14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:06
Qishloq xoʻjaligi 👁 304

Tomorqadan samarali foydalanish – kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash omili

Tomorqadan samarali foydalanish – kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash omili

Tomorqa – har bir xonadon uchun baraka manbai. Ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining daromadini oshirish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda tomorqachilik muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tomorqa va ijara yerlardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, tomorqa egalarini imtiyozli kreditlar, urugʻlik va koʻchatlar, agrotexnik xizmatlar hamda zaruriy vositalar bilan taʼminlash borasida qator yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Aholining turmush darajasini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida qaralib, bu borada tomorqachilikni rivojlantirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumanidagi mahallalarda davlatimiz rahbari tomonidan joriy qilingan yangi tizim asosida tomorqa va aholi tomonidan ijaraga olingan yerlardan samarali foydalanish, shu orqali oilalar daromadlarini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Toʻlqin ovulidagi namunali tomorqachi Azimjon Muxtorov tomorqasida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Nurullan Yerlepesov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Quanishbay Azerbayev, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda 49 ta “Mahalla yettiliklari” masʼullari ishtirok etdilar.

Seminarda soʻzga chiqqan masʼullar har bir mahallani kambagʻallikdan holi hududga aylantirish, bandlikni taʼminlashda tomorqalardan samarali foydalanishini tashkil etish eng asosiy omil ekanligini, bunda mahallalar masʼullari oʻzaro hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishlari, har bir hududda namunali tomorqachilar bilan tajriba almashish maqsadida seminarlar tashkil etish, hududlarga namunali tomorqachilarni biriktirish lozimligi xususida soʻz yuritdilar.

Taʼkidlash joizki, tomorqadan unumli foydalanish, eng avvalo, ishni toʻgʻri rejalashtirishdan boshlanadi. Yerni maqsadli tarzda ishlatish, zamonaviy sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish, ekin turlarini ilmiy asosda tanlash orqali ham ozgina yerda ham katta hosil olish mumkin. Masalan, sabzavot, meva-cheva, poliz mahsulotlari yoki dorivor oʻsimliklarni ekish orqali yil davomida bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar yetishtiriladi. Bu esa, bir tomondan, oila daromadini oshirsa, ikkinchi tomondan, ichki bozorda narx-navo barqarorligiga xizmat qiladi. Tomorqadan unumli foydalanish orqali har bir xonadon oʻz tomorqasida doimiy yoki mavsumiy ish joyi yaratishi mumkin. Ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun tomorqachilik orqali oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish imkoniyati ochiladi.

Toʻlqinlik ilgʻor tomorqachi Azimjon Muxtarov mavjud yer imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, tomorqasida karam, 7 sotix issiqxonasida pomidor va bodring, bulgʻor qalampiri kabi sabzavot mahsulotlari va turli koʻchatlarini yetishtirib, 2 marotaba yaxshi hosil va yuqori daromad olib kelmoqda.

Seminar ishtirokchilari tomorqada tashkil etilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar hamda oʻzaro bilim va tajriba almashdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019