21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:30
Madaniyat 👁 5,546

SANʼATGA VA SPORTGA OShUFTA KOʻNGILLAR

SANʼATGA  VA  SPORTGA  OShUFTA  KOʻNGILLAR

Mustaqillik – xalqimiz hayotini tubdan oʻzgartirib yuborgani bilangina emas, balki har bir inson qalbida oʻz tugʻilgan yeriga cheksiz mehr-muhabbat, ona yurt va mamlakatimizda yashayotgan barcha millatlar kelajagiga yuksak ishonch tuygʻusini uygʻotgani bilan ham qadrlidir. Chunki, mustaqillik – xalqimizga oʻzligini, erkini qaytarib berdi, inson qadr-qimmati eng oliy qadriyat ekanligini anglatdi. Inon-ixtiyori, erki oʻzida boʻlgan xalq nelarga qodir boʻlmaydi, deysiz? Mamlakat hayotining barcha jabhalaridagi yuksak taraqqiyot, jahoniy oʻzgarishlarga butun dunyo ahli havasda!

Bugun istiqlol bergan imkoniyatlardan foydalangan holda qator yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi faoliyati haqida hikoya qilishni lozim topdik.

 

XALQQA MANZUR TADBIRLAR

Yurtimizda bayramlar koʻp. Bayramlarga monand tadbirlar ham. Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimining yillik ish rejasi, albatta, ana shu bayram tadbirlarini hisobga olgan holda tuziladi. Rejalar puxta boʻlsa, maqsadlar aniq boʻladi. Amaliy ijrosi esa albatta, xalqqa manzur boʻlmogʻi kerak.

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir yilga oʻziga xos, betakror nomlarning berilishi madaniyat va sport sohasi xodimlari zimmasidagi masʼuliyatni yanada oshiradi. Bu qanday masʼuliyatki, boshqa sohalarga nisbatan aynan madaniyat va sport ishlari tizimi mutaxassislari yanada faollashib ketadilar? Sababi, xalqning qalbida ezgu orzular uygʻotishga qodir, xalqqa manzur dasturlar tuzish talab etiladi soha xodimlaridan.

- Shuning uchun yil boshidanoq biz oʻz rejamizni puxta tuzishga, xalqqa manzur dasturlarimiz bilan xalq orasida boʻlishga harakat qilamiz, - deydi tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov.

Xalq orasida boʻlish, xalqqa manzur xizmatlar qilish – bu insondan bilim va iqtidor talab etadigan fazilat. Bunday fazilat tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimining har bir xodimi uchun begona emas. Faqat markaziy madaniyat va aholi dam olish maskanining oʻzida tashkil etilgan 14 ta toʻgarak har kuni oʻquvchi-yoshlar va qiziquvchilar bilan gavjum boʻlishining oʻzidan bu yerda sanʼatga, sportga oshno, iqtidorli yoshlar kamol topayotganini ilgʻash qiyin emas.

"Mardlar qoʻriqlaydi ona Vatanni!”, "Vatan ulugʻ – burchim muqaddas”, Navoiy va Bobur tavallud kunlari munosabati bilan "Gʻazal mulkining sultoni”, "Shoh va shoir Bobur bobomiz”,  "Otam - suyangan togʻim, onam – mehr bulogʻim”, "Mardlarni el eʼzozlaydi”, "Guldan ham goʻzaldir ayol qalbi”, "Assalom, Navroʻz”, "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, "Donolik va tashabbuskorlik siyosiy yetakchilik mezoni”, "Hamshira - 2015”, "Hormang, aziz paxtakorlar”... Boʻlim tomonidan yil davomida amalga oshirilgan shu kabi tadbirlar, koʻrik-tanlovlar roʻyxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. Lekin gap bu tadbirlar roʻyxatida emas, balki ana shu oʻtkazilgan rejaviy tadbirlarning xalqqa qanchalik manzur boʻlganida, koʻrik-tanlovlarning ijobiy natijalarida!

Xalqqa manzur tadbirlardan eng muhimi bu – yoshlar tarbiyasi bilan bogʻliq adabiy-musiqiy  festivallar, harbiy vatanparvarlik, jamiyatda  qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi "Vatan ulugʻ – burchim muqaddas” shiori  ostidagi Vatan himoyachilari bilan uchrashuv kechalari, "Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi, "Yurt kelajagi yoshlar qoʻlida” festivali, "Otashnafas qoʻshiqlar”, "Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi koʻrik-tanlovlar boʻlsa ne ajab! Chunki, faqat ana shu tadbirlarning oʻzida minglab amudaryolik yoshlar ishtirok etishdi. Oʻz qoʻshiqlari bilan xalq qalbidan joy olgan Murod Ibragimov Komiljon Otaniyozov xotirasiga bagʻishlangan "Otashnafas qoʻshiqlar” koʻrik-tanlovida Qoraqalpogʻiston miqyosida 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, "Sanʼat maktabi” deb nomlangan koʻrik-tanlovning respublika bosqichida Renat Saparboyev, Sarvar Xudoyberganov, Komiljon Boltaboyevlar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Xalqimiz sanʼatsevar. Yaxshi kuyni, qoʻshiqni tanlab biladi. Koʻngliga manzur kelmagan kuy-qoʻshiqqa quloq solmaydi xalq. Shu bois, fidoyi sanʼatkorlar - Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Nazir qori Rahimovning sodiq shogirdlari – ustoz sanʼatkor kuylagan mashhur "Kiyik qissasi” doston-ashulasi ustida ishlab, maromiga yetkazib ijro etgan va doston-ashulaga qayta hayot bagʻishlab, yana xalqqa qaytargan xushovoz xonanda Bahodir Rajabov, el dilidan joy olgan sanʼatkorlar Anvarjon Xudoyberganov, Murodjon Ibragimov, Nazir qori Rahimovning  nevarasi Ikromjon Siytimov, Shahnoza Matsafoyevalarning har bir chiqishidan, ijro mahoratlaridan tumanimiz xalqi mamnun.

Madaniy-maʼrifiy tadbirlarga aholining uyushmagan qatlamini jalb etish, ayniqsa, yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, millatlararo totuvlik tuygʻularini shakllantirish, ularni mehnatkash, tadbirkor, bilimdon va har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash madaniyat va sport ishlari boʻlimi faoliyatining asosini tashkil etadi. Shu bois, boʻlim tasarrufidagi "Choykoʻl”, "Uyshin”, Qilichboy madaniyat va aholi dam olish maskanlarida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda yuzlab qishloq  yoshlari ishtirok etishmoqda. Ularning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun bu maskanlarda turli xil toʻgaraklar ishi yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, qoʻshnay, raqs gimnastika, tikuvchilik toʻgaraklarining har biriga 20-21 nafar ovul yoshlari jalb qilingan.

Madaniyat va aholi dam olish maskanlarida tashkil etilgan toʻgaraklar aʼzolari tomonidan tayyorlangan milliy urf-odatlar, maʼnaviy qadriyatlar asosidagi tadbirlarni xalqimiz katta qiziqish va eʼtibor bilan qarshi olib, hatto bu tadbirlarda oʻzlari ham jon-jon deb ishtirok etishmoqda.

- "Uchqun” ashula va raqs  xalq ansambli, "Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli, ovullardagi madaniyat va aholi dam olish maskanlarining yosh, iqtidorli sanʼatkorlari tomonidan gʻoʻza parvarishi va paxta yigʻim-terimi mavsumi davrida 55 kunlik reja  asosidagi kontsert dasturlari namoyish etildi, - deydi Shuhrat Yusupov 2015-yilda amalga oshirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida soʻz yuritarkan. – Sanʼatkorlarimiz, toʻgʻrisi, 55 kunlik reja, deb shu muddat tugaganidan soʻng ham qarab oʻtirishmadilar. Ular rejadan tashqari ham mavsum davomida qishloq mehnatkashlari huzurida kontsert dasturlarini namoyish etdilar.

Chunki, sanʼat – xalqniki, sanʼatkor esa ana shu sanʼatni – qoʻshiqni qoʻshiqday kuylab, raqsni xalqona ijro bilan xalq qalbiga jo etmogʻi kerak. Texnika, ayniqsa, sanʼat sohasida, yuksak taraqqiy etgan asrimizda xalq cholgʻu asboblari joʻrligida, xususan tor, rubob, qoʻshnay, chang va doira chalib, davralarga jon kiritib, oʻz ijrolari bilan tobora xalq yuragidan joy olayotgan tumanimiz sanʼat ahli erishayotgan yutuqlar esa barchamizniki.

Har gal Navroʻz – umumxalq bayrami, Mustaqillik bayrami, "Ustoz va murabbiylar kuni”, Yangi yil kabi teatrlashtirilgan bayram tomoshalarida ishtirok etgan tumanimiz xalqi yuragida bir samimiy tuygʻu uygʻonadi. Bu – teatrlashtirilgan bayram tomoshalaridan qoniqish tuygʻusi, qalblariga huzur-halovat baxsh etgan hayajon, hayrat. Bu hayajon va hayrat nedan? Xalq qalbiga  payvasta bayramona ruh, xush kayfiyatning davrada hokim boʻlganidan. Oʻzim necha bor guvoh boʻlganim – har galgi bayram tadbirlarida xalq dilida uygʻongan eʼtirof, bayram tashkilotchilariga nisbatan samimiy hurmat, nazarimda, tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimining har bir fidoyi xodimi mehnatiga berilgan bahodir. Sanʼat ahli uchun esa bundan ulugʻ mukofot yoʻq.

YeLKASI YeR KOʻRMAGAN

AMU YoShLARI

Mustaqillikdan avval Mangʻit, nari borsa Nukus shahridan u yogʻiga oʻtib, oʻz iqtidorlarini namoyon  eta olmagan tumanimiz yoshlari dunyoning nufuzli davlatlari sportchilari bilan bellashib, gʻoliblik shohsupalaridan joy olib qaytayotganlaridan quvonib ketaman. Axir quvonmay boʻladimi? Ular amudaryolik! Bundan ham muhimrogʻi, Oʻzbekiston yoshlari!

Amudaryolik polvon qiz Feruza Haytimbetova 2000-yilda Rossiyaning Tver shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan 1-jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagandi. Bundan ham muhimi, Angliyaning Bedford shahrida Oʻzbekiston Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilgan Xalqaro turnir gʻolibi, 2003-yilda yana Rossiyaning Tver shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 2-jahon chempionatida 3-oʻrin sohibasi boʻlgandi. Feruza Xaytimbetovaning izdoshi, kurash boʻyicha Oʻzbekiston, Osiyo va jahon chempionatlari gʻolibi Zulhijja Xudoyorovaning sportda erishgan yuksak natijalari Oʻzbekistonning  chekka bir tumani – Amudaryo elini dunyoga tanitdi. Amudaryolik sportchilar Feruza Haytimbetova va Zulhijja Xudoyorovalarning nomlari oʻzbek kurashi boʻyicha Oʻzbekiston sporti tarixidan munosib joy oldi.

Bugungi kunda Amu elining zabardast sportchilari safi yanada kengaydi. Ular safiga 2008-yilda Turkiya davlatining Istambul shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida sportning kurash turi boʻyicha faxrli 3-oʻrin sohibasi boʻlgan yana bir chempion polvon qiz Umida Matyoqubova, bir necha xalqaro turnirlar, Yevropa kubogi, Osiyo chempionatlarida yelkasi yer koʻrmagan Elyor polvon Masharipov, sportning dzyu-do kurashi boʻyicha bir necha marta Oʻzbekiston chempioni, uch bora Xalqaro turnirlar, Yevropa, Osiyo va jahon chempionatlari gʻolibi va sovrindori Sharofaddin Boltaboyevlarning sportda erishayotgan mislsiz  yutuqlari ona Oʻzbekistonimizga, shu barobarida Amu elimizga katta  shon-sharaflar keltirgani, tumanimiz yosh sportchilarining chegara bilmas imkoniyatlarga egaligidan yaqqol dalolatdir.

TADBIRLAR – IQTIDORLILARNI KAShF ETADI

Bugungi kunda tumandagi 82 ta umumtaʼlim maktablari va 8 ta kollej hamda akademik litseyda zamonaviy sport inshootlari mavjud. Bundan tashqari, 3 ta bolalar va oʻsmirlar  sport maktablarida, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey hamda umumtaʼlim maktablari qoshidagi sport majmualarida 20 ming nafardan ziyod elimiz farzandlari sportning 16 ta turi boʻyicha shugʻullanib, tuman va respublika miqyosidagi sport musobaqalarining nafaqat doimiy ishtirokchilari, balki gʻoliblariga aylanishgan.

- Sport sohasida kuchlilarni aniqlashda turli xil mavzulardagi tadbirlarning oʻrni ham gʻoyat muhim, - deydi tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov. – Oddiy bir misol, "Sport – salomatlik garovi” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqalarni olaylik. Tumandagi korxona, tashkilot va oʻquv muassasalari hamda tibbiyot birlashmasining 18 va undan katta yoshdagi xotin-qizlari oʻrtasida 2015-yil 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan sport musobaqalarida 500 nafarga yaqin sportchi ayol-qizlar ishtirok etishdi.

Ayol-qizlarimizning sportga qiziqishi, intilishi avvallari bu darajada boʻlmaganligini hisobga olsak, tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan tashkil etilayotgan, aynan sport sohasi bilan bogʻliq tadbirlar orqali umidli yosh sportchilarni kashf etish mumkinligini anglash qiyin emas. Chunki, Sh.Yusupov tilga olgan ikkita muhim tadbir – "Sport - salomatlik garovi”, "Umid nihollari - 2015” musobaqalari tufayli umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilaridan 9 nafari sportning voleybol, dzyu-do, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat va boks turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoalari tarkibiga qabul qilindilar.

Shuni alohida mamnuniyat bilan qayd etish joizki, "Umid nihollari - 2015”sport musobaqalarining tuman bosqichi qatʼiy intizom va uyushqoqlik bilan tashkil etilgani bois, ushbu musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimizdan 97 nafar oʻquvchi-yoshlar muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Shulardan 32 nafari qiz bolalar ekanligi yanada quvonarli. Tumanimiz oʻquvchi-yoshlari sportning dzyu-do, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat va futbol, basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi turlari boʻyicha yuqori natijalarni qoʻlga kiritishgani tumanda Feruza Haytimbetova, Sharofaddin Boltaboyev, Zulhijja Xudoyorova, Elyor Masharipovlarning izdoshlari koʻpligidan dalolatdir.

RAGʻBAT – YaNGI MARRALARGA UNDAYDI

2015-yilda tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi mehnat jamoasi hayotida quvonchli voqealar koʻp boʻldi. Sportda va sanʼatda tumanimiz yoshlari erishayotgan, yuqorida tilga olganimiz – muvafaqqiyatli natijalar qatoriga Yangi yil arafasida yana bir quvonchli yutuq qoʻshildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ardaqlau - 2015” koʻrik-tanlovida " Yilning eng yaxshi madaniyat xodimi” yoʻnalishi boʻyicha tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov gʻolib deb topildi va koʻrik-tanlovning 1-darajadi diplomi hamda qimmatbaho sovgʻasi bilan taqdirlandi.

- Bu mukofot – ahil va fidoyi mehnat jamoamizniki, - deydi Shuhrat. – Chunki, men ularsiz hech narsaga erisha olmasdim. Mehnat ham, fidoyilik ham, demak, mukofot ham boʻlimimiz xodimlariniki.

Ayni kunlarda tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi mehnat jamoasi uchun ishning eng qizgʻin pallasi boshlangan. Madaniyat va aholi dam olish maskanlarida, taʼlim-tarbiya muassasalarida Navoiyxonlik, Boburxonlik kechalari, turli sport musobaqalari koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda. "Sogʻlom ona va bola yili”ga monand bahor bayramlari tadbirlariga esa har qachongidan ham jiddiy taraddud koʻrilmoqda. Eng  muhimi, har bir tadbirdan, tashkil etilayotgan sport musobaqalaridan koʻzlangan maqsad bitta  - oʻsib kelayotgan yosh avlodni istiqlol gʻoyalariga sodiq, ona Vatanga muhabbat ruhida, maʼnan yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash.

Biz esa tumanimizda kurash boʻyicha oʻzbekning  birinchi chempion qizlari Feruza Haytimbetova, Zulhijja Xudoyorova, yelkasi yer koʻrmagan Alpomish kelbatli Sharofaddin Boltaboyev va Elyor polvon Masharipov, jajji shaxmat ustasi Saidbek Qadamboyevlarning izdoshlari, qoʻshiqlari, soz-u suhbatlari bilan minglab sanʼat shinavandalari qalbidan joy olgan Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Nazir qori Rahimovning shogirdlari safi kengayishini tilab qolamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA, suratlar muallifi M.ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026