“Greenleaf” nomli yangi doʻkon oʻz faoliyatini boshladi
Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, inson salomatligi uchun foydali mahsulotlardan foydalanish bugungi kunda jahon miqyosida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tabiiy va biologik faol qoʻshimchalarga boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda. Mangʻit shahrining Boy ovul mahallasi hududida yangi “GreenLeaf” nomli savdo nuqtasini tashkil qilgan Azamat Qutlimurotov va uning turmush oʻrtogʻi yakka tartibdagi tadbirkor Gulruhsor Nafasovalar ham ana shu talabni qondirishga hissa qoʻshishni maqsad qilishgan.
Yangi doʻkonning ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Hamza Haytimbetov, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, tadbirkorlar hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan Gulruhsor Nafasovaning sohadagi koʻp yillik tajribasi, jumladan marketing sohasidagi 4-yillik faoliyati alohida taʼkidlandi. Shu bilan birga, inson salomatligi uchun foydali boʻlgan tabiiy va dorivor mahsulotlarning ahamiyati, bunday mahsulotlarning keng targʻib qilinishi aholi farovonligiga xizmat qilishi qayd etildi.
Taʼkidlash joizki, Gulruhsor Nafasova tadbirkorlik bilan 18-yildan buyon shugʻullanib keladi. U marketing sohasida ham 4-yillik amaliy tajribaga ega. Tadbirkorning asosiy maqsadi — har bir xonadonda kasalliklardan holi sogʻlom muhit yaratish va inson salomatligini mustahkamlashga hissa qoʻshishdir.
Doʻkon ostonasida yaxshi niyatlar bilan alvon rangli tasmalar kesildi va mehmonlar doʻkondagi mahsulotlar hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu kuni aholi uchun mahsulotlar taqdimoti ham oʻtkazildi.
“GreenLeaf” korporatsiyasi Frantsiya, Germaniya, Italiya, Shveytsariya va Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlar brendlari asosida Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya bugungi kunda dunyo boʻylab 50 dan ortiq davlatda faoliyat olib bormoqda. U ekologik toza, sifatli va inson organizmi uchun foydali mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korporatsiya assortimentida kosmetika, gigiyena vositalari, sogʻlomlashtiruvchi mahsulotlar hamda uy-roʻzgʻor buyumlari mavjud.
Aholiga taqdim etilayotgan mahsulotlar orasida “Nilrich” brendiga tegishli boʻlgan tabiiy mahsulotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, “Krill oil” kapsulalari oʻzining foydali xususiyatlari bilan eʼtiborga loyiq. Ushbu kapsulalar qon bosimini yaxshilash, qandli diabetni davolashda yordam berish, gemoglobin miqdorini oshirish, koʻrish qobiliyatini yaxshilash, yurak muammolarini kamaytirish, xotirani mustahkamlash va qon aylanishini yaxshilash kabi bir qator ijobiy samaralarga ega.
Shuningdek, “Nilrich” brendi doirasidagi yana bir muhim mahsulot — tuya suti boʻlib, u ham xaridorlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda. Tuya suti kaltsiy yetishmovchiligini bartaraf etish, suyak yemirilishiga qarshi kurashish, immunitetni kuchaytirish, soch toʻkilishi va xotira muammolarini kamaytirish, koʻrish qobiliyatini oshirish, terini yashartirish hamda xolesterinni parchalash, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashda samarali vosita sifatida tavsiya etiladi.
Yana bir diqqatga sazovor mahsulot — Germaniyada ishlab chiqarilgan jasmin koʻk choyidir. U inson organizmiga koʻp qirrali foyda berishi bilan ajralib turadi. Xususan, ortiqcha vazndan xalos boʻlish, asabni tinchlantirish, oshqozon va ichak muammolarini bartaraf etish, qarish jarayonini sekinlashtirishda foydali hisoblanadi. Ushbu choy yuzga niqob sifatida surtilganda esa terini mayinlashtirish va tortilishini taʼminlash xususiyatiga ega.
Barcha mahsulotlar 100 foiz tabiiy va ekologik toza hisoblanadi. Shuningdek, tadbir doirasida muammoli yuzlar uchun moʻljallangan ajin va dogʻlarga qarshi kosmetik vositalar, oqartiruvchi mahsulotlar ham namoyish etildi. Ushbu vositalar aholi oʻrtasida katta qiziqish uygʻotdi.
Amudaryo tumanida ish boshlagan “GreenLeaf” savdo doʻkoni nafaqat sifatli va tabiiy mahsulotlarni taqdim etmoqda, balki aholini sogʻlom turmush tarziga undayotgan muhim tashabbuslardan biriga aylanmoqda. Tadbirkor Gulruhsor Nafasova va uning jamoasi bu faoliyat orqali tumanda sogʻlom muhit yaratishga va aholi farovonligiga munosib hissa qoʻshishi, shubhasiz.
Shohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶