XUSUSIY MULK, KIÇIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IŞONÇLI HIMOYaSI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallaştaraş, boşqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etiş, qulay işbilarmonlik muhitini şakllantiriş, kiçik biznes va xususiy tabirkorlikni rivojlantiriş yölidagi ortiqça byurokratik tösiq hamda ğovlarni bartaraf etiş borasidagi tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Muhtaram yurtboşimiz tomonidan joriy yilning 15-mayida qabul qilingan "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni xususiy mulk huquqini mustahkalaş, uni işonçli himoya qiliş borasidagi muhim hujjat böldi.
Prezidentimizning mazkur Farmoni hamda 2015-yilning 28-aprelidagi "Iqtisodiyotda xususiy mulkning uluşi va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori asosida "Özbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subʼetlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişga, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
Bu Qonunda amaldagi 40 gayaqin Qonun va 5 ta Kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Uşbu Qonunning maqsadi – xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy himoyasini yanada kuçaytiriş, şuningdek, davlat, huquqni muhofaza qiliş, nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga noqonuniy aralaşganlik uçun javobgarligini kuçaytirişdan iboratdir.
Qonunda mikrofirmalar, kiçik korxonalar va fermer xöjaliklari faoliyati bilan boğliq barça tekşiruvlar nazorat organlari tomonidan rejali tartibda, tört yilda bir martadan köp bölmagan tartibda amalga oşirilişi, moliya – xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan rejali tekşiruvlar ötkaziş muddati 10 kalendar kunidan oşmasligi, tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xöjalik faoliyatini rejali tekşirişlar faqat sönggi tekşiruvdan keyingi davrni qamrab olişi hamda qözğatilgan jinoiy işlar munosabati bilan xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan xöjalik yurituvçi subʼekt jalb etgan advokatlar iştirokida amalga oşirilişining belgilab qöyilişi yurtimizda qulay biznes muhitini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, qonunda tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilgani va noqonuniy aralaşgani uçun davlat, huquqni muhofaza qiliş va nazorat qiluvçi organlarning mansabdor şaxslarining javobgarligini kuçaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab qöyildi. Bundan buyon mansabdor şaxslar xöjalik yurituvçi subʼektlar moliyaviy-xöjalik faoliyati böyiça tekşiruv va taftiş ötkaziş tartibini, davlat xizmatlari körsatiş tartibini buzganlik, xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatini va (yoki) ularning bank hisobvaraqlari böyiça amaliyotlarni noqonuniy töxtatib qöyganlik, tadbirkorlik subʼektlariga tegişli bölgan binolar va boşqa inşootlarni şu mulkning bozor qiymatini qoplamasdan buzib taşlaganlik, xöjalik yurituvçi subʼektlarning hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablağlari töğrisidagi axborotni asossiz ravişda talab qilganlik, xöjalik yurituvçi subʼektlarni xayriya işlari va pul mablağlari ajratiş bilan boğliq boşqa tadbirlarga majburiy jalb qilganlik uçun maʼmuriy javobgar böladilar.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qiliş sohasidagi qonunçilikni köp marotaba buzgan mansabdor şaxslarga nisbatan esa jinoiy javobgarlik çoralari ham qöllanilişi belgilab qöyilmoqda.
Mazkur qonun bilan Özbekiston Respublikasining bir qator kodeks va boşqa qonun hujjatlariga ham özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Jumladan Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi, Soliq, Mehnat, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Xöjalik protsessual, Uy-joy va Yer kadastrlariga, şuningdek, "Fermer xöjaligi töğrisida”gi, "Dehqon xöjaligi töğrisida”gi, "Xöjalik yurituvçi subʼektlarning şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisida”gi, "Baholaş faoliyati töğrisida”gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi kabi önlab qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda uşbu Farmon asosida qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan barça çora-tadbirlardan yagona maqsad-kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini jadal rivojlantiriş orqali iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşiriş, yurtimizda tinçlik va barqarorlik taʼminlanişidan eng köp manfaatdor bölgan mulkdorlar sinfini rağbatlantiriş, pirovardida aholi turmuş darajasi va sifatini oşiriş, mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlaş va, şubhasiz, ijtimoiy hayotni yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Mansur ŞOMURODOV, tuman davlat soliq inspektsiyasi yuridik şaxslarga soliq soliş bölimi kameral nazorat şöʼba boşliği.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini
qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶