MAVSUMGA PUXTA HOZIRLIK KÖRILMOQDA
Bugungi kunda yurtimizning barça şahar va qişloqlarida Prezidentimizning 2015-yil 7-iyuldagi "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini va ijtimoiy sohalarini 2015-2016-yillar kuz-qiş mavsumida barqaror işlaşga tayyorlaşni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizda ham maktablar, maktabgaça taʼlim hamda tibbiyot muassasalari, korxona va taşkilotlar, turar-joy binolarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş borasida qator işlar amalga oşirildi. 2015-2016-yilgi kuz-qiş mavsumida iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz faoliyat körsatişini taʼminlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Joriy yilda tuman böyiça 803,2 mln. söm mablağ evaziga 2 ta, yaʼni "Çordara” mahallasidagi 5-sonli va "Yangiobod” mahallasidagi 43-sonli maktabgaça taʼlim muassasalarini mukammal taʼmirlaş işlari yakuniga yetiş arafasida. Şuningdek, 180 mln. söm mablağ evaziga "Jumurovul” mahallasidagi 25-sonli hamda "Bözyop” ovulidagi 14-sonli maktabgaça taʼlim muassasalarini joriy taʼmirlaş işlari yakuniga yetkazildi.
Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan "Boyovul” mahallasidagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida loyiha bahosi 1 mlrd. 705 mln. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari, Oybek nomli mahalladagi 55-sonli maktabga 602,8 mln. söm mablağ evaziga yangidan 12x24 metr ölçamdagi sport zali qurilişi nihoyasiga yetkazilmoqda.
Mavsumga tayyorgarlik köriş jarayonida taʼlim muassasalarining jami 232,6 kvadrat metr hajmdagi singan oynalari almaştirilib, 8 ta qozonxonalar, 170 pogonometr içki isitiş tizimlari, 76 kvadrat metr tomlar joriy taʼmirlandi. 12 ta taʼlim muassasalarining 46 ta isitiş qozonlari 119,6 mln. sömlik mablağ evaziga kömir va boşqa qattiq yoqilğilarga möljallangan tejamkor qozonlarga almaştirildi.
Halq taʼlimi sohasiga joriy yilda jami 690 tonna briket yoqilğisi jamğariş rejalaştirilgan bölib, 164,2 mln. söm mablağ briket oliş uçun töliq ötkazib berildi va tez kunlarda taʼlim muassasalariga töliq yetkazib beriladi. Şuningdek, 51 ta taʼlim muassasalariga 135,8 tonna suyuq peç yoqilğisi yetkazib beriş uçun "Ellikqalʼa neftbazasi” unitar korxonasining "Qoratov” filiali bilan şartnoma imzolandi va 138,9 mln. söm mablağ ötkazib berildi.
Örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş maqsadida amalga oşirilgan işlar natijasida 72 mln. söm mablağ evaziga 3 ta qozonxona va 8 dona qozonlar yoqilğining muqobil manbasi, yaʼni kömirga moslaştirilgan tejamkor qozonlarga almaştirildi. Jami 320 kvadrat metr singan oynalar yangisiga almaştirildi va 812 ta çöğlanma lampalar elektr tejovçi lampalarga almaştirildi.
Mavsumga tayyorgarlik köriş jarayonida mazkur muassasalarning 3 ta qozonxonalari, 8 ta qozonlari, 0,4 km. uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlaş işlari töliq yakuniga yetkazildi. 51 ta qozonxonalar, 80 ta qozonlar va 0,32 km. uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirlandi.
Soğlikni saqlaş muassasalarini 2015-2016-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş böyiça olib borilgan işlar natijasida tuman tibbiyot birlaşmasi va unga qaraşli joylardagi tibbiyot muassasalari mavsumga töliq şay holga keltirildi. Bundan taşqari, 32 metr issiqlik tarmoqlari, 24 metr suv tarmoqlari, 41 metr tabiiy gaz tarmoqlarini joriy taʼmirlaş işlari töliq yakunlandi. Markaziy şifoxonaga qaraşli 45 ta öringa ega ftiziatriya bölimi binosi 2 mlrd. 448,6 mln. söm mablağ evaziga, "Özbekiston” qişloq vraçlik punkti esa 100 mln. söm mablağ evaziga kapital taʼmirlandi. Şuningdek, "Qipçoq” qişloq vraçlik punktida homiylar hisobidan bajarilayotgan joriy taʼmirlaş işlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Tuman tibbiyot birlaşmasi böyiça 2015-2016-yillar kuz-qiş mavsumiga 157 tonna kömir, 60 tonna suyuq yoqilği jamğariş rejalaştirilgan bölib, şartnomalar imzolangan va mablağlar töliq ötkazib berilgan. Yaqin kunlar içida barça tibbiyot muassasalari kömir va suyuq yoqilği bilan töliq taʼminlanadi.
Aholining kuz-qiş mavsumini yaxşi ötkazişiga kömaklaşiş maqsadida tuman böyiça jami 8 ming tonnadan ortiq kömir va briket yetkazib beriş rejalaştirilgan bölib, şu kungaça 1380 tonna yoqilğining muqobil manbalari jamğarildi. Yaqin kunlar içida aholiga talab qilinadigan kömir va briket mahsulotlarini töliq keltiriş va sotiş, zarur hollarda aholi yaşaş joylariga yetkazib beriş rejalaştirilmoqda.
Tumanda 2015-2016 yillar kuz-qiş mavsumida barça infratuzilmalarni uzluksiz işlaşga tayyorlaş çoralari körilmoqda. Jumladan, elektr energiyasi yetkazib berişda uzilişlar bölişining oldini oliş maqsadida 34 ta transformatorlar va jami uzunligi 104,5 km. bölgan havo tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. 124 dona transformator va 640.7 km. uzunlikdagi havo liniyalarini joriy taʼmirlaş işlari ham deyarli yakuniga yetay deb qoldi.
"Şimolgaztaʼminot” unitar korxonasining "Amudaryotumangaz” filiali tomonidan aholiga gaz yetkazib berişda uzilişlar bölişining oldini oliş maqsadida 1 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini rekonstruktsiya kiliş, 245 dona gaz taqsimlaş qurilmalarini taftiş qiliş, 65,3 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini bosim ostida ziçlikka sinaş, 21,2 km. uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekşiriş, 0,54 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini böyaş, 14500 ta dudburonlarning sozligini tekşirib, dalolatnomalar tuziş işlari töliq va sifatli yakuniga yetkazildi. Şuningdek, 44 ta gaz taqsimlaş şoxobçalari va 48 ta zadvijkalar böyalib, korroziyaning oldini oliş çoralari körildi.
Tabiiy gaz bosimi past bölgan va gaz yetib bormaydigan uzoq masofada joylaşgan aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaşni yaxşilaş maqsadida Manğit şahrida suyultirilgan gaz ballonlarini töldiriş şoxobçasi, Xolimbeg, Kuyuk köpir, Qipçoq ovullarida servis markazlari aholiga xizmat körsatmoqda. 2015-yilning ötgan davri mobaynida aholiga 812,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi va 11 491 ta yangi ballonlar ijaraga tarqatildi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2015-2016 yillar kuz-qiş mavsumida uzluksiz işlaşga tayyorlaş böyiça amalga oşirilgan işlar mavsumni yaxşi ötkaziş imkonini beradi.
Bahodir ERNAZAROV, tuman hokimining birinçi örinbosari.
(Foto - https://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶