MEHNATIDAN KELGAN DAROMAD TURMUŞINI BEZADI
Ikrom hunarga erta qiziqdi. Hali bolalik çoğlaridayoq bobosi, Manğitda taniqli hunarmand, rahmatlik Haydar bobo Kamolov ustaxonada nimaiki iş qilsa, yonida hamroh bölib yurar, bobosining işlarini zimdan kuzatar, yengil-yelpi işlariga kömaklaşardi. Bobosining hunarini otasi davom ettirgan çoğlarida u ham ança ustaçilikning hadisini olib qöygan edi. Otasi yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun beşiklar yasar, bolalar aravaçasi, xamir yoziş uçun oştaxta, öqlov, çakiç kabi köplab uy-rözğor buyumlarini Ikrom bilan birgalikda işlar, öğlini har bir işni pişiq-puxta, mehr bilan işlaşga, naqşlarini erinmay maromiga yetkazib yasaşga, köngilga yaqin ranglar bilan bezatişga örgatar, "bolam, molingni olgan odam bir umr seni duo qilib eslab yurguday qilib işlaş kerak”, deya uqtirardi. Bobosi, ota-sining ögitlari bekor ketmadi.
Bugungi kunda Ikromning qölidan çiqqan uy-rözğor buyumlariga, naqşlariga nafaqat Manğit, balki, Nukus şahri va boşqa tumanlar bozorlarida ham mijozlar bor. Ikrom Kamolov el koriga yarayotgan mohir usta bölib yetişdi. "Hunarmand” uyuşmasi tuman bölimi aʼzosi, yakka tadbirkor sifatida faoliyat yuritib, köpgina şogirdlar ham yetiştirib çiqardi. Usta-şogird anʼanalari asosida undan iş örgangan Manğitning önlab yigitlari bugungi kunda mohir hunarmand bölib yetişib, mustaqil iş yuritmoqda.
- Mening Ikrom akadan hunar örgana boşlaganimga 16-yil böldi. Avval şunçaki havas bilan kelgan bölsam, ustozimning oddiy taxta, tol xodalaridan ajoyib uy-rözğor buyumlari yasaşiga qoyil qolib, hunarmandlikni kasb qilib oldim, - deydi Jasurbek Qobulov.
Ha, hunarmandning iqtidori, kasbiga mehri tufayli oddiy yoğoçlarga ham xuddi jon kirganday joziba kasb etadi. Ustaning ustaligi ham şunda. Ularning fidoyi xizmatlari bois, bozorlarimizda uy-rözğor buyumlari serob, har biri öziga xos qunt bilan işlangan, jilo berilgan buyumlarni tanlab xarid qiliş imkoniyatimiz bor.
- Mustaqillik yillarida hunarmandlarga keng imkoniyatlar yaratilgani buning asosiy sa-babidir, - deydi Ikrom Kamolov biz bilan suhbatda. – "Hunarmand” uyuşmasiga aʼzo bölib, yakka tadbirkor sifatida bor kuç bilan işlayapman. Özim yaşaydigan Beruniy mahallasi yoşlariga ustoz-şogird anʼanasi asosida bilganlarimni örgatayapman. Hunarmandlik maşaqqatli, tinimsiz mehnatni talab qiladigan iş. Biroq könglida iştiyoqi bor odam bu maşaqqatlardan ham rohat oladi. Men ham işlagan buyumlarimga qarab ötirib çarçoğimni çiqaraman.
Ikrom Kamolovga kasbi nafaqat öz mehnatidan zavqlaniş hissi-ni beradi, balki, onasi Gulandom Yangiboyeva aytganlariday, ota, bobo hunarini yerda qoldirmay davom ettiriş baxtini ham berdi. Oilasi iqtisodini yuksaltirdi, mehnatidan kelgan daromadi turmuşini bezadi.
Xonadonlarimizni zarur uy-rözğor buyumlari, bemalol xorijniki bilan raqobatlaşa oladigan qulay va çiroyli mebellar bilan taʼminlab kelayotgan iqtidorli, tadbirkor hunarmandlarimiz omon bölişsin! Ikrom Kamolov kabi öz mehnatlari tufayli elda hurmat-obrö qozonişsin.
Oygul RAJABOVA,
Mahmudjon ŞOMURODOV,
gazetaning maxsus muxbirlari.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini
qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶