Ğamörlikka javoban
Men bundan 10-yil avval Toşkent şahridagi "Maşhura” firmasi maʼmuriyati va tumanimiz hokimligining qöllab-quvvatlaşi tufayli tumanimizda "Maşhura” firmasining filialini taşkil qilganman. Şu davrda 25 million sömlik bank krediti asosida öz xususiy korxonamning işini yölga qöydim. Bir qança yoş qiz-kelinlarni iş bilan taʼminladim, yiliga yuzlab ayol-qizlarga çevarlikning nozik sirlari yuzasidan maşğulotlar olib bordim.
"Maşhura” firmasining filialida tahsil olgan sobiq şogirdlarimning köpçiligi öz biznes loyihalarini işlab çiqib, xususiy korxona egalari sifatida şakllanganlar.
Mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor berilayotgani joylarda köplab iş örinlarining yaratilişiga sababçi bölmoqda. Birgina bizning tumanimizda 2014-yilda 104 nafar ayol-qizga 1 milliard sömlik imtiyozli kreditlar berildi. Bu – davlatimiz tomonidan tadbirkorlik bilan şuğullanişga qiziqayotgan ayol-qizlarimizga körsatilayotgan ğamxörlikning yorqin bir namunasidir.
Men ayni kunda xususiy tikuvçilik korxonasiga rahbarlik qilayapman. 2009-yilda taşkil qilingan bu korxonada 5 kişi mehnat qilamiz. Tikuvçilik işlarini sifatli bajarayotganligimiz tufayli mijozlarimiz soni kun sayin köpayib bormoqda. Bizning korxonamizda 10 ta tikuv maşinalari örnatilgan bölib, ularning 5 tasidan tikuvçilik kasbini örganişga ixlos qöygan şogirdlarim foydalanişadi.
Biz – tadbirkorlar davlatimiz tomonidan körsatilayotgan ğamxörliklarga javoban aholiga sifatli xizmat körsatişga, şogirdlarimiz sonini köpaytirişga eʼtiborni yanada kuçaytiramiz.
Tamara
YuSUPOVA, tadbirkor,
"Tamara - Feruza” xususiy korxonasi rahbari.
Maqola
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat
taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini
qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha
doirasida eʼlon qilindi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶