Jayxun ilhomlari
Haqning kömagisiz orzular bekor,
Könglingda har neça xayol bölmasin.
Axir "nasib etsin” degan gaplar bor,
Taoming qançalar halol bölmasin.
Inson – uluğ, bölsa ilm-u aʼmoli,
Yaramas işlardan bölar u xoli.
Yöldan ozdirolmas dunyoning moli,
Garçi köpga oddiy bir hol bölmasin.
Qudrating mislsiz yuksak bölsa ham,
Sönggi kas emassan, öylab bos qadam.
Farzandlar borligin unutma har dam,
Ular kelajagi uvol bölmasin.
Har kimning köngliga özi tarozi,
Şunga yaraşadir rizqning köp-ozi.
Xizmat-la qilolgin elingni rozi,
Bad duodan qadding-da dol bölmasin.
Turfa taqdirlarga töla bu olam –
Kördingki, bir ğarib turar boşi xam.
Tayyor böl berişga doimo yordam,
Könglingga qançalar malol bölmasin.
Garçi talab qilar çidam va sabot,
El içra ololgin doim yaxşi ot.
Zero, yomonlikni qilişga isbot,
Anjumanda noming misol bölmasin.
Şoirlik kasb emas - bu asli taqdir,
Qalbingning qaʼridan söz ötar bir-bir.
Muxlis qalbiga yöl topmasang, axir,
Şeʼring-puç, har sözing gar bol bölmasin.
Ilm rivojida qadamlar ildam,
Bugun bilganingga qanoatdir kam.
Ilğorlar safida yurolgin sen ham,
Zamon ötib, armonli hol bölmasin.
Desang, agar menga insoniylik xos,
Ahmad, kerak senga ilmdan libos.
Bu hikmat donişmand zotlardan meros,
Amal qil, umringda zavol bölmasin.
Ahmad NAFASOV.
Ayollar
Bu dunyoda bor ekan,
Ayol degan uluğ zot.
Turmuşimiz farovon,
Lazzatli, demak hayot.
Ona mehri bölakça,
Mehr yöq, undan ortiq.
Örnin bosa olmaydi,
Neki qilsa-da tortiq.
Hatto yozga aylanar,
Qişning sovuq pallasi.
Aytilganda bir lahza,
Şirin ona allasi.
Tunlari beşik uzra,
Farzandim, deb kuyadi.
Bari bir bola şirin,
Ming örgilib, suyadi.
Kulganimizni körsa,
Doim quvonç yuzida.
Yiğlaganda onaning
Yoş aylanar közida.
Kam bölmaymiz bir umr,
Duo olib yaşasak.
Qarzimizni onadan
Qaniydi uza olsak.
Fikrimni çulğab olar
Ğala-ğovur hayollar
Bir umrga soğ böling,
Siz möʼtabar onalar!
Şomurod XÖJANOV.
TENGDOŞIM
Öğil-qizing aytganingni qilmasa,
Xizmatlaring unutsa-yu, bilmasa.
Koyişingdan qörqib, nari jilmasa,
Bundan battar xörlik yöqdir, tengdoşim.
Kampiring ham koyisa-yu tergasa,
Ayb-nuqsoning qator qilib tirkasa,
Obröng toptab, qora qurum surkasa,
Kul tagida yotgan çöğdir, tengdoşim.
Uzatganda kalta bölsa qöllaring,
Yursang hamki unmay tursa yöllaring.
Xarjing uçun yetmay qolsa pullaring,
Yuragingga tekkan öqdir, tengdoşim.
Böş yurganda topilmasa ermaging,
Qiyin keçar rizq-u rözing termaging.
Muşkul erur puldan yordam bermaging,
Gap mağzini anglab, uqdir, tengdoşim.
Sal işlasang, "oh-voh” qilib qolsang-yey,
Çarçaş nima, ança holdan tolsang-yey,
Yon-veringdan şu on daşnom olsang-yey,
Çaqirtirgin darrov döxtir, tengdoşim.
Sakson-töqson yoşga yetsang agarda,
Köpayadi taʼna, piçing-u zarda.
Ketgan bilan uçraşmoqqa mahşarda,
Navbat yetdi – tobut söqtir, tengdoşim.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
BAHOR
Boğlarning çiroyi tortar qöyniga,
Kurtak, gul oçarlar uyğoq daraxtlar.
Men qalbim navosin bitmasman nega,
Borliqni töldirgaç saodat, baxtlar.
Turfa giyohlar-da oçibdi körkin,
Tarovatli yellar hamdamligida
Bunda rohat kördim, halovat kördim,
Çopqillab yugurgim kelyapti juda.
Közni quvnatmasmi, toşqin soy – yoplar
Közga nur yetkazur, köllarga-qanot.
Bölsa, yuraklarda şaxdu şitoblar,
Boğ içra makon ham bölgusi obod!
Boğlarning çiroyi tortar qöyniga,
Maftunkor bahordan saxovat-bugun.
Qaragin, kökdagi quşlar öyniga
Kutgan emasmidik oylab kun-u tun.
Jumaboy HIDOYaTOV,
"Jayhun ilhomlari” NNT aʼzosi.
Baxtga yetdik biz
Istiqlol, sen bizga nur ila kelding,
Xalqimga, yurtimga şon ila kelding.
Dillarga hurlikning nurlarin soçib,
Tugallanmas rizq-u non ila kelding.
"Şeriklik oşini it ham içmaydi”, -
degan dono xalqim maqollari bor.
Endi mustaqillik mağlub bölmaydi,
Har qadamda ozodlik nihollari bor.
Moziylarga nigoh taşlasak agar,
Neça xunrezliklar turar bezrayib.
Erk, deya kuraşib jonin tikkanlar,
Ustidan kulişar yuzsiz xömrayib.
Ozodlik yölida şamday sönganlar,
Armoni uşalib, Erkka yetdik biz.
Bizning baxtimizga egov bölganlar,
Dillariga tikon bölib botdik biz.
Havasda boqadi bizlarga jahon,
Ravnaq topayotir hur Özbekiston!
Muhabbat, "Dörman” ovuli.
Jajji nabiram
Oilamga quvonç, şodlik ulaşib,
Şu jajji nabiram dunyoga keldi.
Qalbimda porlatib mehr quyoşin,
Uyimiz şodlikka limmo-lim töldi.
Soğlom ona, soğlom bola yilida,
Gard qönmasin senga, Şodiya qizim.
Beğubor qizaloq bölib ösgaysan,
Qança taʼriflasam, ojizdir sözim.
Sening bolaliging, sening yoşliging,
Quvonçlarga doim töla bölsin, deb.
Buving tilar senga doimo soğlik,
Bolaliging eng beğubor bölsin, deb.
Tinç osmonga körk berganday kamalak,
Soçlaringga taqib qöyay jamalak.
Hayotimga zavq baxş etib ösaver,
Şodiyaxon, sen – malika, sen – malak.
Inobat OTAJONOVA, NNT aʼzosi.
Döst
Döst tanlaşda adaşma,
Bu işda aslo şoşma.
Köp narsa ötar, qolar,
Döst esa abadiy bölar.
Döst bölar tan-u joning,
Yomon kunda qöllaşgan.
Hamroh bölib hayotda,
Senga quvonç ulaşgan.
Nasibaxon YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶