BARKAMOL AVLODGA
Bolajonim, zaboningdan aylanay,
Ezgu qadam, imkoningdan aylanay.
Tanlagan yöl – irfoningdan aylanay,
Muhabbatli tuğyoningdan aylanay,
Nigohi öt, çaqmoğimdan aylanay.
Erk quyoşi porlab turar boşingda,
Istiqlol aksi bor har qaraşingda.
Jasorat böy tiklaydi bardoşingda,
Vatan gullar manglaying quyoşida,
Kelajakka sarbonimdan aylanay.
Yillar bilan ulğayasan, polvonim,
Barçin qizim, alp siyoqli öğlonim
Dunyoni çulğaydi donğ-u suroning,
Şunda manim dilga siğmas tuğyonim,
Soğlom aql-u kamolingdan aylanay.
Istiqlol çamani – senga bu yurtda,
Yer-u osmon – borliq senga bu yurtda.
Tinçlik degan boylik senga bu yurtda,
Sen – Vatanga, Vatan – senga bu yurtda
Metin kamar bölğonidan aylanay.
Ildizlari teran, uluğ urpoğim,
Şahd-u şijoatga töluğ har yoğim.
Baland tut hamişa hurlik mayoğin,
Mustaqil Vatanning közi, qaroği –
Barkamol qiz, öğlonimdan aylanay.
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶