ŞOIR VA YoZUVÇILAR BILAN UÇRAŞUV KÖNGILLARGA ZAVQ-ŞAVQ BAĞIŞLADI
Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlar, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodni turli yot ğoyalardan himoya qiliş, yoşlarning dunyoqaraşini va maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoşlar örtasida kitobxonlikni yanada ommalaştiriş, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beşta muhim taşabbusni eng çekka qişloqlar yoşlari örtasida yanada keng va faol ommalaştiriş maqsadida www.amunews.uz veb-sayti tahririyati tomonidan amalga oşirilayotgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasidagi tadbirlar joylarda munosib kutib olinmoqda. Quvonarlisi şundaki, mazkur loyiha ijodkorlari tomonidan taşkillaştirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli soha masʼullari, mahallalardagi köpni körgan nuroniylar, ijodkorlar iştirokidagi uçraşuvlar, davra suhbatlarida yoşlar tarbiyasi bilan boğliq muammolar röy-rost tilga olinib, bu muammolarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Şuningdek, ijodkorlar bilan uçraşuvlarda olis qişloqlarda yaşayotgan, ijodga moyil yoşlar ham kaşf etilib, ularning ijod namunalari amunews.uz veb-saytida va “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalarida yoritib borilmoqda.
Ana şunday uçraşuv tadbiri joriy yilning 20-sentyabr sanasida “Jayxun ilhomlari” NNTda ham ötkazildi. www.amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi bilan “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida ötkazilgan uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Amudaryo tumanida yaşab, ijod etayotgan ijodkorlar, “Turmuş çorrahalarida” turkum hayotiy hikoyalari hamda lirik şeʼrlari bilan adabiyot ixlosmandlariga yaqindan taniş bölgan Zuhra Ahmedova, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyuşmasi aʼzosi, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, şoir Örozali Reyimov hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 40-sonli maktabning şeʼriyatga ixlosmand öquvçi-yoşlari iştirok etişdi.
Uçraşuv tadbirini Özbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyuşmasi aʼzosi, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, şoir Örozali Reyimov oçdi va www.amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasidagi tadbirlarning mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşdagi, şuningdek, maʼnan yetuk insonlarni tarbiyalaş, aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirişdagi ahamiyati xususida töxtaldi. Şundan söng, “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasining maqsadi va undan kutilayotgan natijalar töğrisida loyiha ijodkorlaridan biri, jurnalist Robiya Yöldoşeva batafsil maʼlumot berdi.
Uçraşuv tadbiri davomida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, şoir Örozali Reyimov ijod maşaqqati haqida va adabiyotning inson hayotida tutgan örni xususida söz yuritib, özining ijodiy faoliyati davomida erişgan yutuqlari, hayotidagi sinovlarni yengib ötişda adabiyotdan, ijoddan kuç olgani töğrisida sözlab berdi. U öz ijodidan namunalar öqib berdi.
Şeʼr öqiş navbati Zuhra Ahmedovaga berilganida uçraşuv iştirokçilari Zuhraning hayotiy hikoyalari haqiqiy turmuş lavhalari ekanligini eʼtirof etişib, olqişladilar.
Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 40-sonli maktabning iqtidorli öquvçilari ham özlarining ona Vatan, döstlik, ona, tinçlik mavzusidagi şeʼrlaridan öqib berişdi.
Amudaryo tumanida yaşab, ijod etayotgan qalamkaşlar bilan yoşlarning uçraşuvi biri-biridan yoqimli taassurotlarga boy, qiziqarli, samimiy muloqot va şeʼrxonlik keçasiga aylanib ketdi va tadbir barçaga zavq-şavq bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶