QÖŞIQLARI ELGA MANZUR
Şunday qöşiqlar borki, qança tinglasak ham töymaymiz, har bir jumla sözi, ohangi yuragimizning tub-tubiga yetib boradi, bu dolğali dunyoda qadrini goh anglab, goh anglamay yaşayotganimiz – möʼtabar va mukarram zot – onamiz siymosini köz öngimizda gavdalantiradi, uning poyi – qadamiga jonimizni nisor etsakda kam ekanligiga iqror etadi, jismimizda jöş urib oqayotgan qon göyo öşa hayotbaxş ohanglarga qorişib ketganday vujudimiz tozaradi, hayotga teranroq nigoh bilan boqamiz.
Bu qöşiqlar barçamizga yoruğ dunyoda yaşaş baxtini inʼom etgan aziz va buyuk zot – onajonlarimiz haqidagi qöşiqlardir. Ular aslida könglimizda şunday tuyğularni junbuşga keltira olgani bilan ham qadrlidir.
Ona! Unga aşʼor bitmagan şoir, köngillarni sel qilib, eng nozik pardalarda kuylaşni istamagan hofiz bormikan, dunyoda?
Sizga qöşiq aytaman,
Dil madorim onajon...
Yaqindagina tumanimiz ahli Amudaryo televideniyesi orqali tomoşa qilgan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlanib tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan maxsus kontsert dasturida taniqli xonanda Anvar Xudoyberganov ijro etgan "Dil madorim onajon” qöşiği heç bir tinglovçini befarq qoldirmadi, deb öylaymiz.
Sözlari sodda, samimiy, balandparvoz taşbehlarsiz, köngilga yaqin ruhda yozilgan şeʼrga mos musiqa bastalab, yuksak mahorat bilan ijro etgan mazkur qöşiği uçun Anvar Xudoyberganov joriy yilning boşida "Otam – suyangan toğim, onam – mehr buloği...” körik-tanlovida tuman bosqiçi ğolibi, 25-fevralda bölib ötgan Qoraqalpoğiston respublikasi bosqiçida esa faxrli uçinçi örin sohibi bölgan edi.
Bolaligidan sanʼatga qiziqib, yoqimli ovozi bilan elimizga manzur bölgan köplab qöşiqlarni ijro etiş bilan birga, "Uçqun” aşula va raqs xalq dastasiga badiiy rahbarlik, puflab çalinadigan çolğu orkestri rahbarligi mutaxassisligi böyiça 30-yilga yaqin vaqt mobaynida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida bolalarga saboq beriş jarayonida va özining ijro mahorati uçun ham uning erişgan yutuqlari, ğolib bölgan nufuzli körik-tanlovlari köp. Biroq "Otam – suyangan toğim, onam – mehr buloği...” körik-tanlovidagi muvaffaqiyati hofiz uçun eng ulkan martaba böldi. Boisi, Xudoybergan Jumamurodov şeʼriga özi kuy bastalagan, tuğişgan akasi Şomurod aka yöl-yöriqlari bilan musiqasi sayqallanib, maromiga yetkazilgan mazkur qöşiqni Anvar Xudoyberganov onasining vafotidan sal oldin, eng avval unga aytib bergan, volidasini quvontirgan, duosini olgan edi. Asli barçasi sanʼat yölini tutgan öğillar, nevaralar yangi ijod mahsulini eng avval sanʼatni jondan sevuvçi, zurriyodlarining sanʼatdagi har bir yutuqlaridan, yangi qöşiğidan köngli osmon qadar yuksaladigan, ularni ham ota, ham ona bölib kamolga yetkazgan bağrikeng ayol – Maryam momoga taqdim etişar, maslahatlarini olib, kamçiliklarini tuzatişar, onaxonning duosini olib, keyin sahnaga çiqişardi. Çunki sanʼat sohasida bilimli bölmasa-da, Murod baxşi nomi bilan taniqli bölgan baxşining qizi Maryam momo kuy-qöşiqlarni baholaşda juda didli edi.
- Bizni asli sanʼatga qiziqtirib, rağbatlantirib, şu kunlarga yetkazgan ham onam edilar. Hozir Navröz – umumxalq bayramiga tayyorgarlik qizğin ketayapti. Tuman miqyosida ötkaziladigan teatrlaştirilgan bayram tomoşasi badiiy rahbari sifatida zimmamdagi masʼuliyat juda salmoqli. Biroq onamning duolari menga doim kuç berib turadi, - deydi taniqli xonanda Anvar Xudoyberganov.
Biz ham undan xalqimizga manzur böladigan köplab qöşiqlar kutib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.
Suratda: Anvar Xudoyberganov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶