TÖRT OYoQLI DÖSTINGIZ “AJAL QUROLI”GA AYLANMASIN!
It odamga eng yaqin bölgan uy hayvonlaridan biri bölib, sodiqlik borasida tengi yöqdir. Şu boisdan ham odamlar itdan qöriqçi, qutqaruvçi, izlab topuvçi kabi köpgina maqsadlarda foydalanişadi.
Bunda, albatta itni töğri parvarişlaş, turli yuqumli kasalliklarga qarşi emlatiş muhim örin tutadi. Aks holda köpgina taşviş va muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Quturiş - hayvonlarga xos kasallik hisoblanib, uning qözğatuvçisi virusdir. Tabiatdagi yovvoyi hayvonlar - tulki, böri, şoqollar orasida uçrab turadi va tişlaş oqibatida uy hayvonlariga yuqadi. Quturgan hayvon tişlaganda, sölagi jarohatlangan teriga tuşganida yuqişi mumkin. Sölak bilan terining içiga kirgan virus asab tolalari orqali markaziy asab tizimi hujayralariga yetib boradi va asab töqimasini jarohatlaydi. Natijada quturiş kasalligi yuzaga çiqadi. It tişlagan jarohat boş miyaga qançalik yaqin bölsa, kasallikning yaşirin davri ham şunçalik yaqin böladi.
Bu bedavo dardga yöliqmaslik uçun biron yovvoyi hayvon yoki it tişlaganda albatta, tibbiyot muassasasiga murojaat etiş, quturiş kasalligiga qarşi emlatiş zarur.
Kasallikning oldini oliş çoralari ham özimizga boğliq. Yaʼni, har bir odam it, muşuklarni saqlaşdan oldin ularni parvarişlaş uçun imkoniyati bor-yöqligini inobatga olişi (qorni töymagan hayvon yemiş ğamida daydib ketadi), vaqtida turli yuqumli kasalliklarga qarşi emlatişi lozim. Çunki, ostonangizdagi it biror bir kişini tişlasa, bundan jabrlangan odam ham moddiy, ham maʼnaviy zarar körişini, eng dahşatlisi, oqibati ölim bölgan quturiş kasalligining yuqiş xavfi tuğilişini anglab yetmoq kerak.
Kasallikning oldini oliş uçun xizmatdagi va xonadonlardagi itlarni öz vaqtida kasal-likka qarşi emlatib turiş, bolalarning daydi itlar bilan öynaşiga yöl qöymaslik, xonadonlarda saqlanayotgan itlarni köçaga qarovsiz qöyib yubormaslik lozim. Itlarni köçaga böyinboğ va tumşuq-tasmada olib çiqiş maqsadga muvofiq hisoblanadi.
It yoki boşqa hayvon tişlaganda jarohat darhol xöjalik sovuni bilan yuvilib, atrofiga yodning spirtli eritmasini surtiş va darhol tibbiyot muassasasiga murojaat etiş lozim.
Har bir odam öz xonadonida boqilayotgan va sodiq döstim, deb hisoblaydigan iti özining yoki boşqalarning ajaliga sababçi bölişi mumkinligini çuqur anglab yetib, buning oldini olişi zarur.
A.YaVBASAROV,
tuman DSENM epidemiolog şifokori.
(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶