16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:12
Salomatlik 👁 5,850

BURCh MASʼULIYaTINI HIS ETIB...

BURCh MASʼULIYaTINI HIS ETIB...

Inson tabiatan mehr-muhabbatga, yaxshilikka moyil. U oʻzgalarga mehr-muhabbat, oqibat va muruvvat koʻrsatish barobarida oʻzi ham boshqalardan mehr-oqibat, yaxshilik kutib yashaydi. Chunki, mehr bilan boquvchi nigohlar inson yuragiga oʻzgacha taft beradi. Muhabbatli nigohlar odamni ezgulikka yoʻllab turadi. Har bir yaxshilikning, yaxshi soʻzning zamirida esa yorugʻlik bor. Koʻnglini gʻam-anduh, vujudini dard egallagan inson yaxshilikning, yaxshi soʻzning yogʻdusida hayot goʻzalliklarini his etadi, ana shu yogʻduga – goʻzallikka intilib yashaydi.

Men shifokor sifatida insonlar tabiatida zohir boʻlgan ana shunday tuygʻularga juda koʻp bora oshno boʻlganman. Oddiygina bir soʻz bemorning holatini ogʻirlashtirib qoʻygani yoki birgina soʻz bilan ogʻir xastaning oyoqqa turib ketganiga oʻz faoliyatimda necha yuz martalab guvoh boʻlganman.

Shifokorlar nima uchun oppoq libos kiyishadi? Hech oʻylab koʻrganmisiz, shifokor libosining oqligi xususida?

Oqlik – avvalo poklik ramzi. Poklik esa nihoyatda keng qamrovli tushuncha, yaʼni, koʻngil tozaligi, vujud tozaligi, halollik va ezgulikka, yaxshilikka ishora bor unda.

Demak, biz shifokorlar bemor koʻnglining farishtalariday unga mehr-muhabbat, oqibat va muruvvat nigohi bilan boqishimiz, har bir mijozning qadr-qimmatini joyiga qoʻyishimiz bilan oʻz faoliyatimizda poklikka amal qilamiz.

TTBning fizioterapiya boʻlimiga muolaja olish uchun har xil toifadagi bemorlar kelishadi. Ularni bezovta qilayotgan kasallik bilan kurashishdan oldin eng avvalo bemorning ruhiyatiga monand muomala qilishga intilamiz. Chunki, fizioterapevtik muolaja usulida shifokor bilan bemorning oʻzaro muomalasi muhim ahamiyatga ega.

Boʻlimimizga shifo istab kelgan har bir bemor bilan alohida-alohida muolaja kurslari olib boriladi. Buning uchun bizda barcha sharoitlar muhayyo.

2012-2013-yillarda toʻliq taʼmirlanib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan fizioterapiya boʻlimi kuniga 75-80 nafar bemorga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniga ega. Elektroforez, magnitoterapiya, parafin qoʻyish, UZT hamda davolash-gimnastika-sogʻlomlashtirish, uqalash kabi muolaja xonalarining har birida kuniga 10-12 nafar bemor muolaja olmoqda. Hali yuqorida aytganimday, har bitta muolaja xonasida bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi shifokor va hamshiralarga shunday talab qoʻyiladi-ki, fizioterapevtik muolajadan soʻng albatta mijozlar xursand, yaxshi kayfiyatda chiqib ketishlari zarur. Biz oʻz faoliyatimizda albatta, bunga erishayapmiz. Zamira Allamberganova, Shohida Oymonova, Malohat Ozodova, Muhayyo Yangiboyeva, Latofat Sobirova, Malohat Oʻrozimbetova singari hamshiralarimizdan mijozlar hamisha mamnun.

Men har gal boʻlimimiz shifokorlari bilan muloqotda boʻlganimda bir gapni juda koʻp takrorlayman:

- Inson-aziz, sogʻligi undan ham aziz. Biz ana shu azizlikka, barqaror hayotga, yaʼni insonlar salomatligiga masʼulmiz. Ularga yaxshi muomala, mehrli nigoh bilan xizmat koʻrsatish – burchimiz!

Ana shu burch masʼuliyatini his etib mehnat qilayotgan barcha salomatlik posbonlariga anʼanaviy kasb bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, deyman.

 

Zulxumor MAMATQULOVA,

tuman tibbiyot birlashmasining fizioterapiya boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026