YaNGI MARRALAR SARI
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida har yili mamlakatimizda keng nişonlanadi. Biz – soha xodimlari uçun bu sana nafaqat kasb bayrami, balki ötgan yilgi bayramdan bu yilgi bayramgaça bölgan davr oraliğida amalga oşirgan işlarimizni tahlil qilib, kelgusidagi rejalarimizni belgilab oliş fursati hamdir.
Aytiş kerakki, tahririyatda xizmat qilgan xodimlarning öz sohasiga fidoyiligi natijasida tuman gazetasi sobiq ittifoq davrida ham yetakçi naşrlardan biri bölib kelgan. Ötgan bir yil davomida ham tahririyatimiz qator yutuqlarga erişdi.
Jumladan, 2014 yilning 15-iyulidan 15-avgustigaça bölgan davrda "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligi muvaffaqiyatli ötkazilgan bölsa, tarğibot oyligi yakunida "Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaşga doir kafolatlarning soha rivojidagi ahamiyati” mavzusida Respublika seminari ötkazildi. 15-avgust kuni gazetamizning 80 yilligi tumanimizda keng nişonlandi.
2014-yilning noyabr oyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalari hamda veb-saytimiz tahririyatlarining biryöla 3 ta loyihasi ğolib çiqib, loyihalarning har biri 14 million, jami 42 million sömlik davlat granti bilan moliyalaştirildi.
Ötgan davr mobaynida tahririyat xodimlari loyihalarni amalga oşiriş orqali atrof-muhitni muhofaza qiliş, aholi salomatligini mustahkamlaş va jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, yoşlar va yoş oilalarni namunali oilalar tajribasi asosida köp asrlik va sinovdan ötgan milliy anʼana va qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanaçilik, xalq hunarmandçiligi va boşqa tadbirkorlik faoliyati turlarini qişloq joylarda rivojlantiriş kabi davlat va jamiyat uçun muhim ahamiyatga molik işlarni amalga oşirişga öz hissalarini qöşib kelmoqdalar.
2014-yil yakunlariga bağişlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining axborot xizmati tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida amunews.uz veb-sayti Qoraqalpoğistondagi eng namunali internet axborot resursi sifatida eʼtirof etilişi ham tahririyat jamoasining samarali mehnatidan dalolatdir. Bugungi kunda mazkur saytda tumanimizning barça sohalaridagi yangiliklar tezkor, işonçli va qulay tarzda eʼlon qilinmoqda. Şu kungaça veb saytimizda 1 100 dan ortiq sahifada yangiliklar va xabarlar, maqolalar hamda ijodiy işlar bilan birga tumanimiz hayoti aks etgan 600 dan ortiq fotosuratlar eʼlon qilindi. Eng muhimi, 2015-yilning 1-çoragidan boşlab veb-saytga video-yangiliklar joylaştirila boşlangani taşrif buyuruvçilar sonining sezilarli darajada oşişiga sabab böldi. Bugungi kunda milliy domenda 20 mingdan ortiq veb-sayt röyxatdan ötgan bölsa, amunews.uz veb-sayti eng köp köriladigan 500 ta internet resurslari qatoridan joy olgan.
www.uz milliy qidiruv tizimining maʼlumotlariga köra, veb-saytimiz auditoriyasining asosiy qismini (75,3%) özbekistonlik foydalanuvçilar taşkil qilayotgan bölsa, xorij davlatlaridan taşrif buyuruvçilarning salmoqli qismi Rossiya (10,7%), AQŞ (7,1%), Qirğiziston (1,7%), Qozoğiston (1,5%), Tojikiston (1,3%), Germaniya (0,9%) davlatlari foydalanuvçilari hissasiga töğri keladi. Demak, uşbu mamlakatlarda ham Amudaryo tumanida bölayotgan yangiliklarni, tuman aholisining bugungi hayotini kuzatib boruvçi muştariylarimiz bor.
Söz yuritilayotgan davrdagi yana bir yangilik – gazetamizning adadi 2015-yilning 1-çoragida 7200 taga yetgani böldi. Bu sönggi 35-yil içidagi eng yaxşi körsatkiç bölib, gazetamiz tumanimizdagi deyarli har 3 ta xonadonning bittasiga kirib borayotganidan dalolatdir. Gazeta adadining oşişi tuman hokimligining amaliy yordami, muassasa, korxona va taşkilotlarning kömagi, ziyoli xalqimizning qöllab-quvvatlaşi natijasidir. Qolaversa, tahririyat tomonidan bir neça yillardan beri muntazam ravişda gazetaning davriyligini oşiriş, obuna narxini esa arzonlaştiriş siyosati yuritilib kelinayotgani ham maʼlum maʼnoda gazeta adadining oşişiga zamin yaratmoqda. 2012-yilgaça oyiga 2-marta, jami 2 bosma taboq hajmda çop qilinayotgan gazeta 2013-yildan boşlab oyiga 3-marta, jami 3 bosma taboq, 2014 yildan boşlab "Mening oilam” ilovasi bilan birgalikda oyiga 4-marta, jami 4 bosma taboq va 2015-yildan boşlab 5 bosma taboq hajmda çop qilinmoqda. 2013 yilda 1 bosma taboq hajmdagi gazetaning yillik obuna bahosi 1250 sömni taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 2014-yilda 1000 sömga, 2015-yildan boşlab 867 sömga tuşirildi. Kelgusida ham gazeta hajmini oşiriş, obuna narxlarini kamaytirib, gazetxonlar uçun maqbul narxlarni belgilaş çoralarini köramiz.
Ötgan yilgi obuna mavsumida tuman markazidan olisdagi ovul va mahallalarda yaşayotgan aholining tuman yangiliklaridan xabardorligini oşiriş maqsadida fuqarolar yiğinlari bilan hamkorlik yölga qöyilgani ham gazeta adadining oşişida öz samarasini berdi. Natijada deyarli 47 ta ovul va mahallaning barçasidan 1300 nafardan ortiq aholi gazeta obunaçilari safidan joy oldi. Fuqarolar yiğinlari bilan tuzilgan şartnoma şartlariga köra, obuna uyuştirişda faol iştirok etgan 12 ta fuqarolar yiğinlariga umumiy qiymati 15 million sömlikdan ortiq mablağ evaziga noutbuk, uyali va statsionar telefon, internetga ulanişga xizmat qiluvçi modem va statsionar antennalar sovğa qilindi. Bu orqali nafaqat gazetaning obunasi oşdi, balki uning tarqaliş hududi kengaydi, çekka qişloqlar aholisining tuman yangiliklaridan xabardorlik darajasi oşdi va fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnika bazasi yanada yaxşilandi.
Şu sababli joriy yilgi obuna mavsumida ham bu işlarni davom ettiriş közda tutilmoqda.
Gazeta obunasining oşişi tahririyatning moddiy ahvoli yanada yaxşilanişiga olib keladi, albatta. 2014-yilda tahririyat binosi kapital taʼmirlanib, iş xonalari zamonaviy uslubda jihozlandi, iş uçun zarur orgtexnika vositalari va ofis jihozlari bilan taʼminlandi. Şaxsan tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşevning taşabbusi va amaliy yordami bilan tahririyatga yana 1 ta xizmat avtomaşinasi olindi. Endilikda gazeta tumanning barça ovul va mahallalaridagi obunaçilarga muassasa, korxona va taşkilotlarga, aholiga bosmaxonadan çiqqan kunning özidayoq tahririyatning xizmat avtomaşinalarida yetkazib berilmoqda.
Tahririyat tomonidan amalga oşirilayotgan bu kabi keng kölamli işlar, erişilayotgan yutuqlar va qölga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar Özbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan gazeta, jurnallar, internet agentliklari va naşrlari jurnalistlari, şuningdek blogerlar örtasida ötkazilgan "Eʼtirof” tanlovining hakamlar hayʼatini ham beeʼtibor qoldirmadi. Tanlovda "Taraqqiyot közgusi” gazetasi "Özbekistonning eng yaxşi hududiy gazetasi” degan şarafli nomga loyiq körildi. Tanlovning mazkur nominatsiyasida "Taraqqiyot közgusi” gazetasi 1-örinni qölga kiritgani tahririyatimiz xodimlarining va gazetamiz muştariylarining çeksiz quvonçiga sabab bölgani şubhasiz. Albatta, Özbekistonning eng yaxşi hududiy gazetasi degan nomga erişişda nafaqat tahririyat ijodiy jamoasining, balki gazeta muassislari - Amudaryo tumani hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengaşining, 7 mingdan ortiq obunaçilarning, maʼnaviyatga, maʼrifatga oşna butun amudaryoliklarning hissasi bor.
Xalqimizda "mard maydonda sinaladi” degan ibora bor. Darhaqiqat, qaysi yurtda mardlarning kuç-qudratini sinovdan ötkazuvçi musobaqa maydonlari köp bölsa, şu eldan biri biridan çapdast polvonlar, biri biridan kuçli botirlar yetişib çiqadi. Bunday azamat öğlonlari bor yurt yovga aslo taslim bölmaydi. Ramziy maʼnoda aytadigan bölsak, "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalari ham faqat aholini xolis va işonçli axborot bilan taʼminlovçi ommaviy axborot vositasi bölib qolmasdan, tumanimizda yaşovçi yuzlab ijodkorlar uçun nasr va nazmdagi isteʼdodlarini namoyon qiliş maydoni hisoblanadi. Darhaqiqat, bu maydonni qançalik keng va barça uçun oçiq qilsak, biri-biridan isteʼdodli ijodkorlar yetişib çiqadiki, bunday öğil-qizlari bor ona Özbekistonimizga heç qanday buzğunçi ğoyalar xavf sola olmaydi. Şu maqsadda joriy yilning avvalida tahririyat ijodiy jamoasi va tumanimizda yaşovçi bir guruh taşabbuskor ijodkorlar yana bir xayrli işga qöl urişdi.
Xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoş avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirişda badiiy adabiyotning örni, taʼsiri va ahamiyatini yanada oşiriş, adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qöşiş hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan şoir va yozuvçilar, jurnalistlar, havaskor şoirlar va havaskor yozuvçilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalarini qöllab-quvvatlaş, ularning ijodiy salohiyatlarini röyobga çiqariş maqsadida "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti taşkil qilindi. Mazkur taşkilot 2015-yil 12-iyun kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi va öz faoliyatini boşladi.
Tumanimizda yaşovçi şoir va yozuvçilar, jurnalistlar, adabiy ijod, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat bilan şuğullanuvçi, ijod namunalari matbuot va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan, 18 yoşga tölgan şaxslar, havaskor şoirlar va havaskor yozuvçilar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalari mazkur jamoat birlaşmasiga aʼzo bölişi mumkin. Taşkilot esa öz navbatida aʼzolarni ijtimoiy jihatdan muhofaza qiliş, rağbatlantiriş, mehnat, turmuş va dam oliş şaroitlarini yaxşilaşga yordam beradi, ularning ijod mahsulini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilişga kömaklaşiş, alohida kitob va töplamlar körinişida naşrga tayyorlaş va çop qildiriş kabi vazifalarni zimmasiga oladi.
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi taʼsisçilar bilan birgalikda kelgusida mazkur nodavlat notijorat taşkilotining faoliyatini rivojlantiriş orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşga hissa qöşişni öz oldlariga maqsad qilib qöyganlar.
Amudaryo televideniyesi ham tumanimiz aholisining axborotga bölgan ehtiyojini taʼminlaşga hissa qöşib, ularni tuman yangiliklari bilan tezkor ravişda taniştirib, tuman hayotining barça sohalaridan tayyorlangan telemateriallari bilan aholiga manzur bölmoqda. Telekanal tahririyati faoliyatini yanada rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor natijasida ötgan yilning 2-çoragidan boşlab asosiy efir vaqtining davomiyligi haftasiga 12 soatdan 20 soatga uzaytirildi.
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 17-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan "Özbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik ötiş böyiça Davlat dasturi” asosida raqamli televideniyega bosqiçma-bosqiç ötiş maqsadida tumanimizda ham amaliy işlar boşlab yuborildi.
Şu kunlarda "Manğit” radio televizon stantsiyasiga raqamli teleuzatgiç örnatiş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Kelgusida Amudaryo televideniyesi telekörsatuvlarini ham raqamli formatda uzatiş böyiça zarur çoralar körilmoqda. Telekörsatuvlarni analog tizimdan raqamli formatga ötkaziş natijasida televideniye dasturlarini uzatiş xizmatlarining sifat körsatkiçlari tubdan yaxşilanib, dasturlar soni va efir vaqti kengayişiga zamin yaratiladi.
Fursatdan foydalanib, barça matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini, fidoyi jurnalistlarni va jonkuyar hamkasblarimizni kasb bayrami bilan çin qalbimdan tabriklayman. Ezgu işlaringizda hamişa omad yor bölsin, azizlar!
Ğulomjon YeŞNIYoZOV,
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi boş muharriri,
"Amudaryo televideniyesi” MÇJ direktori,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶