14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:30
Iqtisodiyot 👁 2,039

Keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Mamlakatimizda aholi turmushi farovonligini yuksaltirish, uning bandligi darajasini oshirish, umuman, iqtisodiy taraqqiyotimizni taʼminlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Shunday ekan, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning roli va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida Prezidentimizning Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga asosan tadbirkorlarga bir qator yengilliklar berib kelinmoqda. Soliq yukini pasaytirish ­– mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yigʻilishida soʻzlagan nutqida Oʻzbekistonimiz uchun yakkayu yagona toʻgʻri, yaʼni tadrijiy, bosqichma-bosqich rivojlanish yoʻlini tanlab olganimiz, barchamiz ­– bu tadbirkorlar boʻladimi, mutaxassislar boʻladimi – shunday murakkab vaziyatda 2015-yil va undan keyingi yillarda oʻz oldimizga qoʻyayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichda davom ettirish, iqtisodiyotimizni barqaror surʼatlar bilan rivojlantirish, yurtimizni, Vatanimizni yanada obod va farovon etishdek aniq hamda ezgu maqsadlarga erishish yoʻlida ogʻishmay mehnat qilishimiz kerakligini taʼkidladilar.

Prezidentimiz nutqlarida qayd etilganidek, malakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash, bu jarayonda soliq yukini pasaytirishga qaratilgandir. Jumladan yangi yil arafasida soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari darajasida bir qator muhim xujjatlar qabul qilingani eʼtiborga molik. Shulardan muhtaram Prezidentimizning 2014-yil 4-dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi. Mikrofirmalar, kichik korxonalar hamda fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan 15 foizga, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes subʼektlari uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga pasaytirildi.

Shuningdek, ushbu qarorga koʻra bir qator soliq imtiyozlarining muddatlari uzaytirildi. Bunday harakatlar soliqlarning ragʻbatlantiruvchi roli oshib borayotganligidan dalolatdir.

2015-yilning 1-yanvaridan boshlab respublikamizda toʻrt pogʻonali soliq stavkalarini qoʻllash tartibi joriy etilgani ham koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotayapti. Mutaxassislarning aytishicha, bu jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblashda eng kam ish haqining bir baravarigacha "0” darajali stavkani qoʻllash tartibini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, fuqarolarning eng kam ish haqining bir baravarigacha daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Sartaroshlik va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar koʻrsatadigan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari maishiy xizmat faoliyati turlari soliq stavkalari tarkibiga kiritildi va soliq stavkasi faoliyatining amalga oshirilgan joyiga qarab, 2014-yildagiga nisbatan eng kam ish haqining 0,5 baravariga pasaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi "Soliq va byudjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, Soliq Kodeksining 46 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Soliq kodeksining 54-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga asosan endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham yuridik shaxslar singari davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar shuningdek, moliyaviy sanktsiyalar summalarini toʻlashni olti oy maboynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqi berildi.

Soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarda yoshlarning iqtisodiy manfaatlari ham koʻzda tutilgani diqqatga sazavor. Yaʼni 2015-yildan boshlab kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari oʻn ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilsa, olti oy davomida qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi.

Tadbirkorlarga bunday imkoniyatlarning yaratib berilishi islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, albatta.

Mansur ShOMURODOV, tuman davlatsoliq inspektsiyasi shoʻʼba boshligʻi.


Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida eʼlon qilindi.

(Foto - http://www.turkistonpress.uz)

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019