JISMONIY VA AQLIY FAOLLIK ÖTA MUHIM
Isonning yetuk va barkamol şaxs sifatida şakllanişi uçun qanday omillar bor va bu omillardan biz öz hayotimizda foydalanayotirmizmi?
Jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, jismonan va aqlan yetuklikka erişiş uçun kundalik hayotimizda qanday qoida va meʼyorlarga amal qilayotirmiz?
Bizning bugungi suhbatdoşlarimiz sport sohasi murabbiylari, suhbatimiz mavzusi esa aynan yuqoridagi savollar doirasida böldi.
Bahrom SOATOV, 1-sonli BÖSMning katta tennis böyiça murabbiysi:
- Avvalo şuni aytiş kerakki, sport - gözallik, epçillik, kuç-qudrat, bulardan ham eng muhimi, mustahkam soğlik manbai. Eʼtibor bergan bölsangiz, sport bilan şuğullanadigan yoşlarning dunyoqaraşi keng, fikrda sobit, yuzida tiniqlik, harakatlarida dadillik böladi. Bunday yoşlar öziga işonadi, atrofidagilarning hurmatini qozona oladi. Vaqtini qanday rejalaştirişni yaxşi bilgani uçun bunday yoşlarimiz turmuşimizga yot bölgan zararli illatlarga, ayniqsa, kaşandalik, giyohvandlik, alkogolizmga ruju qöymaydilar. Sport bilan şuğullangan yoşlarning eslab qoliş qobiliyati yaxşi böladi, agar ular talaba bölişsa, fanlarni özlaştirişda, özi tanlagan kasb böyiça könikmalarga ega bölişda aslo qiynalmaydi.
Xurşid ISMOILOV, 3-sonli BÖSMning stol tennisi böyiça murabbiysi:
- Köpçilik sportga şunçaki bir soha sifatida qaraydi. Aksinça, sport – har bir inson hayotining ajralmas qismi bölib qolişi kerak. Muhtaram Prezidentimiz bekorga mamlakatimizning sport salohiyatini yuksaltirişga jiddiy eʼtibor bilan qarayotganlari yöq. Çunki eng avvalo sport - millatimiz obrö-eʼtiborining oşişida muhim omil bölibgina qolmay, xalqimizning, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodning ham aqlan, ham jismonan yetuklikka yetişuvida eng muhim omil hisoblanadi. Şuning uçun ham mamlakatimiz mustaqillikka erişgaç, sport-soğlomlaştiriş işlariga eʼtibor ham, ehtiyoj ham kuçaydi.
Bahrom SOATOV:
-Töğri aytasiz, şuning uçun ham sobiq Ittifoq davrida Manğitdan nariga ötmagan sportçilarimiz dunyoning nufuzli sport arenalarida yurtimiz şarafini himoya qilişayapti. AQŞ, Xitoy, Janubiy Koreya, Ispaniya, Turkiya, Rossiya, Angliya, Germaniya kabi davlatlarning sportçilari bilan bemalol bellaşa oladigan amudaryolik sportçilar - dzyu-do kuraşi böyiça Yevropa kubogi ğolibi Elyor Maşaripov, boks böyiça Özbekiston kubogi ğolibi Jaloliddin Aminov, Jasur Pölatovlarning nomini bugun sport muxlislari juda yaxşi biladi. Bunday yutuqlarga erişiş uçun sportçi-yoşlarimiz ösib-ulğaygan oila muhiti ham muhim rol öynaydi.
Şahodat RAJABOVA, 3-sonli BÖSMning badiiy gimnastika böyiça murabbiysi:
- Insonning ham aqlan, ham jismonan şakllanişida faqat sport bilan muntazam şuğullanişning özi kifoya qilmaydi. Sportçi nafaqat özining kuç-qudrati, balki, maʼnan barkamolligi bilan ham ğalabalarga zamin hozirlaydi. Maʼnaviy yetuklikka esa ilk qadam oilada qöyiladi. Oilada soğlom muhit qaror topgan bölsa, sportçining ğalaba tomon imkoniyatlari ham kengayib boraveradi. Şu bois, oilalarimizda soğlom turmuş tarzi hukmron bölsa, yaʼni, ota-ona tarbiyali, samimiy va xuşmuomala bölişsa, ularning farzandlari ham yoqimli xulq-atvorga ega, xuşfeʼl bölişadi. Agar u mohir sportçi bölsa, albatta raqibi ustidan ğalaba qozoniş unga oson keçadi. Çunki bunday sportçi vujudida jismoniy yetuklik bilan maʼnaviy yetuklik uyğun tarzda rivojlanib boradi.
Xurşid ISMOILOV:
- Bu fikringizga töliq qöşilaman. Bola sportning özi yoqtirgan turi bilan qançalik jiddiy şuğullanmasin, u kamol topayotgan oila muhiti nosoğlom bölsa, uning urinişlari befoyda. Şuning uçun men öz hayotini sport sohasi bilan boğlaşga ahd qilgan yoşlarning ota-onalariga, oila aʼzolariga bir gapni qayta-qayta aytgim keladi: farzandingiz el-yurt, qolaversa, oilangiz şaʼnini yuksaltiruvçi yetuk şaxs sifatida şakllanişini istasangiz, eng avvalo feʼlingizni keng qiling, hayot insonga faqat bir marta berilişini unutmang, oilada va jamiyatda çiroyli, orasta, fikran soğlom insonlar safida bölişga intiling.
Hamida RAJABOVA, stol tennisi böyiça 1-sonli BÖSM murabbiysi:
- Jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda şaxs eng avvalo faol bölişi kerak. Jismonan va aqlan faol inson heç qaçon yomon odatlarga berilmaydi, kundalik hayotida vaqtni töğri rejalaştiradi. Yaʼni, mehnatga ijodiy yondaşiş – berilib işlaşga odatlaniş, vaqtida, töğri ovqatlaniş, tozalikka rioya etiş, özini yomon odatlardan tiyiş, nos va tamaki çekiş, spirtli içimlikdan özini saqlaş, kuçli jismoniy va ruhiy holatga erişiş, tanani haddan taşqari zöriqtirişdan saqlaş, xuşfeʼl böliş öta muhim. Tirnoq ostidan kir qidiradigan, bölar-bölmasga asabiylaşib, suhbatdoşining jiğiga tegadigan odam – bilib qöyingki, juda tez qariydi va kasallikka çalinuvçan böladi.
Şahodat RAJABOVA:
- Eng muhimi, inson özini boşqalarga xuş kelmaydigan odatlardan tiymoği kerak. Oilada tozalik, yaxşi taʼminlangan şart-şaroit bölsa-yu, insoniy mehr-oqibat, özaro hurmat, şirin muomala bölmasa, bunday oilaga soğlom turmuş tarzi tamoman yot. Şu bois, men yurtdoşlarimizga şunday der edim:
- Azizlar, soğlom turmuş tarzi – soğligimiz garovigina emas, balki, oilalarimizning fayz-u tarovati, tinç-osoyiştaligi, farovonligi, ham jismonan, ham aqlan kamolotga yetişmoqlikdir. Va demakki, jismonan va maʼnan barkamol avlod kelajagi sari ezgu qadamdir. Buni unutiş – Vatanning va millatning kelajagiga loqaydlikning bir körinişidir. Şunday emasmi, azizlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶