BUGUNNING NAFASI
Bu yil tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarini 3178 nafar oʻgʻil-qiz bitirishadi. Ayni kunlarda barcha maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglamoqda. Bitiruvchilarni oʻzlari tanlagan mutaxassisliklar boʻyicha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga oʻqishga jalb qilish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda.
Xolimbeglik paxtakorlar gʻoʻza parvarishi ishlarini sifatli amalga oshirmoqdalar. Ayni kunlarda yagana qilingan va oziqlantirilgan gʻoʻzalarga defoliatsiya orqali suspenziya sepish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda.
Qipchoq ovulida loyiha qiymati 2,461 mlrd. soʻm boʻlgan, 150 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan 21-sonli musiqa maktabi binosi qurilishi Sh.Oʻrozboyev rahbarligidagi "Amudaryo maxsus qurilish" MChJ quruvchilari tomonidan qizgʻin davom ettirilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶