuşayotgan xonadonga bu qançalik jabr bölişini öylab ham ötirişmaydi. Kuyov yigitlarimiz esa bölgusi umr yöldoşlarining yarim oçiq badanlarini özga nigohlardan qizğanişni ham bilişmaydi. Yoki yigitlarimiz şunçalik oriyatsizmi, deb öylanib qoladi odam.
Xalqimizda: «yozgan dasturxoning qiyofangni, maʼrakang - el-yurtga munosabatingni belgilaydi», - degan hikmat bor. Çiroyli va kamtarona yasatilgan dasturxon atrofida mehmonlar bemalol, qisinib-qimtinmay ötirişadi, huzur qilib yeb-içişadi. Haddan taşqari başang dasturxon ham, haşamatli maʼraka ham mehmonlarda noqulaylik tuğdiradi. Buni köp bora kuzatganmiz. Kam xarajatli oilalarning sohiblari özlarini ğarib his etişadi, dillari oğriydi. Şu bois, mahallamizda ötkazilayotgan töylarda ortiqça tökin-soçinlikka barham berildi. Boylikni töyda köz-közlab, kam-xarjroq qöni-qöşni va ovuldoşni noqulay ahvolga solib, danğillama töy qiliş şartmi?
Muqaddas hadislarida: «Allohning barça bandalari tengdir, biri-biridan ziyoda emasdir. Agar kimdaki bitta non ortiq bölsa, uni umumga maqtanmasin, balki özgalar bilan baham körsin. Şu ortiqça nonni yaratgan Egam sizga sinov uçun bergandir», - deyiladi.
Demak, xalq bilan hamjihat, ahil-inoq bölib yaşaş, dabdaba-yu haşamdan özini tiyiş ham saodat, ham Alloh yölida ibratdir.
Ilohim, xalqimizda töylar, yaxşi kunlar köp bölsin, mehr-oqibat va hamjihatlikdan ayirmasin. Oilalarimiz tinç, xonadonlarimiz fayzli bölsin.
Eldoşboy JUMAMURODOV,
«Xizr eli» mahalla fuqarolar yiğini raisi.
(Foto - http://kelin-kuyov.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶