Profilaktika – osoyiştalik garovi
Mamlakatimizda jinoyatçilikka qarşi murosasiz kuraşiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, joylarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar va mahalliy hokimiyat vakillari iştirokida muntazam ravişda ötkazilayotgan tarğibot-taşviqot uçraşuvlari bu boradagi muhim mexanizmlardan biriga aylangan.
Şu maqsadda Amudaryo tumani Toryop mahallasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltiriş masalalariga bağişlangan oçiq muloqot bölib ötdi. Uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Muxammetali Xöjamuratov, sektor rahbarlari, mahalla faollari, yoşlar va nuroniylar iştirok etdi.
Tadbir davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari, ularning salbiy oqibatlari, yoşlar tarbiyasi, mahallaning ijtimoiy muhitini soğlomlaştiriş böyiça atrofliça fikr almaşildi. Tahlillarga murojaat qilinganida, ayrim oilalarda ijtimoiy nazoratning yetarli emasligi, yoşlar orasida huquqiy bilim yetişmasligi ayrim salbiy holatlarga sabab bölayotgani taʼkidlandi.
Jarayon mobaynida tuman hokimi Sobir Xöjametov jinoyat sodir bölganidan keyin harakat qiliş emas, uni sodir etmaslikka erişiş muhim ekanligini, şu bois har bir mahalla, har bir xonadonning içki muhitini çuqur örganiş, profilaktik çora-tadbirlarni kuçaytiriş zarur ekanligini taʼkidladi.
Uçraşuv davomida Toryop mahallasida kuzatilayotgan muammolar — işsizlikni kamaytiriş, aholi bandligini taʼminlaş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga kömaklaşiş masalalari kötarildi. Tuman hokimi Sobir Xöjametov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, masʼul rahbarlarga tegişli topşiriqlar berdi.
Qayd etiş joizki, mahalla — jamiyat közgusi, şu sababli jinoyatçilikni kamaytiriş uçun birinçi navbatda mahalla muhitini soğlomlaştiriş, yoşlarning maʼnaviyatni yuksaltiriş, ularni sport va kasb-hunar örganişga jalb etiş lozim. Bu borada hokimlik, prokuratura, IIB va fuqarolarning birgalikdagi saʼy-harakati muhim ahamiyat kasb etadi.
Yiğilişda mahalladagi profilaktika inspektorining faoliyati ham tahlil qilinib, zarur resurslar bilan taʼminlaş böyiça tegişli mutasaddilarga topşiriqlar berildi. Mahalla faollari, nuroniylar bunday oçiq muloqotlar mahalladagi muhitni ijobiy tomonga özgartirişda muhim örin tutişini qayd etdilar.
Tadbir yakunida jinoyatçilikning oldini oliş, huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş har bir fuqaroning burçi ekani taʼkidlanib, barçani ogohlikka, huşyorlikka, qonunlarga hurmat bilan qaraşga daʼvat etildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶