QISQA SATRLARDA
Deputat bilan uçraşuv
25-may kuni tuman hokimligida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Joldasboy Abdujamilov bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda deputat Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida 2015-yilning ötgan davri mobaynidagi deputatlik faoliyati yuzasidan axborot qildi.
***
Ota-onalar yiğilişi
26-may kuni Amudaryo transport va xizmat körsatiş kasb-hunar kollejida Qoraqalpoğiston Respublikasi hukumati, huquqni muhofaza qiliş organlari, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boşqarmasi vakillari hamda tuman hokimligi xodimlariningkollej öquvçilari ota-onalari bilan uçraşuv yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda kollej öquvçilarining davomatini yaxşilaş, yoşlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatçiliklar sodir etilişining oldini oliş, ularning nazoratsiz qolişiga yöl qöymaslik, kollej-mahalla-ota-ona hamkorligini yanada yaxşilaş masalalari muhokama etildi.
***
ÇEGARALAR DAXLSIZLIGI YÖLIDA
27-may kuni tuman hokimligi binosida Özbekiston Respublikasining "Davlat çegaralari töğrisida”gi qonuni yuzasidan tuşuntiriş işlari olib boriş maqsadida yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda Özbekiston Respub-likasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat çegaralarini himoya qiliş qömitasi, 91-15-sonli, 92-02-sonli, 92-02 "D” sonli harbiy qismlardan vakillar, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, içki işlar bölimi hamda çegara hududida joylaşgan ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari iştirok etdilar.
Öz muxbirimizdan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶