SALOMATLIK HAFTALIGI ÖTKAZILMOQDA
Vitaminlar yuksak darajadagi faol biologik moddalar bölib, ularni isteʼmol qiliş butun tananing muvofiq va uyğun işlaşini taʼminlab beradi va inson hayoti davomida tanadagi modda almaşuvining köplab bosqiçlarini tartibga soluvçi ferment tizimlari va garmonlarining majburiy komponentlari, töqima gormonlari sintezi uçun birlamçi material hisoblanadi. Şuningdek aqliy va jismoniy qobiliyati, tananing taşqi muhit, jumladan, infektsiyalar va toksinlar harakatining noqulay omillari taʼsiriga çidamlilik darajasini oşiradi.
Şu boisdan ham 2002-yildan beri har olti oyda bir marta 6 oylikdan 59 oylikkaça bölgan bolalarni "A” vitamini bilan milliy emlaş amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirliklarining maxsus buyruqlari va tuman tibbiyot birlaşmasining 2015-yil 12 dekabrdagi 67-1-sonli buyruğiga asosan 14-dekabrdan 19-dekabrgaça "Salomatlik haftaligi” ötkazilmoqda. Haftalik iş rejasida tumandagi 16400 nafar 6 oylikdan 59 oylikkaça bölgan bolalarga "A” vitaminini içiriş ham közda tutilgan. Mazkur tadbirni töla ötkaziş çora-tadbirlari körilib, hozir muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Ota-onalar farzandlarini öz hududlaridagi tibbiyot muassasalariga olib borib, tadbirning öz vaqtida va sifatli ötkazilişiga hissa qöşsalar, maqsadga muvofiq bölar edi.
Gulşod YuSUPOVA,
tuman tibbiyot birlaşmasi boş pediatri.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶