MAʼNAVIY QADRIYaTLARNI ASRAŞ YÖLIDA
Har qanday mamlakatning buyukligini uning madaniyati belgilaydi. Şu boisdan sohaga eʼtibor yil sayin kuçaymoqda. Tuman Madaniyat va sport işlari bölimi xalqimizning boy madaniy merosini, maʼnaviy qadriyatlarini asrab-avaylaş yölida samarali faoliyat olib bormoqda. Bölim tasarrufidagi 7 ta madaniyat va aholi dam oliş markazlari, 3 ta xalq ansambllari, közi ojizlar kutubxonasi xodimlari xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizni tiklaş, istiqlol ğoyalari asosida tarbiyaviy ahamiyatga ega madaniy tadbirlarni, madaniyatimizni dunyoga tanitiş maqsadida bir qança işlarni samarali amalga oşirib kelişmoqda.
Bugungi kunda tuman Madaniyat va sport işlari bölimida taniqli ustoz sanʼatkor va madaniyat xodimlari - Anvar Xudoyberganov, Yöldoş Jumamurodov, Quvonç Rayimov, Karim Yöldoşev, Murod Ibragimov, Tohir Fayzullayev, Madina Kenjaqarayeva, Rahima Xudoyberganovalar yoşlarga ustozlik qilib, sohaning sir-asrorlarini örgatib kelişmoqda.
Yuqorida nomlari zikr qilingan sanʼatkorlar va madaniyat xodimlaridan taʼlim olib kelayotgan yoş xodimlar sohada yuksak muvaffaqiyatlarni qölga kiritib kelmoqdalar. Ommaning siyosiy ongini oşiriş, eʼtiqodini mustahkamlaş va dunyoqaraşini şakllantirişda, milliy madaniyatni rivojlantirişda nafaqat Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça, balki Özbekiston miqyosida ham salmoqli yutuqlarga erişilmoqda. Xususan, tuman madaniyat va aholi dam oliş markazi direktori Olimboy Erniyozov bilan hamkorlikda aholi bilan iş olib boriş sanʼatini puxta egallagan Oybek Begimov, Mehribon Yöldoşeva, Dilfuza Bobojonova, Nasiba Hayitmuratova, Muzaffar Ibragimovlar aholiga sidqidildan xizmat qilib kelmoqdalar. "Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari lavozimida işlab kelayotgan isteʼdodli xonanda Murod Ibragimov uçun bu yil omadli böldi. U 2015-yil mart oyida bölib ötgan "Otam - suyangan toğim, onam - mehr buloğim!” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 2-örinni egallaşga muvaffaq böldi. 2015 yil 15-aprelda Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan artist D.Otajonov xotirasiga bağişlangan "Sönmas yulduz” tanlovida iştirok etib, 2-örinni egalladi. 2015-yil 20-iyun kuni K.Otaniyozov xotirasiga bağişlangan "Otaşnafas qöşiqlar” Respublika tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1-örinni egallab, Xorazm viloyatida bölib ötgan Respublika bosqiçida sovrindor böldi.
Tuman madaniyat va aholi dam oliş markazida 3 ta xalq ansambli - "Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, "Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli, "Jayhun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari xalqimizning maʼnaviy qadriyatlarini tiklaş, ularni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, nomoddiy-madaniy merosimizni asraş va yuksaltiriş borasida tinmay xizmat qilmoqdalar.
1973-yilda xalq ansambli maqomini olişga sazovor bölgan "Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli bugungi kunda ham xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda el sevgan sanʼatkorlarni birlaştirgan ansamblga Anvar Xudoyberganov badiiy, Vahobjon Abdullayev musiqiy rahbarlik qilmoqda. Yoş isteʼdod sohiblari Botirjon Norimbetov, Şahnoza Aminboyevalar ansamblga isteʼdodli havaskor aʼzolarni jalb qiliş borasida samarali mehnat qilmoqdalar.
"Uçqun” aşula va raqs xalq ansamblining maqsadi tumanimiz mehnatkaşlarining işdan böş vaqtlari hamda dam oliş kunlarini mazmunli va maroqli ötkaziş bilan bir qatorda xalqimizning madaniyatini rivojlantiriş, yoş isteʼdodlarni izlab topiş va ular bilan doimiy iş olib borib, katta sahnalarga olib çiqiş, qobiliyatlarini rivojlantirişga kömaklaşişdir.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari Vazirligi qaroriga binoan 2008-yil 1 noyabrda havaskorlik sanʼatini rivojlantirişdagi, milliy qadriyatlarni tiklaşdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijroçilik mahorati uçun "Ofarin” folklor-etnografik ansambliga "Xalq havaskorlik jamoasi” maqomi berildi.
"Ofarin” folklor-etnografik ansambli Toşkent viloyati Böstonliq tumanida ötkazilgan "Asrlar sadosi” festivalida iştirok qilib, "Fond forum” laureati bölib qaytdi. Jamoada yoş mutaxassis Rinat Safarboyev badiiy rahbar bölib faoliyat yuritib kelmoqda. Sarvar Xudoyberganov musiqiy rahbar, el olqişiga sazovor bölib, masxarabozlik sanʼatini qadrlab kelayotgan Xayrulla Habibullayev baletmeysterlik qilib kelmoqda.
"Jayhun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk havaskorlik jamoasi 1983-yilda madaniyat uyida taşkil qilingan.
2009-yil 24 aprelda mazkur guruhga "Xalq havaskorlik jamoasi” maqomi berildi. Jamoada Haytboy Jumaniyozov, Komiljon Boltaboyev, Bahrom Sultonov, Ilhom Davlatyorov, Raşid Sultonov, Aminboy Jumaniyozovlar faoliyat yuritib, el-yurt olqişiga sazovor bölib kelmoqdalar.
Bu jamoa 2015-yil aprel oyida Samarqand şahrida ötkazilgan dorbozlar va anʼanaviy tsirk sanʼati jamoalarining Respublika körik-festivalida iştirok etib, diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanib qaytdi. Navoiy şahrida bölib ötgan Xalq ijodiyoti Respublika festivalida "Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, "Ofarin” folklor etnografik xalq jamoasi, "Jayhun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari öz dasturlari bilan iştirok etib, maxsus diplomni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi.
Tuman madaniyat va sport işlari bölimi yoşlarimiz orasidan eng isteʼdodlilarini tanlab oliş, ularni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş maqsadida turli körik-tanlovlar ötkazib kelmoqda.
Estrada va anʼanaviy ijro, drama, musiqa va raqs yönali-şida taşkil qilingan tögaraklarda qatnaşçilarning soni yildan-yilga oşib borayotgani mazkur yönalişlarga yoşlar örtasida qiziqişning ortayotganidan dalolat beradi.
Ona Vatan - Özbekistonimizni uluğlaş, uni köz qoraçiğidek asraş, şaʼn-u şarafini himoya qiliş va yuksaltiriş kabi ezgu tuyğularni ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga singdiriş, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uçun daxldorlik hissi bilan yöğrilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qöşiqlar yaratişni rağbatlantiriş hamda ularni xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylantiriş maqsadida 2009-yildan buyon "Yagonasan, muqaddas Vatan!” körik-tanlovini ötkaziş anʼanaga aylangan. Ayniqsa, tumanimizning eng çekka hududlarida gimnastika böyiça yangi markazlarning tuzilişi natijasida qizlarning bu nafis sport turi bilan şuğullaniş imkoniyatlari yanada kengaydi. Sönggi beş yilda badiiy gimnastika bilan şuğullanadigan qizlarning soni uç hissaga oşdi. Bundan taşqari, stol tennisi bilan şuğullanib kelayotgan qizlarning soni tobora ortmoqda.
Ayni kunlarda tuman Madaniyat va sport işlari bölimi xodimlari yoş rahbar Şuhrat Yusupov boşçiligida mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi oldidan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş böyiça katta tayyorgarlik işlarini olib bormoqdalar.
Nasiba EŞÇONOVA, tuman Madaniyat va aholi dam oliş markazining havaskorlik jamoalari va ijodiy tögaraklar faoliyatini taşkil etiş guruhi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶