STATISTIKA TIZIMIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLAR
Tuman Statistika bölimi Özbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan tadbirkorlikni rivojlantiriş, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilişni kuçaytiriş böyiça qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosini taʼminlaş yuzasidan Davlat statistika qömitasining kompleks çora-tadbirlar rejasiga asosan bir qança işlarni amalga oşirib kelmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi va 2012-yil 18-iyuldagi "Işbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxşilaş va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik beriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlarining qabul qilinişi tadbirkorlikning yuqori darajada rivojlanişini taʼminlab, öz navbatida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yanada oşirişga asos yaratib berdi.
Yuqoridagi farmonlar bilan 65 turdagi davlat statistika hisoboti şakllari umuman qisqartirildi va 23 turdagi davlat statistika hisoboti şakllarining taqdim etiş muddatlari tubdan özgartirildi.
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiriş, byurokratik tösiqlarni tugatib boriş evaziga yaratilgan işbilarmonlik muhitini yaxşilaş maqsadida yangidan taşkil etilayotgan tadbirkorlik subʼektlarini davlat röyxatiga olişda qulayliklar yaratilmoqda. Masalan, ilgarilari tadbirkorlikni boşlamoqçi bölgan şaxslar firma nomini oliş uçun statistika organiga borib ariza berişlari, javobini 2 iş kunida, 2011-yildan boşlab esa 8 iş soati içida olişlari mumkin edi. Prezidentimiz farmonining ijrosini taʼminlaş yuzasidan Davlat statistika qömitasi tomonidan 2012-yilning 1-avgustidan boşlab firma nomlari böyiça internet orqali keçayu-kunduz kelib tuşgan arizalarni 4 iş soati davomida körib çiqiş amaliyotga joriy etildi.
Fuqarolarning yozma va oğzaki murojaatlari bilan işlaşning amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida taşkil etilişini taʼminlaş va bu borada nazoratni yanada kuçaytiriş, Özbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonuni ijrosini sözsiz taʼminlaş, fuqarolar murojaatlarini körib çiqişning natijadorligini yanada oşiriş yuzasidan statistika bölimi tomonidan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Tuman statistika bölimi rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qiliş belgilangan jadval asosida amalga oşirilmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining töliq va sifatli işlaşini taʼminlaş maqsadida statistika tizimi xodimlarining malakalarini doimiy ravişda oşirib boriş işlari tizimli yölga qöyildi.
Kelgusida tizimimizdagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yangilab, xodimlarimiz malakalarini oşirib boramiz va 2015-yildan boşlab bosqiçma-bosqiç davlat statistika xisobot şakllarining internet orqali töliq qamrab olinişini taʼminlaymiz.
Hamza HAYTIMBETOV, tuman Statistika bölimi boşliği.
(Foto http://www.olx.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶