“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar 46-sonli maktabda iqtidorli yoşlarni kaşf etiş imkonini bermoqda
Insonning şaxs sifatida şakllaniş jarayoni uning bolalik va ösmirlik davrida olgan bilim va könikmalariga boğliq, deyişadi. “Yoşlikda olgan bilim – toşga öyilgan naqş” iborasi esa insonga ilm-u hunar egallaş borasidagi eng maqbul davri – yoşlikning har bir daqiqasidan unumli foydalanişga daʼvat etayotgan kabi jaranglaydi.
Şu nuqtai nazardan olib qaraydigan bölsak, joriy yilning 15-may sanasida Prezidentimiz rahbarligida bölib ötgan, taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarga bağişlangan videoselektor yiğilişida şaxsan davlatimiz rahbari taşabbusi bilan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida butun mamlakatimiz böylab keng quloç yoygan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham mohiyatan yoşlarning iqtidor va salohiyatlarini rivojlantiriş, ularni yangi marralar sari ruhlantiriş, umrning ötayotgan har bir kuni, har bir daqiqasidan unumli foydalanişga daʼvat qilayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada Amudaryo tumani hokimligi, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi hamda boşqada hamkor taşkilotlar masʼullari iştirokida işlab çiqilgan reja asosida taşkillaştirilayotgan dildan muloqot tarzidagi davra suhbatlari, “Uç avlod uçraşuvi”, şeʼriyat va kitobxonlik keçalari, turli sport musobaqalarida 7 yoşdan 17 yoşgaça bölgan bolalar, ösmir-yoşlar iştirok etişmoqda.
Ana şunday köngiloçar tadbirlardan biri tumanning Xizr eli mahallasi hududidagi 46-sonli umumtaʼlim maktabida ham bölib ötdi. Mazkur taʼlim muassasasida öquvçilar taʼtilga çiqqan kundan eʼtiboran “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oşiriladigan işlar böyiça aniq vazifalar belgilab olindi va şu asosda öquvçi-yoşlarning taʼtil davrini mazmunli ötkazişlari, özlarining qiziqiş va iqtidorlarini amalda namoyon etişlari uçun bir neça yönalişlarda tögaraklar faoliyati yölga qöyilib, zarur şart-şaroitlar yaratildi.
Ayniqsa, öquvçi-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilgan sport-soğlomlaştiriş musobaqalari, badiiy havaskorlik tögaraklari aʼzolari iştirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy köngiloçar tadbirlar ösib kelayotgan yoş avlod qalbida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat tuyğusini mustahkamlab,, vatanparvar, özaro mehr-oqibatli insonlar sifatida voyaga yetişlarida muhim omil bölmoqda.
“Biz vatanparvar yoşlarmiz!” şiori ostida taşkillaştirilgan uç avlod uçraşuvi tarzidagi tadbirda Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar bölimi rahbari Gözal Saburova, Ekologiya partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi raisi Saʼdulla Sodiqov, Amudaryo muhandislik texnikumi direktori Şuhrat Yuldaşevlar va maktab pedagogika jamoasi hamda öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Tadbir avvalida mehmonlar maktab direktori Odilbek Jumaboyev taklifiga köra, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taşkil etilgan tögaraklar faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. “Ekologiya”, “Yoş kitobxon”, “Yoş musavvir” tögaraklari aʼzolari tomonidan taşkil etilgan jonli tabiat, kitoblar va rasmlar, qöl mehnati va töqimaçilik mahsulotlari körgazmalari, şuningdek, yoşlarni soğlom turmuş tarziga rioya qilişga undovçi töğri ovqatlaniş va vaqtida dam oliş böyiça yönaltirişga qaratilgan sanitariya-gigiyena talablari böyiça taşkil etilgan körgazmalar tadbir mehmonlarida katta taassurotlar qoldirdi.
Ayniqsa, matematika va mantiq tögaragi aʼzolari tomonidan taşkillaştirilgan savol-javoblar tarzidagi, ingliz tili tögaragi aʼzolarining jonli muloqot körinişidagi körgazmali taqdimotlari Xizr eli mahallasi hududidagi 46-sonli maktabda haqiqiy bilimdon va yuksak salohiyatli yoşlar taʼlim-tarbiya olib, yozgi taʼtil davrini ham özlari uçun foydali maşğulotlar bilan şuğullaniş orqali ijodkorlik bilan mazmunli ötkazayotganliklarni tadbir mehmonlari alohida eʼtirof etdilar.
Tadbir davomida iştirokçilar maktabda taşkil etilgan boks, şaxmat-şaşka, voleybol va futbol tögaraklari faoliyati bilan ham yaqindan tanişib, mazkur tögaraklar aʼzolari bilan muloqotda böldilar.
Şu kuni “Dolzarb 90 kun” doirasida 2-sinf öquvçilari uçun yöl harakati qoidalari böyiça dars-maşğulotlari, 5-sinflarda “Zakovat” intellektual öyini, kitobxonlik darsi hamda 2-sinflarda “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirlari ham taşkil qilinib, bu tadbirlarda öquvçilar özlarining yozgi taʼtil paytida egallagan bilim va könikmalarini amalda namoyon etdilar.
Maktab badiiy havaskorlik tögaragi aʼzolari tomonidan ijro etilgan kuy va qöşiqlar tadbirga yanada joziba, köngillarga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Tadbir yakunida Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar bölimi rahbari Gözal Saburova, 2024-2025 öquv yilida alohida yutuqlarga erişgan bir guruh öqituvçilarga tuman hokimining taşakkurnomalarini taqdim etdi va yoşlarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantiriş, yozgi taʼtil davrida ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş borasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan maktab pedagogika jamoasiga minnatdorçilik bildirdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶