Oilamiz bölsa birdam, ğalaba bizga hamdam
Mahalla yoşlari hamda oilalar orasida sportni keng ommalaştiriş, aholi va yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida anʼanaviy tarzda ötkazilayotgan "Biz – aql-idrokli oilalarmiz” hamda "Otam, onam va men – sportçi oila” sport musobaqalarining qamrovi yil sayin kengayib bormoqda. Uşbu musobaqalarning hududiy-saralaş bosqiçlarida yuzlab yoşlarning iştirok etayotgani fikrimizning tasdiğidir. Xususan, oilaviy musobaqalarning tuman bosqiçlarida 47 ta fuqarolar yiğinidan 20 taga yaqin oilalar iştirok etdi.
Bu gal ham musobaqalarning tuman bosqiçi murosasiz bahslarga boy böldi. Ötgan yillardagi musobaqalardan özgaça, kötarinki tarzda ötkazilgan oilaviy şaxmat-şaşka musobaqasi ham taassurotlarga boy böldi.
- Yoşligimdan şaxmat öynaş bilan şuğullanaman, - deydi Yangiobod mahallasidan Azizbek Rahimov. - Darsdan böş vaqtlarimda otam, onam bilan şaxmat öynaymiz. Şaxmatga bölgan mehrim, qiziqişim bobomdan ötgan. Oilaviy öyinlar orqali mahoratimni oşirib boryapman.
Durunki mahallasidan Zafar Qurbonovning aytişiça, oila aʼzolarining barçasi şaxmat va şaşkaga döst tutingan, ayniqsa, şaşkaga. Bunday soğlom muhit öğli Ravşanbekning şaşka va şaxmatga bölgan iştiyoqini oşirayotir.
- Bugungi musobaqada buvim, otam-onam va ukam bilan birgalikda iştirok etdik, - deydi u. – Bellaşuvda köplab döstlar orttirdim. Ular öz qiziqişlari haqida gapirib berdi. Buvim, otam, onam va men birdam bölib ğoliblikni qölga kiritdik.
Ravşanbekning xotirasida bugungi kun bir umrga muhrlanib qolişi tayin.
30 yoşdan 35 yoşgaça bölgan ota-ona, 10 yoşdan 14 yoşgaça bölgan 2 nafar bolalardan iborat sportsevar oilalar örtasidagi musobaqaning tuman bosqiçida saralaş bosqiçda ğoliblikni qölga kiritgan 10 ta oilalar iştirok etdilar. 7 ta şartdan iborat bölgan bellaşuvni baholaş, ğolib oilani belgilaş hakamlar uçun oson bölmadi, çunki barça iştirokçilar öta çaqqon va epçil ekanligi yaqqol körinib turardi. Bahslarga boy bölgan musobaqada Namuna ma-hallasidan Zarifboy Eşniyozov oilasi 3-örinni, Qiliçboy ovulidan Alişer Jumaniyozov oilasi 2-örinni, örta qalʼali Bahodir Yoqubov oilasi eng yaxşi sportçi oila deb topilib, faxrli 1-örinni egalladilar.
"Biz – aql-idrokli oilalarmiz” sport musobaqasining şaxmat turi böyiça ğoliblikni qölga kiritgan Yangiobod mahallasidan tumanimizning eng namunali şaxmatçilari, faxriy otaxon Bekjon Rahimovlar oilasini, Durunki mahallasidan eng namunali şaşkaçilar Zafar Qurbonovlar oilasini, "Otam, onam va men – sportçi oila” sport musobaqalarida Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritgan Örta qalʼa ovulidan Bahodir Yoqubov oilasini "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi nomidan yana bir bor muborakbod qilamiz!
Özaro döstlik bayramiga aylanib ketgan sport musobaqalari kötarinki ruhda yakunlandi. Iştirokçilar turli nominatsiyalar böyiça taşkilotçilarning diplom, Faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boşqaruvi boş mutaxassisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶