12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:59
Siyosat 👁 489

MTTLARDA SOĞLOM OVQATLANIŞNI TAŞKIL ETIŞ, SAVDO ŞOXOBÇALARIDA SIFATSIZ MAHSULOTLAR SOTILIŞINING OLDINI OLIŞGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA

MTTLARDA SOĞLOM OVQATLANIŞNI TAŞKIL ETIŞ, SAVDO ŞOXOBÇALARIDA SIFATSIZ MAHSULOTLAR SOTILIŞINING OLDINI OLIŞGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA

Har tomonlama soğlom va barkamol insonni tarbiyalaş maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan boşlanadi. Çunki bolaning jismoniy, maʼnaviy-ruhiy jihatdan şakllaniş jarayoni  aynan boğça yoşidan şakllanadi. Şu bois, davlatimiz tomonidan maktabgaça taʼlim-tarbiya taşkilotlari  faoliyatini tubdan takomillaştiriş, taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarda uzviylikni taʼminlaş, ayniqsa, bolalarning soğlom ovqatlanişini taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada hududlardagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlari tomonidan MTTlarda, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi, şuningdek, umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida  amalga oşirilayotgan nazorat tadbirlarining ahamiyati katta. Sababi sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining  isteʼmoli hamda  sanitariya-gigiyenik holatning  pastligi inson, ayniqsa, yoş bolalar salomatligi uçun jiddiy xavf hisoblanib, köpçilik holatlarda  köngilsiz asoratlarga olib keladi. Özbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida"gi Qonuni talablari darajasida amalga oşirilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan ham rejaviy jadval asosida   muntazam ravişda ötkazilib, aniqlangan kamçiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi  tasarrufida 52 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti mavjud bölib, mazkur  MTTlarda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonun talablariga asosan tarbiyalanuvçilarni soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaniş darajasi, maktabgaça taʼlim taşkilotlari oşxonalarida oşxona xodimlari tomonidan sanitariya qoidalari va gigiyena meʼyorlari hamda ovqat tayyorlaş texnologiyalariga rioya qilgan holda taom tayorlanişi  mutaxassislar iştirokida örganilib borilmoqda. Nazorat tadbirlari jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanişi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarşi talablarga rioya  etilişi, zaxira omborlarining holatlari ham mutaxassislar iştirokida alohida örganilayotgani özining ijobiy samarasini bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining qöşma qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi  bölimi mutaxassislari tomonidan tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi №4 va №5-sonli   MTTlarda tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişini taşkil qiliş  böyiça amalga oşirilayotgan işlar örganildi.  Örganişlar jarayonida mazkur MTTlarning oşxonalari sanitariya qoida meʼyorlari talabi böyiça taʼmirlanib, jihozlangani, oşxonalarda oşpazlarning öz faoliyatlarini ovqat tayyorlaş texnologiyasi asosida amalga oşirişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgani maʼlum böldi. Xususan, ovqat uçun zarur masalliqlar tayyorlaş xonasi, ovqat pişiriş xonasi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş omborxonalari sanitariya-gigiyena talablariga töliq javob beradi. Ikkala MTTlarga ham taʼminotçi korxonalar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari omborxonalarda maxsus stellajlarda, markirovkalangan idişlarga joylaştirilgan holda saqlanadi. Göşt, sut va tez buziluvçi  oziq-ovqat mahsulotlari uçun aloxida sovutgiç va muzlatkiçlar mavjud. Şunday bölsa-da,  MTTlarda  bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanişini taşkil qilişni taʼminlaş maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining sanitariya-gigiyenik va bakteriologik laboratoriyalariga ikkala MTTda  tayyorlangan ovqatdan  tahliliy namunalari olinib, laboratoriya şifokorlari tomonidan  tekşiruvdan ötkazildi  hamda tekşiriş natijalari yuzasidan bayonnomalar berildi.

Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan belgilangan rejaviy-jadval asosida tuman MMTB tasarrufidagi MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalar örtasida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş davlat sanitariya vraçining “Respublikada parazitar kasalliklar profilaktikasi böyiça tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida”gi 121-sonli buyruğiga binoan har bir tarbiyalanuvçi sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi parazitologiya laboratoriyasi laborantlari nazorati ostida gijja tuxumi bor-yöqligini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötkazib boriladi va tahlil natijasiga köra, zarur davolaş çora-tadbir rejalari tuzilib, bajarilişi qatʼiy nazoratga olinadi.

Nazorat tadbirlari davomida №4- va №5-sonli MTTlar  tarbiyalanuvçilari orasida gijja tuxumi borligi bilan boğliq salbiy holatlar aniqlanmadi. Mazkur MTTlarda tarbiyalanuvçilar har tomonlama soğlom va tetik rivojlanmoqda.

Yoz — pişiqçilik va tökin-soçinlik fasli. Lekin ana şu tökin-soçinlikdan meʼyorida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda foydalanmaslik salomatlik bilan boğliq muammolarga sabab böladi. Xususan, yuvilmagan meva-çevalar isteʼmoli, bozor rastalarida, quyoş tiğida uzoq turib qolgan, sifati buzilgan poliz va sabzavot mahsulotlarini eʼtiborsizlik bilan xarid qilib, oila aʼzolari bilan birgalikda tanovul qiliş oqibatida köpinça yoş bolalar orasida ötkir oşqozon-içak kasalliklariga çaliniş holatlari köp uçraydi. Şunday noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan yoz mavsumida ovqatdan zaharlaniş, ayniqsa, yuqumli içak kasalliklarining oldini olişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.  Meva-sabzavotlar va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarining bozorlarda sifati buzilmagan holda sotilişini taʼminlaş, şuningdek, zararlangan yoki muddati ötgan mahsulotlar sotilişining oldini olişga qaratilgan tahliliy nazorat işlari tufayli tuman hududidagi bozorlarda sifatsiz mahsulotlar sotilişining oldi olinmoqda.

Şu kunlarda mavsumiy çora-tadbirlar rejasiga muvofiq, oliy toifali epidemiolog-şifokor Mirzabek Amanqulov tomonidan Manğit dehqon bozori va savdo nuqtalarida sotilayotgan mevalar, sabzavotlar hamda boşqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, sifat jihatidan örganiş  işlari amalga  oşirilmoqda. Şu bilan birga, aholi, mahallalar va mehnat jamoalari örtasida ovqatdan zaharlaniş hamda ötkir diareya kasalliklaridan saqlaniş   yuzasidan keng qamrovli tarğibot-taşviqot işlari  ham olib borilmoqda.

Amalga oşirilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida mutaxassislar tomonidan Manğit dehqon bozoridagi savdo rastalarida poliz  va sabzavot  mahsulotlarining sifati va ularning saqlaniş holatlariga eʼtibor beriş,   mahsulotlarni belgilangan qoidalar asosida saqlaş zarurligi böyiça sotuvçi-dehqonlarga batafsil tuşunçalar va zarur tavsiyalar berilmoqda. Aholi salomatligini muhofaza qiliş, MTTlarda tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişini taşkil etiş, taʼminotçi korxonalar tomonidan  yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-epidemiologik  va gigiyena qoidalari talablariga javob berişini taʼminlaşga qaratilgan nazorat tadbirlari belgilangan rejaviy-jadval asosida  davom etmoqda. Bunday tadbirlar tumandagi barça MTTlarda, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi dökonlar va bozorlarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bundan közlangan maqsad  xalqimiz salomatligiga xavf tuğdiruvçi har qanday salbiy holatning oldini oliş, ösib kelayotgan yoş avlodning har tomonlama soğlom voyaga yetişini taʼminlaşga hissa qöşişdir.

Kezi kelganida şuni alohida qayd etiş joizki, ayni paytda, havo haroratining keskin kötarilişi bois, ötkir yuqumli içak kasalliklarining köpayişi ham kuzatilmoqda. Bu kabi köngilsiz holatlarning oldini oliş va ularni öz vaqtida aniqlaş maqsadida joriy yil 1-maydan 31-oktyabrga qadar Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Köp tarmoqli markaziy poliklinika, Oilaviy poliklinika va Oilaviy şifokorlik punktlarida jami 21-örinli oral regidratatsiya punktlari taşkil etildi. Mazkur regidratatsiya punktlarida ovqatdan zaharlaniş, diareya kasalliklariga çaliniş ehtimoli bölgan bolalar va kattalarga tibbiy yordam körsatilib, kasallikni barvaqt aniqlaş va taşxislaş çoralari köriladi va  fuqarolar, ayniqsa, yoş bolalar örtasida yuqumli oşqozon-içak kasalliklari tarqalişining oldini oliş imkonini beradi.

NIGORA  EŞIMOVA, Amudaryo tumani Sanitariya- epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi sanitariya-gigiyena bölimi mudirasi.

 MIRZABEK AMANQULOV, Amudaryo tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik  va jamoat salomatligi bölimi oliy toifali epidemiolog-şifokori.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026