QISQA SATRLARDA
Taʼlim muassasalari rahbarlarining navbatdan taşqari yiğilişi
25-fevral kuni tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimiga qaraşli taʼlim muassasalari rahbarlarining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda tuman hokimligi, hokimlik huzuridagi voyaga yetmaganlar komissiyasi va tuman prokuraturasi xodimlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari, maktabgaça va maktabdan taşqari taʼlim muassasalari rahbarlari qatnaşdilar.
Yiğiliş kun tartibida taʼlim muassasalarida korruptsiya holatlarining oldini oliş, voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarlik holatlari kelib çiqiş sabablari va ularning oldini oliş masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman prokuraturasi tergovçisi Hamza Quryazov sözga çiqdi va yoş avlodni tarbiyalaş jarayonida Özbekiston Respublikasining taʼlimga oid qonunlari ijrosi sözsiz bajarilişini taʼminlaş zarurligi, bu borada maktabgaça taʼlim muassasalarirahbarlari va pedagogik jamoaning zimmasida katta javobgarçilik turganligi haqida alohida töxtalib ötdi.
Yiğilişda körilgan masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilinib, amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tejamkor texnologiyalar – amaliyotga
26-fevral kuni Qipçoq ovulidagi "Tursunboyeva Umida” fermer xöjaligida suv resurslaridan oqilona foydalaniş va qişloq xöjaligi ekinlarini egiluvçan quvurlar yordamida suğoriş texnologiyasini joriy qiliş böyiça körgazmali seminar ötkazildi.
Maʼlumki, global iqlim özgarişlari tufayli suv taqçilligi şaroitida qişloq xöjaligi ekinlaridan yuqori hosil oliş va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaş uçun mavjud suv resurslaridan samarali foydalaniş va suğorişning tejamkor texnologiyalarini keng joriy qiliş muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning 2013-yil 19-apreldagi "2013-2017-yillar davrida suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxşilaş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bölmoqda.
Seminarda yer maydonlarini egiluvçan quvurlar yordamida suğorişning afzalliklari, bu borada eʼtibor berilişi lozim bölgan muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi. Uşbu masala böyiça fermerlar özlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan tegişli javoblar oldilar.
Umumtaʼlim maktablari xodimlari uçun seminar
26-fevral kuni tuman hokimligi va xotin qizlar qömitasi tomonidan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari xodimlari uçun seminar taşkil qilindi.
Umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça örinbosarlari, maktab ruhşunoslari, maktablardagi xotin-qizlar va yoşlar taşkilotlarining boşlanğiç böğinlari rahbarlari iştirok etgan seminar kun tartibida öquvçi qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, ularni har tomonlama rivojlangan avlodni dunyoga keltiriş va tarbiyalaşga masʼul şaxslar qilib voyaga yetkaziş, yoşlar, ayniqsa qizlar orasida erta turmuş quriş va öz joniga qasd qiliş kabi illatlarning oldini oliş masalalarida maʼruzalar tinglandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶