IŞLARIMIZ KÖLAMI KENG
Bizning "Toşyop” OFY "Obod turmuş yili”da, aniqroği, 2013-yil 7-yanvarda taşkil topgan yangi özini-özi boşqariş organidir. Bu yangi elatimizda "Birlaşgan”, "Taqirqalʼa” va "Ozodlik” aholi punktlari mavjud bölib, bu maskanlarda jami 682 oila istiqomat qilmoqda. Bu oilalarda esa 3225 nafar aholi bugungi farovon va obod, saodatli hayot gaştini surmoqdalar. Har bir oilaning tomorqa yerlari mavjud bölib, tomorqa yerlardan unumli foydalanişga harakat qilmoqdalar. Negaki, tomorqa yerlar qişloq aholisining tirikçilik manbai bölib, u yerda yetiştirilayotgan ğalla, sabzavot va poliz ekinlaridan yuqori hosil olinib, xonadon talab-ehtiyojlaridan taşqari içki bozorimizni arzon va tökin-soçin qilişga xizmat qilmoqda. Tomorqa yerlardan unumli foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlarini köpaytirişga munosib hissa qöşayotgan tadbirkor dehqonlarimizdan Karimboy Boboniyozov, Saʼdulla Otamurodov, Bekimbat Ollaberganov, Oygul Avazboyeva, Bektursun Örozboyev, Oqmon Şomurodov, Qulmambat Eşçonov, Bozorboy Xolmanov, Karimboy Rajabov va Jumaboy Ollaberganovlar ertagi sabzavot mahsulotlarini va ertagi kartoşka yetiştirişda boşqalarga namuna bölmoqdalar.
Boğ – elning tökin-soçinlik ramzi, körki va savlati hamda sölim göşasidir. Ovulimiz odamlari boğdorçilikka juda qiziqadilar. Har bir uy, har bir xonadon hovlisida albatta mevali daraxtlar östiriladi. Bundan taşqari, 30 gektarolma boğ, 10 gektaruzumzorlardan har yili möl va şirin-şakar meva yetiştirilib, el dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Şuningdek, tadbirkor fermerlardan Ozod Qurbonboyev 5 gektar va Roza Karimova 2 gektar yangi olma boğ taşkil etganlar. Bu boğlar ham endilikda möl hosil bera boşladi.
Har yilgi anʼanaga köra erta bahordan boşlab elimizni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari qizib ketadi va bu xayrli iş umumxalq işiga aylanadi. Bu xayrli işda har bir kişi, har bir xonadon, har bir köça ahli faol qatnaşib yurtimizning obod, yanada körkam bölişi uçun jon kuydirmoqda.
Yurtimizning obodligi va farovonligidan darak beruvçi yana bir timsol – bu namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilişidir. Bunga amaliy namuna sifatida "Taqirqalʼa” aholi punktidagi 100 ta namunaviy loyihadagi zamonaviy uy-joylarni körsatişimiz mumkin. Bu yangi uy-joylarda barça qulaylik va şart-şaroitlar yaratilgan hamda yangi şaharça tusini olgan. Bu yil bu yerda yana 10 ta yangi uy-joylar qurilmoqda. Bu yangi uy-joylar Mustaqilligimizning 22 yilligi şarafiga bitkazilib, uluğ bayramga sovğa qilinadi.
Xalq farovonligi va el obodligi yölidagi kölamdor ezgu işlarimizni qizğin davom ettirib, istiqlol bayramimizni munosib kutib olamiz.
Ahmadjon ÖROZBOYeV,
"Toşyop” O.F.Y raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶