Davlat xizmatçilariga korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy qonunçilikdan köçirmalar tarqatildi
Korruptsiyaga qarşi kuraşişda davlat organlari, jamoatçilik va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi muhim örin tutadi. Xususan, jamoatçilikning xabardorligini oşiriş, sohaga oid huquqiy bilimlarni keng ommaga yetkaziş, aholi, ayniqsa, davlat xizmatçilari örtasida halollik, masʼuliyat va javobgarlik hissini şakllantiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tadbirlar aynan şu maqsadga xizmat qilmoqda. Loyiha doirasida davlat xizmatçilari iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari ötkazilmoqda.
Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tuman filiali, tuman Adliya bölimi va Döstlik mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ötkazilgan davra suhbatlarida korruptsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy taʼsiri, uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş masalalari atrofliça muhokama etildi. Şuningdek, iştirokçilarga korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy qonunçilikdan köçirmalar tarqatildi. Unda korruptsion holatlarning oldini oliş, manfaatlar töqnaşuvi, şaffoflik va javobgarlikni taʼminlaşga oid muhim normalar öz ifodasini topgan.
Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptiriş, davlat xizmatçilarining halollik va masʼuliyatni öz vazifalarining ustuvor tamoyiliga aylantirişi — yurtimizda huquqiy demokratik davlat va kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir.
Şohzod Qurbonboyev, loyiha koordinatori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶